Мавзу: Металлар технологияси асослари
) Mexanikaviy aralashmalar
Download 6.51 Mb. Pdf ko'rish
|
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2) Qattiq eritmalar.
1) Mexanikaviy aralashmalar. Qotishma tarkibiga kiruvchi
komponentlarning atomlari birlamchi kristallanish jarayonida bir-biriga tortilmay, 121 balki qochsa, bunday qotishmaga kiruvchi har bir komponent atomlari kiristallanishida mustaqil kristallar hosil qiladi. Bunda kristall donlari о‘zaro chegarasi bilan bog‘lanadi, xolos. Bunday qotishmalar qotishma tarkibiga kiruvchi komponentlarning ayrim-ayrim donlarining mexanikaviy aralashmasidan tuzilganligi uchun mexanikaviy aralashma deyiladi. A va B komponentlardan iborat qattiq qotishmaning strukturasi mikroskopda kuzatilsa, u 9-rasm, a da kо‘rsatilgandek kо‘rinishda bо‘ladi. Qotishma tarkibiga kiruvchi komponentlar atomlarining diametrlari farqi 15% dan ortiq bо‘lganidagina mexanikaviy aralashma hosil bо‘lishi aniqlangan. Bunday qotishmaga qо‘rg‘oshin-surma qotishmasi misol bо‘la oladi. a) b) 9 - rasm. a) mexanikaviy aralashmaning mikrostruktura sxemasi; b) qattiq eritmaning mikrostruktura sxemasi 2) Qattiq eritmalar. Kо‘pchilik texnikaviy qotishmalar suyuq holatda bir jinsli, ya’ni komponentlari bir-birida tо‘la erigan holatda bо‘ladi. Kristallanish jarayonida bu bir jinslilik saqlanib qoladi. Qotishma komponentlarining atomlari umumiy kristall panjaraning tarkibiga kiradi, ya’ni komponentlar bir-birida tо‘la eriydi. Demak, eruvchi komponentlarning eruvchanligi va erituvchi komponentning erituvchanligi qattiq holatda ham saqlanib qoladi. Bunday qotishmaning kristallanishida hosil bо‘ladigan qattiq modda qattiq eritma deyiladi, u bir fazali (bir xildagi) kristallardan tashkil topadi. Qattiq eritmaning mikrostrukturasi 9–rasm, b dagidek kо‘rinishda bо‘ladi. Qotishma tarkibiga kiruvchi komponentlar atomlarining diametrlari bir-birdan 15% dan kam farq qilgandagina qattiq eritma hosil bо‘ladi. Qattiq eritmada: eruvchi B moddaning о‘rnini A erutuvchi modda atomlari olishi mumkin, u holda о‘rin olish qattiq eritmasi hosil bо‘ladi; agar eruvchi B modda A erutuvchi modda kristall panjarasidagi atomlar orasiga joylashsa, bunday qotishma singdirish qattiq eritmasi deyiladi; A komponent kristall panjarasidagi atomlar о‘rinlarini B komponent atomlari borgan sari almashtirib borsa, natijada A komponent kristall panjarasi о‘rniga B komponent kristall panjarasi hosil bо‘ladi. Bunday qattiq qotishmalarga bir-birida cheksiz eriydigan qattiq eritmalar deb ataladi. Metallardan alyuminiy (Al) va mis (Cu) о‘rin olish qattiq eritmasini hosil qiladi. Bunda alyuminiy kristall panjarasi saqlanib qolgan holda 5,5% mis atomlari alyuminiy atomlarining о‘rnini olishi mumkin. Demak, mis alyuminiyda 5,5% gacha eriydi. 122 Kristall panjaralari yoqlari markazlashgan kub shakliga ega bо‘lgan moddalar: kumush va oltin, nikel va mis, molibden va volfram, vanadiy va titan bir-birlarida cheksiz erishi mumkin. Download 6.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling