Mavzu: menejment fanining predmeti, vazifalari va mazmuni
Download 158.47 Kb.
|
menejment Raxmatullo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashkiliy-texnikaviy boshqaruv
- Ijtimoiy-iqtisodiy boshqaruv
- Menejment predmeti va izlanish uslublari
- Menejmentning vujudga kelishi va rivojlanishi
- Menejment nazariyasining asoschilari
MAVZU:MENEJMENT FANINING PREDMETI, VAZIFALARI VA MAZMUNIReja: Menejmentning mohiyati va vazifalari Menejment predmeti va izlanish uslublari Menejmentning vujudga kelishi va rivojlanishi Menejmentning mohiyati va vazifalariMenejmentni jamiyatning iqtisodiy negizi bilan bog‘lab, shu bilan birga boshqaruvning ikki tomonlarini hisobga olgan holda o‘rganish lozim. tashkiliy-texnikaviy ijtimoiy-iqtisodiy Tashkiliy-texnikaviy boshqaruvTashkiliy-texnikaviy boshqaruv aniq iste’mol qiymatini olish uchun mahsulot tayyorlashda mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi bilan ajralib turadi. Tashkiliy-texnikaviy boshqaruv mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish samaradorligining oshishi uchun sharoit yaratishga imkon beruvchi faoliyat turidan iboratdir. Ijtimoiy-iqtisodiy boshqaruvIjtimoiy-iqtisodiy boshqaruv mavjud ishlab chiqarish munosabatlari bilan bog’liq bo’lib, menejment maqsadlarini belgilaydi. Ijtimoiy-iqtisodiy boshqaruvning maqsadi ishlovchilar samarali mehnat qilishi uchun sharoit yaratish ularni ijtimoiy himoya qilishning ishonchli umumdavlat tizimini shakllantirish, bandlikni ta’minlash va aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo’llab-quvvatlashdan iboratdir. Mamlakatimiz Prezidenti I.A. Karimov o‘zining «O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida» asarida «kuchli ijtimoiy siyosat, avvalo sermahsul mehnat qilish uchun yaxshiroq rag‘bat va imkoniyatlar yaratishdan, iqtisodiy yo‘l tanlash va faoliyat ko‘rsatish erkinligiga bo‘lgan kafolatli huquqni qaror topdirishdan, aholining mehnat va ijtimoiy faolligini oshirishdan ham iboratdir», deb ta’kidlagan edi.Menejment mohiyati ishlab chiqarish usuli, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar darajasi, ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishiga bog’liq holda o’zgaradi. Ishlab chiqarish vositalariga mulkchilikning turli shakllari mavjud bo’lgan sharoitda tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasida raqobat vujudga kelib, ishlab chiqarishni boshqarish, foydani ko’paytirishga yo’naltiriladi. Menejmentning asosini ob’ektiv iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa qonunlarga asoslanuvchi huquqiy ilmiylik tashkil etadi. Bu qonunlarni o’rganish va ularning aniq vaziyatlarda namoyon bo’lishini hisobga olgan holda xo’jalik rahbarlari respublika xalq xo’jaligini boshqarishning strategiya va taktikasini belgilaydilar. Ishlab chiqarish rivojlanishi va iqtisodiy aloqalar murakkablashuvi bilan boshqaruv ham murakkablashadi va mustaqil fan sifatida ajralib chiqadi. Menejment predmeti va izlanish uslublari. Har qanday fan o‘z predmeti, nazariyasi va uslublariga egadir. . Predmet bu fan nima bilan shug‘ullanishi, uning qaysi sohaga tegishli ekanligini belgilaydi. . Nazariya bu sohada ro‘y beradigan jarayon va hodisalarning ro‘y berish qonuniyatlarini aniqlaydi. Izlanish usullari nazariyadan kelib chiqqan holda kishilar ilmiy va amaliy faoliyati qanday amalga oshishini ko’rsatib berishi, fanning shu sohasida hodisalarni umumlashtirish va o’rganishning turli vositalari va usullari tizimini ishlab chiqish lozim.Menejment predmeti xo‘jalik yuritishning barcha darajalarida boshqarishning qonunlari (qonuniyatlari), tamoyillari va munosabatlarini o‘rganishdan iboratdir. Boshqaruv munosabatlari ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning ajralmas qismi bo’lib, ular turli ko‘rinishlarda bo‘ladi. 1.iqtisodiy 2.mehnat 3.ijtimoiy 4.tashkiliy 5.psixologik Boshqaruv munosabatlari boshqaruv qo‘l ostidagi xodimlar o‘rtasidagi aloqa va o‘zaro ta’sirning murakkab majmuini ifodalaydi, demak, menejment, bu eng avvalo kishilarni boshqarishdir.Iqtisodiyotni boshqarishda bevosita boshqaruv ob’ekti mehnat jamoalari va alohida xodimlardan iboratdir. Faqat ularning mehnat faoliyati vositasida ishlab chiqarishning moddiy unsurlari, ya’ni mehnat qurollari va predmetlariga ta’sir etiladi.
Menejment mahorati uning barcha uslublarini egallash, ular to‘g’ri bog‘lab qo’llash, har bir aniq vaziyatda eng samaralisini topish qobiliyatiga ega bo‘lishidan iboratdir.Menejmentga quyidagi boshqa uslublar ham xos: Voqelik hodisalarini o‘rganishga aniq tarixiy yondoshuv Xo‘jalik mexanizmi barcha unsurlarini bir vaqtning o‘zida tahlil qilish va to‘liq boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish imkonini beruvchi tarkibiy yondoshuv, tarkibiy tahlil, iqtisodiy tajriba va boshqalar. Menejmentning vujudga kelishi va rivojlanishi
Menejment nazariyasining asoschilariTeylor Ford Gilbert Emerson Fayol Download 158.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling