Mavzu: Metall konstruksiyalarni xisoblash asoslari
Download 181.51 Kb.
|
Metall konstruksiyalarni xisoblash asoslari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tavsifi
Temirbeton konstruksiyalarini xisoblashning bunday usuli buzuvchi zo‘riqishlar usulining takomillashgan varianti xisoblanadi: Mazkur usul bo‘yicha xisoblangan konstruksiyalar bir muncha tejamli bo‘ladi. Uning asosini kuyidagilar tashkil etadi: konstruksiyaning chegaraviy xolati degan tushunchasi kiritildi. Standart SEV384-74 ko‘ra barcha chegaraviy xolatning ikki guruxi belgilandi: birinchisi - yuk ko‘tarish kobilyati, ikkinchisi - normal sharoitda ishga yarokliligi; kesim yuzalarining mustaxkamligi elementning kuchlanish- deformatsiyalanish xolatining III boskichi bo‘yicha amalga oshiriladi konstruksiyaning normal sharoitda foydalanishga yarokliligi uni kuchlanish - deformatsiyalanish xolatining I yoki II boskichidan kelib chikkan xolda bajariladi; zaxiraviy umumiy koeffitsienti urniga yuk, material va ishlash sharoiti bo‘yicha xisobiy ishonchlilik koeffitsientlari kiritildi. Chegaraviy xolatning birinchi guruxi bo‘yicha xisob ishlari kuyidagilarni uz ichiga oladi: mustaxkamlikka xisoblash, konstruksiyani buzilishdan saklashini ta’minlovchi turgunlikka xisoblash, konstruksiya shaklini uzgarmasligini ta’minlovchi xolat ustivorlikka xisoblash (uzunasiga egilish xisobi); chidamlilikka xisoblash va charchash buzulishdan asrashga xisoblash. Ikkinchi gurux bo‘yicha chegaraviy xolat xisobi kuyidagilarni uz ichiga oladi: konstruksiyada yorik xosil bo‘lishi bo‘yicha yoki ularni ochilishi bo‘yicha xisoblash; konstruksiyani ruxsat etilmagan siljishlardan asrash uchun deformatsiyalar bo‘yicha xisoblash. Bunda chegaraviy xolatlarning birinchi guruxi bo‘yicha xisoblash muximrok xisoblanadi, chunki u konstruksiya xayotini belgilaydi. Shuning uchun chegaraviy xolat birinchi guruxi bo‘yicha xisoblash barcha konstruksiyalar uchun shart. Konstruksiyalarni deformatsiyaga xisoblashda ularda tashki yukdan xosil bo‘ladigan solkilik - f uning cheklangan mikdori f dan ortib ketmasligi ta’minlanishi zarur. Metallarning xisobiy va me’yoriy karshiliklari.Metallar, jumladan po‘lat uchun me’yoriy va xisobiy qarshiliklar davlat standartlari bilan belgilanadi. Me’yoriy xujjatlarga asosan po‘lat materiali uchun chegaraviy qarshilik sifatida uning oquvchanlik chegarasidagi kuchlanish Ryn yoki vaktinchalik qarshiligi Run qabo‘l qilinadi. Materialning xisobiy qarshiligini belgilash uchun me’yoriy qarshiliklar material bo‘yicha ishonch koeffitsienti ut ga bo‘linadi: Ry = Ryn/ɣn ; Ru=Run/ɣm bu yerda ɣm> 1,0 — po‘lat uchun ishonch koeffitsient; davlat standartlarida ɣm= 1,025-1,15 oraliqda belgilangai bo‘ladi, qalinligiga qarab o‘zgaradi. Po‘latlar uchun oquvchanlik bo‘yicha xisobiy qarshilik – Ry va muvakkat karshilik - Ru me’yoriy xujjatlarda ko‘rsatilgan bo‘ladi.Prokat po‘lat uchun me’yoriy va xisobiy qarshiliklar 2.4-jadvalda ko‘rsatilgan. Jadval da yoyiq (list) va fason (prokatlar) aloxida ajratib ko‘rsatilgan.Prokat qalinligi uchun tokcha qalinligi belgilangai. Siljish (qirqilish) deformatsiyasiga ishlovchi konstruksiyalar uchun xisobiy qarshilik Rs oquvchanlik chegarasidan foydalanib, Rs=0,58Ryn/ɣn (2.6) formuladan aniqlanadi.Po‘latlarning me’yoriy va xisobiy qarshiliklari. 6.2-jadval 6.2-jadval
Download 181.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling