Мавзу: меҳмонхонада кўрсатиладиган хизматлар сифатини назорат қилиш усуллари
Download 164.17 Kb.
|
Mehmonxona
Birinchidan, sifat mijozlarning ehtiyojlarini aniq belgilash va keyinchalik ularning bajarilishini ko‘zda tutadi. Mehmonxona xizmatlari ko‘rsatishning eng muhim bosh qoidasi – mijozlarning paydo bo‘lgan barcha ehtiyojlarini qondirish. Xizmatlarni belgilash takliflari va ular sifati ustida doimiy ishlash xizmat bozorida raqobat ustunligiga erishishga imkon beradi.
Ikkinchidan, sifat nafaqat xizmatlar ko‘rsatish va mijozlar ehtiyojlarini bajarish, yana u ularni to‘g‘ri ko‘rsatish hamdir. Misol uchun, agar xizmat ko‘rsatilgan bo‘lsayu ammo otel xodimi uni qo‘l uchida malol kelib bajargan bo‘lsa, mijoz bunday xizmatdan hech qanday qoniqish hosil qilolmaydi. Uchinchidan, sifat doimiy bo‘lishi kerak. Bir tipdagi xizmatlar ko‘p marta va doimiy sifat bilan ko‘rsatilmog‘i lozim. Mijoz o‘sha bitta otelga doimiy tashrif buyurar ekan, birinchi marta ko‘rsatilgan xizmatlar bilan hozirgisi o‘rtasida sezilarli farqni ko‘rmasligi (ayniqsa xizmat ko‘sratishni yomon tomonga o‘zgarganini) kerak. Otelda sifatli xizmat ko‘rsatish muammosini bir necha usullar bilan hal etish mumkin. Birinchi yo‘nalish – mehmonxonalarni internatsionallashtirishning amerika modeli. Hozirgi zamon turizm industriyasida sayyohatchi juda ko‘p korxonalardan birini tanlash imkoniyatiga ega, qaysikim u o‘zaro deb hisoblagan joyda xilma-xil va sifatli xizmatlardan barhamad bo‘ladi. Tanlashda «biror-bir ishkalsiz» servis darajasi kafolatlangan imkoniyat mavjudligi ta’sir qiladi, albatta. Bugungi kunda sifatning ana shunday kafolatlangan internatsional tizimi mehmonxona zanjirlari hisoblanadi. Ushbu tizim mehmonxona xizmatlari sifati xalqaro tizimini yaratishda yo‘nalishlardan birining boshlanishi bo‘ldi. U qat’iy markazlangan sxema yaratishga asoslangan va sifat nazorati AQShdan instruksiyalar vositasida amalga oshiriladi. Instruksiyalarda texnologiyalar va xizmat ko‘rsatish va ularni boshqarish bo‘yicha bajariladigan ishlar batafsil bayon qilingan. Standartlashgan mehmonxona mahsulotlarini eksport qilishga asoslangan bunday tizimlar hayotchanligini vaqt ko‘rsatdi. U mijozlarga taqdim etilayotgan xizmatlar sifati bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishini kafolatlaydi, sifatini ta’minlash uchun qat’iy nazorat doirasida o‘zaro kelishuvni ta’minlaydi. Sifatli xizmatlar yaratish bo‘yicha ikkinchi yo‘nalishdan turizm sohasida asosan mustaqil korxonalarda foydalaniladi. Uning asosini shinamlik parametrlariga aniq rioya etish tashqil qiladi, qaysikim turbiznes amaliyotida ishlab chiqilgan va ham mehmonxonalar, ham ovqatlanish korxonalari, ham turistik firmalar uchun universal hisoblanadi. Kompleksni tashqil etuvchi bunga «shinamlik» tushunchasining quyidagi elementlari kiradi: axborotli, iqtisodiy, estetik; maishiy; psixologik. Download 164.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling