Мавзу: Металлар технологияси асослари


A - St.0, St.1, St.2, St.3, St.4, St.5, St.6;  B -


Download 6.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/138
Sana16.11.2023
Hajmi6.51 Mb.
#1778673
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   138
Bog'liq
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)

A - St.0, St.1, St.2, St.3, St.4, St.5, St.6; 
B - B St.0, B St.1, B St.2, B St.3, B St.4, B St.5, B St.6; 
V - V St.2, V St.3, V St.4, V St.5. 
Barcha guruhlarga mansub 1, 2, 3 va 4 raqamli pо‘latlar qaynaydigan, oraliq 
va turg‘un, 5 va 6 raqamli pо‘latlar esa oraliq va turg‘un qilib tayyorlanadi. 
Pо‘latlarning markasidagi “St.” belgisi shu qotishmaning pо‘lat (stal) ekanligini, 
raqamlar esa (0...6) - pо‘latning tarkibi va mexanik xossalariga bog‘liq shartli 
raqamlardir. Pо‘latning qaytarilganlik darajasini kо‘rsatish uchun markaning 
oxirida kp - qaynaydigan, ps - oraliq va sp- turg‘un belgilari qо‘yiladi; masalan, 
St.3ps, B St. 3sp, St. 3kp va h.k. 
Oraliq pо‘latlarning tarkibida oshirilgan yoki kо‘paytirilgan marganes 
miqdori mavjud bо‘lsa, tegishli pо‘lat markasidan keyin G harfi qо‘shiladi, 
masalan, St. 3 Gps, B St.3 G ps, V St. 5 G ps
Marten va elektr pechlarida suyuqlantirib olinadigan qaynaydigan, oraliq va 
turg‘un sifatli pо‘latlar 10...20; 25...85 kabi markalanadi. Raqamlar yuzga bо‘linib 
pо‘lat tarkibidagi uglerod miqdori topiladi (0,1...0,2; 0,25...0,85 %). 
Kam uglerodli sifatli pо‘latlar (0,5...25 % S) ga termik ishlov berilmaydi, 
balki ular sementitlanadi. Ular yaxshi payvandlanadi va shtamplanadi. О‘rtacha 


131 
uglerodli pо‘latlar (30...55 % S) termik ishlov berilgan holatda ishlatiladi. 10...50 
markali pо‘latlar sovuq holatda chо‘zilgan chiviqlar va aniq о‘lchamli simlar 
tarzida ishlatiladi. 
Uglerodli asbobsozlik pо‘latlari U7, U8, U8G, U9, U10, U11, U12,U13, 
U7A, U8GA, U10A, U9A, U11A, U12A, U13A kabi markalanadi. 
Bunday markalar tarkibidagi U harfi pо‘latning uglerodli ekanligini, 
raqamlar esa о‘nning bir ulushidagi uglerod miqdorini (foiz hisobida), G - pо‘lat 
tarkibida marganes miqdorining kо‘pligini, A - harfi pо‘latning yuqori sifatli 
ekanligini ifodalaydi.Uglerodli asbobsozlik pо‘latlardan ba’zilarining ishlatilishi 2-
jadvalda keltirilgan. 
2- jadval 
Pо‘lat 
markasi 
Ishlatilishi 
U7, U7A 
Turtki va zarblar ta’sirida ishlovchi, qattiqligi о‘rtacha, 
qovushoqligi yuqori bо‘lishi talab etiladigan asboblar va buyumlar 
(zubilolar, temirchilik bolg‘alari, shtamplar, tamg‘alar, masshtabli 
chizg‘ichlar, yog‘ochga ishlov beradigan asboblar, tokarlik 
stanoklarining markazlari, . . .) tayyorlashda ishlatiladi. 
U8, U8A, 
U8G 
Qattiqligi yuqori, qovushoqligi yetarli darajada bolishi talab 
etiladigan asbob va buyumlar (zubilolar, karnerlar, matritsalar, 
puansonlar, metall qirqadigan qaychilar, otveyortkalar, duradgorlik 
asboblari), о‘rtacha qattiqlikdagi burg‘ular tayyorlashda ishlatiladi. 
U9, U9A 
Bir oz qovushoq va yuqori darajada qattiq bolishi talab 
qilinadigan asboblar (karnerlar, shtempellar, tog‘ jinslariga 
ishlatiladigan zubilolar, duradgorlik asboblari) tayyorlashda 
ishlatiladi. 
U10, U10A 
Kuchli turtki va zarblar ostida ishlaydigan, bir oz qovushoq 
va yuqori darajada qattiq bо‘lishi talab etiladigan asboblar 
(randalash 
keskichlari, 
frezalar, 
metchiklar, 
razveyortkalar, 
plashkalar, tog‘ jinslari olishda ishlatiladigan burg‘ular, metall 
qirqadigan arralar, egovlar tayyorlashda ishlatiladigan zubilolar, 
dumalatish halqalari, kalibrlar, egovlar, taroqsimon asboblar) 
tayyorlashda ishlatiladi. 
U11, U11A, 
U12, U12A 
Qattiqligi yuqori bо‘lishi talab etiladigan asboblar (egovlar, 
frezalar, parmalar, ustaralar, plashkalar, soatsozlik asboblari
xirurgiya asboblari, metall qirqadigan arralar, metchiklar) 
tayyorlashda ishlatiladi. 
U13, U13A 
Nihoyatda qattiq bо‘lishi talab qilinadigan asboblar 
(ustaralar, shaberlar, chо‘zish asboblari, parmalar, egovlar 
tayyorlashda ishlatiladigan zubilolar) uchun ishlatiladi. 

Download 6.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling