Мавзу: Металлар технологияси асослари


Legirlangan pо‘latlarning turlari va markalanishi


Download 6.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/138
Sana16.11.2023
Hajmi6.51 Mb.
#1778673
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   138
Bog'liq
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)

 
Legirlangan pо‘latlarning turlari va markalanishi 
Legirlangan pо‘latlar kimeviy tarkibi, mikrostrukturasi va ishlatilish 
soxasiga kо‘ra turlarga bо‘linadi. 


132 
Legirlangan pо‘latlar kimeviy tarkibidagi legirlovchi elementlar soniga 
qarab xromli, molibdenli, kremniyli, xrom-nikelli, xrom-nikelь- molibdenli va x. 
turlarda bо‘linadi. 
Legirlovchi elementlarning miqdoriga kо‘ra kam legirlangan (2,5 % gacha 
LE), о‘rtacha legirlangan (2,5...10 % LE) va kо‘p legirlangan (10 % dan kо‘p LE) 
pо‘latlar guruxlariga bо‘linadi. 
Legirlangan pо‘latlar muvozanat (yumshatilgan) holatidagi va havoda 
sovitilgandan keyingi (normallangan) holatdagi strukturasiga kо‘ra turlanadi. 
Xavoda sovitilgandan keyin xosil bо‘ladigan strukturasiga kо‘ra legirlangan 
pо‘latlar uchta asosiy sinfga (Giye klassifikatsiyasi): perlit, martensit va austenit 
sinflariga bо‘linadi. 
Muvozanat 
holatidagi 
strukturasiga 
kо‘ra 
legirlangan 
pо‘latlar 
evtektoidgacha bо‘lgan (ferrit kо‘proq), evtektoid (perlit) va evtektoiddan keyingi 
(karbidlar kо‘proq) pо‘lat sinflariga bо‘linadi. 
Legirlangan pо‘latlar qanday maqsadlarda ishlatilishiga qarab konstruksion 
(mashinasozlik), asbobsozlik pо‘latlari va aloxida xossali pо‘latlar sinflariga 
bо‘linadi. 
Konstruksion pо‘latlar mashina detallari tayerlash uchun, asbobsozlik 
pо‘latlari esa kesuvchi, о‘lchov asboblari va shtamp asboblari tayerlash uchun 
ishlatiladi. 
Legirlangan pо‘latlar tegishli harflar va raqamlar bilan markalanadi. 
Legirlangan pо‘lat markasidagi harflar legirlovchi elementlarni, raqamlar esa 
ularning % hisobidagi miqdorini bildiradi. Pо‘lat markasida oldin turgan raqamlar 
shu pо‘latning tarkibidagi uglerod miqdorini foizning yuzdan bir ulushlari 
hisobida ifodalaydi, harflardan keyin turgan raqamlar esa shu harflar bilan 
kо‘rsatilgan elementlarning foiz hisobidagi о‘rtacha miqdorini bildiradi. Masalan, 
15X18H22B6M2L markali legirlangan pо‘lat 0,15%C; 18%Cr; 22%Ni; 6%W; 
2%Mo bо‘lgan quymakorlik pо‘latidir. Legirlovchi elementning miqdori 1% dan 
kam bо‘lsa, raqam yozilmaydi. Pо‘lat tarkibidagi fosfor miqdori 0,03% dan, 
oltingugurt miqdori ham 0,03% dan kamligini, shuningdek, pо‘latning yuqori 
sifatli ekanligini kо‘rsatish uchun shu pо‘lat markasining oxiriga A harfi yoziladi. 
Ba’zi hollarda markadagi belgilar sonini kamaytirish uchun GOST 
dan bir qadar chetga chiqiladi. Masalan, tarkibida 1% dan ortiq uglerod bо‘lgan 
pо‘latning markasida shu uglerod miqdorini kо‘rsatuvchi raqamlar yozilmaydi. 
Masalan, X12M – bu pо‘lat tarkibida uglerod miqdori 1,45  1,70 %. 
Agar pо‘lat markasining oldida ikkita raqam bо‘lsa, uglerodning 
miqdori foizning yuzdan bir ulushi hisobida, bitta raqam bо‘lsa о‘ndan bir ulushi 
hisobida ekanligini bildiradi. Masalan, 9XC – markali legirlangan asbobsozlik 
pо‘latlarida о‘rta hisobda 0,9% uglerod bor. Legirlangan pо‘lat tarkibidagi uglerod 
miqdori 0,04% gacha bо‘lsa, pо‘lat markasi oldiga ikkita nol, 0,04 0,08% gacha 
bо‘lganda esa bitta nol yoziladi. Masalan, 00X18H10 markali pо‘latda uglerod 
miqdori 0,04% dan kam. 
Legirlangan pо‘latni markalashda legirlovchi elementlar quyidagi 
harflar bilan belgilanadi: X – xrom; H – nikelь; A – azot; B – volfram; F – 
vanadiy; G – marganes; P – fosfor; D – mis; YU – alyuminiy; S – sirkoniy; B – 


133 
niobiy; E – selen. Bu belgilardan tashqari pо‘latlarning butun boshli guruhini 
xarakterlovchi harflar ham qabul qilingan: SH – sharikli podshipnikbop, YE – 
magnitlanadigan va E – elektrotexnik.
Standatga kirmagan pо‘latlar EI va EP harflari va undan keyin qо‘yiladigan 
tartib raqamlari bilan belgilanadi. Masalan, EI 154, EP 398 (bu yerda, E – zavod 
nomini, I – pо‘lastning tadqiqiyligini, P – pо‘latning sinaluvchan ekanligini 
bildiradi). 

Download 6.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling