Мавзу metall kesish stanoklarining tasnifi


Mehnatni rag’batlantirishning chet el nazariyasi


Download 200.2 Kb.
bet2/2
Sana25.02.2023
Hajmi200.2 Kb.
#1228055
1   2
Bog'liq
Mehnatni rag’batlantirishning chet el nazariyasi

2. Mehnatni rag’batlantirishning chet el nazariyasi

3. Mehnatni rag’batlantirishning usullari
Menejmentning evolyutsion bosqichlarida aytilishida menejerlar rag’batlantirishning quyidagi uchta usulini ko’rsatadilar.
Bular:
1. An’anaviy usul.
2. Insoniy munosabatlar usuli.
3. Insoniy zahiralar usuli.
Menejerlar rag’batlantirishning shu uchta usuli orqali odamlarni belgilangan tartibda boshqarishga ishonch hosil qiladilar.
An’anaviy usul - Fredrix Тeylor va boshqa ilmiy boshqarish maktablarining ilmiy izlanishlari bilan bog’langan bo’lib, boshlang’ich usul hisoblanadi. Bu usul asosan, menejerlar qanday qilib o’z kasblarini hamda ishchi xodimlarini rag’batlantirishda ish haqi tizimini to’g’ri qo’llashni ko’rib chiqadi. Тajriba shuni ko’rsatadiki, ishchilar odatda dangasaroq bo’ladilar va menejerlar bu sharoitni tushungan holda, ishchilarni moliyaviy mukofot bilan taqdirlab, ozgina bo’lsa ham ularning ishlariga ko’mak beradilar. Ko’p vaziyatlarda bu usul samaralidir.
An’anaviy haq to’lash tizimlari bilan bir qatorda (ishbay va vaqtbay turlari) mehnatga haq to’lashning mehnat hayoti qiymati bo’yicha haq to’lash, mehnat reytingi bo’yicha, mehnatda ishtirok etish koeffitsiyenti va hokazolar bo’yicha haq to’lash ham qo’llanadi.
Insoniy munosabatlar usuli. Rag’batlantirishning an’anaviy usuli uzoq davom etmadi. Elton Meyo va ilmiy tadqiqot instituti xodimlari «Insoniy munosabatlar usuli» ustida ishladilar. Meyo va boshqalar shunga amin bo’ldilarki, menejerlar ishchilarning ijtimoiy ehtiyojlarini bilgan holda, hamda ularni korxona ishini muhim va foydali ekanligini xis qilishga da’vat etish orqali rag’batlantira oladilar.
An’anaviy usulda ishchilar tomonidan ishlab chiqilgan va ishchilar tomonidan amalga oshiriladigan samarali tizim orqali yuzaga kelishi mumkin bo’lgan katta miqdordagi ish haqi natijasida menejmentning vakolatlarini qabul qilish kutiladi.
Insoniy munosabatlar usulida esa ishchilar rahbarlarni, ularga nisbatan ma’naviy munosabatda bo’lishini va ularning ehtiyojiga doimo diqqat-e’tibor qilishlari natijasida menejmentning vakolatlarini qabul qilishlari keрak.
Insoniy zahiralar usuli. Keyinchalik Mak-Gregor va Abraam Maslou kabi nazariyotchilar hamda Aрgris va Laykрet kabi ilmiy izlanuvchilar insoniy munosabatlar usulini tanqid qildilar. Bu nazariyotchilarning fikricha, ishchilar yoki ularning ehtiyojlarini qondirish uchun kabi omillar bilan emas, balki yutuqqa hamda mazmunli ish uchun ehtiyojlarni qondirish mumkin. Shunday qilib, ishchilarga qarorlar qabul qilish uchun hamda o’z vazifalarini amalga oshirishlari uchun mas’uliyatlar beriladi.
--Shaxsning ehtiyoji - insonda harakatga intilishni vujudga keltiruvchi biror-bir narsaning yo’qligini anglashdir. Uning normal hayot kechirishi uchun ozuqa, uy-joy, ob-havo zarur bo’lsa, xotin-qizlar uchun ularning ko’zga tashlanib turishi uchun chiroyli bezaklar darkor.
Inson ehtiyojlarining miqdori va xilma-xilligi nihoyatda katta bo’lib, boshlang’ich ehtiyojlar ajratib ko’rsatiladi. Bular inson fiziologiyasi tomonidan vujudga keltiriladigan oziq-ovqatga, havo, uyqu va boshqalarga bo’lgan ehtiyojlar bo’lib, ular insonning biologik tur sifatida mavjud bo’lishini ta’minlaydi.
--Ikkilamchi ehtiyojlar hayotiy tajribani rivojlantirish va hosil qilish jarayonida paydo bo’ladi. Ular birlamchi ehtiyojlardan anchagina xilma-xilрoq bo’lib, shaxsning ruhiy rivojlanishiga, turmush sharoitiga, jamiyatda, guruhda qabul qilingan ijtimoiy normalarga bog’liqdir.
1. Ruhiy-moddiy (fiziologik) ehtiyojlar - havo, suv, taom ehtiyojlari.
2. Хavfsizlik ehtiyoji - har qanday tashqi xavf-xatardan saqlanish ehtiyojlari (kiyim-kechak, uy-joy, shaxsiy avtomashina va b.).
3. Ijtimoiy ehtiyojlar – mehр-muhabbat va ijtimoiy munosabatlar.
4. Hurmat - o’z-o’zini hurmat qilish, yutuqlarga erishish va boshqalardan hurmat talab qilish ehtiyojlari.
5. O’zligini namoyon etish yoki faollashtirish - mansabini ko’taрilishi hamda o’z salohiyotini oshirishga bo’lgan ehtiyojlar.
Abraam Maslou ijtimoiy rag’batlantirishda beshta
ehtiyojlar iyearxiyasini tuzib chiqqan, ya’ni:
Download 200.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling