Mavzu: men va mening uyim
Download 447.3 Kb.
|
MEN VA MENINGUYIM
MAVZU: MEN VA MENING UYIM Suhbat Oila, uning tarkibi, oila a’zolarining vazifalari, oila qanday (ahil, mustahkam, mehnatsevar, madaniyatli, sog`lom, mehribon, ozoda) bo`lishi kerakligi haqida bolalar bilan suhbatlashish. bo`lishi kerak Leksiko-grammatik mashq va o`yinl ar • “Sen kim bilan yashaysan?” “bilan” ko`makchi-bog`lovchisini qo`llagan holda gap tuzish. Har bir bola u kim bilan yashashi haqida so`zlab berishi kerak: “Men otam, onam, buvam, buvim, akam, ukam va singlim bilan yashayman” va h.k. • “Gapni tugalla”. Logoped boshlaydi: Gapni hamma yakunlar, So`ngra uni sen qaytar. Men ovqatlanyapman, otam ham ….(ovqatlanyaptilar). Men kuylayapman, onam ham …(kuylayaptilar). Men dars tayyorlayapman, singlim ham dars …(tayyorlayapti). Men koptok o`ynayapman, akam ham koptok …(o`ynayapti) va h.k. • “Sizniki-chi?”. Taqqoslash, qiyosiy ma`noli gaplar tuzish, sifat darajasini solishtirishni o`zlashtirish. gapni boshlaydi, bolalar esa tugallaydilar: “Bizning oila katta, … bizniki esa kattaroq. Bizning oila kichik, …bizniki esa yanada kichikroq”. Lug`at: mustahkam, madaniyatli, inoq, tarbiyali, mehnatsevar, xosiyatli, yaxshi. • “Yosh-qari”. Sifat darajasini solishtirishni mustahkamlash. Oilaning katta va kichik a’zolari haqidagi tushunchani o`zlashtirish. oila a’zolaridan ikki kishini aytadi (ona, buvi), bolalar esa gap tuzishlari kerak: “Onam buvimdan yosh, buvimning yoshi esa onamdan katta”. • “O`zing haqingda gapirib ber”. Yozuv taxtasida turli belgi-rasmlar osib qo`yilgan: bola, uy, raqam, ota, ona, qiz, maktab, shifokor va h.k. Har bir bola eslatma rasmlarga tayangan holda o`z oilasi haqida hikoya tuzishi kerak. Logoped namuna uchun bir hikoya tuzib beradi: “Mening ism-sharifim Yunusov Akmal Vohidovich. Yoshim oltida. Men 5-avgustda tug`ilganman. Ko`p qavatli imoratning beshinchi qavatida, ikki xonali uyda yashayman. Bizning uy Bahor ko`chasida joylashgan. Otamning ism-sharifi Vohid Anvarovich, shifokor bo`lib ishlaydi. Onamning ism-sharifi Komila Ilhomovna, o`qituvchi bo`lib ishlaydi. Singlim Oydin to`rt yoshda, bog`chaga boradi”. Jismoniy daqiqa – logoritmika • “Qarsak chal va to`pillat”. Nutqiy harakatli o`yin. Bolalar aytilayotgan so`zning har bir bo`g`iniga bir vaqtning o`zida chapak chaladi va oyoqlari bilan to`pillatadi (lug`at o`rganilayotgan mavzu bo`yicha beriladi). • “Ch” tovushi artikulyatsiyasi va talaffuzini aniqlashtirish. “Ch” harfi. Tovushning tavsifi (undosh – cho`zib aytilmaydi, ovozsiz, tanglayda talaffuz qilinadi). • “Rasmni top”. Yozuv taxtasida bir nechta rasmlar turadi, bolalar esa tarkibida “ch” tovushi bo`lgan so`zlarni ajratib topishlari kerak. • “Ch” tovushi bilan o`ynaymiz”. O`yin maydonchasiga rasmlar to`rt qator qilib joylashtirilgan. Bolalar logopedning ketidan qofiyali mashqni takrorlaydilar, keyin so`zlardagi “ch” tovushining o`rnini aniqlaydi. “Ch” tovushi-la o`ynaymiz, Unga so`zlar tanlaymiz: Chaman, chaqmoq, boychechak, Chayla, chanoq va choynak, Cho`mich, chodir, chug`urchuq, Chiroq, chivin va chumchuq. Archa, chinor, qo`zichoq, Chang`i, chizg`ich, arg`imchoq, Chelak, sochiq, chaqaloq, Chapak, chayla, chaqaloq. – Biz nechta so`z topdik? Bolalar she’rda aytilgan so`zlarni birma-bir sanab beradilar . • “So`zni tugalla”. Chumchuq (chu)…g`urlaydi, chigirtka (chi)…rillaydi, chaqmoq (chaq)…adi, chavandoz otda (cho)…padi, chamanzorda gullar (cha)…man bo`lib ochiladi va h.k. • “Ch” tovushi joyini aniqla”. Kech, hech, chevar, chinni, cho`mich, boychechak, ninachi, chuvalchang, chuchvara, chelak, chang`i, to`g`nag`ich, so`rg`ich. • “So`zni o`zgartir”. Logoped bolalarga rasmlar ko`rsatadi, ular rasm nomiga -chi, -cha, -choq qo`shimchalarini qo`shib, so`zni o`zgartirishlari kerak: traktor-traktorchi, suv-suvchi, chang`i-chang`ichi, toy-toychoq, qo`zi-qo`zichoq, mushuk-mushukcha, ayiq-ayiqcha va h.k. • “So`zlarni tanla”. Logoped quyidagi so`zlarni aytadi: piyola, choynak, qoshiq; kapalak, chivin, qo`ng`iz. Bolalar tarkibida “ch” tovushi mavjud bo`lgan so`zlarni tanlab oladilar. • “Ch” harfi bilan tanishtirish”. Konturi bo`yicha yozish, uni partada barmoq bilan chizish, tayoqchalardan hosil qilish, alifbodan topish. – “Ch” harfi qaysi tomonga “qarab” turibdi? (o`ngga.) • Bo`g`inlarni o`qish: -chi, -cha, -che, -choy, -chor, -chaq, -chu. • “Harfni joyiga qo`y”. …orraha, …oy, …inor, nina…i, boy…e…ak, …iroq, …ayla, …avandoz, …evar. • “Kesma alifbo bilan ishlash”. O`zakdosh so`zlarni tanlash va tuzish, ularni tahlil qilish: Choy – choynak – choyxo`r; chaman – chamanzor – Chamangul. • “Gap tuzish, uni o`qish va tahlil qilish”. “Chamanzorda chumchuq chug`urladi. Onam chuchvara pishirdi. Quyosh botib, kech tushdi ”. Gaplarning grafik chizmasini tuzish. Download 447.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling