Mavzu: Metodlarni tasniflash usullari
Download 31.44 Kb.
|
15. Metodlarni tasniflash usullari
Birinchi talab - metodning tarbiyaviyligi bunda har qanday metod o‘quvchilarning umumiy rivojlanishiga, bilimga qiziqishlariga, etikod xis tuyg‘u va qarash lariga ta’sir ko‘rsatadi. ta’limning tarbiyaviy vazifa-sini amalga oshirish metodning tanlanishiga bog‘liq.
Ikkinchi talab - metodning ilmiyligi dars berish va ta’limning har qanday metodi o‘quv jarayonining qonuniyatlari bilan belgilanadi. metod ilmiy jihatdan qanchalik asoslangan bo‘lsa, shunchalik ravshan va aniq bo‘ladi. eng muhimi shundaki,biror metod yordamida qandayumumiy va aniq vazifalarni xal etish mumkinligini,u qandaymazmunga mos kelishini, faoliyatining qandayturlarini talab qilishini va ularni qandaytashkil etish lozimligini ko‘ra bilish kerak. Metodning ilmiyligi geografik voqea va hodisalarni,qonuniyatlarini to‘g‘ri anglanishini taminlaydi va o‘quvchilarni to‘g‘ri ilmiy tasavvurga olib boradi. Uchinchi talab -metodning ommabopligi, bunda o‘quvchilar rivojlanishining pedagogik - ruhiy imkoniyatlari e’tiborga olinadi.agar metod o‘quvchilarda mavxum tafakkurni ham e’tiboriga olib tanlansa, o‘quvchi murakkabroq materialini hamegallay oladi va jadal rivojlanadi. demak, metod tanlanganda o‘qituvchi nimalarni tushun-tirishi kerakligi haqida emas, balki o‘quvchi nimani tushuna olishi haqida hamo‘ylash kerak. To‘rtinchi talab - ta’lim metodining samaradorligi, uning o‘quv materialining mustahkam egallashga qaratilganligidan kelib chiqad i. Beshinchi talab - o‘z ish faoliyatida ilg‘or tajribalarni qo‘llashi va uni muntazam o‘rganishi zarur. Nazariya va amalietda ta’lim metodlari bilan bog‘liq yangiliklarni doimo o‘rganib borish lozim. Geografiya o‘qitish metodlari haqida so‘z borar ekan "metod", "usul" degan so‘zlar yonma-yon uchraydi. Metod, usul bir-biridan ba’zan deyarli farq qilmaydi, ba’zan bir xil ma’noda yuritib kelinadi. Masalan: kartalarni solishtirish-taqqoslash metodi deb yuritiladi. Bu noto‘g‘ri, chunki kartalarni solishtirish metod emas, u solishtirish usulidir. O‘zbek tilidagi mavjud qo‘llanmalarda taqqoslash ham, solishtirish ham birdek-taqqoslash deb ishlatiladi. Vaholanki, taqqoslash - o‘rganilayotgan geografik ob’ektni ilgari o‘rganilgan ob’ekt bilan taqqoslash tufayli o‘ziga xos xususiyatlarini ochib beradi. Masalan, Janubiy Amerika cho‘lini Osiyo cho‘li bilan, Sirdaryoni Enisey bilan taqqoslab, ularning o‘ziga xos xusuiyatlari ochib beriladi. Taqqoslash og‘zaki bayon metodining bir usulidir. Solishtirish - kartalarni solishtirish va tahlil qilish bilan bir geografik ob’ektga xos bo‘lgan ob’ekt va hodisalarning sabablarini aniqlashdan iborat. Masalan: turli mazmundagi kartalar solishtirilib, tahlil etiladi. Solishtirish esa kartografik qo‘llanmalar bilan ishlash metodining bir usulidir. Metod usullar yigindisidan iborat. Usul esa metodning tarkibiy qismidir. Masalan, geografiyaga xos bo‘lgan karta bilan ishlash metodi bir necha usullarni o‘z ichiga oladi. jumladan, karta bo‘ylab sayohat, kontur kartaga geografik ob’ektlarni tushirish, kartalarni solishtirish va h.k. Ayrim usullarni bir necha metod tarkibiga kiritish ham mumkin. Taniqli metodist olim m.k.kovalevskaya: ta’lim vositalarini (darslik, karta bilan ishlash),bilimning og‘zaki bayon shakllari (hikoya, suhbat, tushuntirish, ma’ruza)ni bilish usullari (taqqoslash , kartalarni qiyoslash umumiy xuloslar chiqarish)ni va o‘quvchilarning o‘quv faoliyati turlari va shakllari (nazariy bilimlarni egallash, amaliy ish usullari, mustaqil ish usullari)ni metodik usullar deb hisoblagan. U ayrim hollarda bir usulning metod tarkibida ishtirok etilishini misollarda keltirgan. Masalan; taqqoslash usuli og‘zaki bayon, suhbat, karta bilan ishlash metodlarida ham ishtirok etishi mumkin. Demak, metod bilan usul o‘rtasida uzviy bog‘lanish bor. Ta’lim metodlarining tasnifi shu tarzda kelib chiqadiki,bu narsa o‘qituvchiga o‘quvchilarning o‘quv materialini egallash shakllaridagi o‘xshash va tafovut qiladigan muhitlarni chuqurroq anglab olishda, hamda o‘z o‘qituvchilik faoliyatinimuvaffaqiyatliroq tashkil etishda yordam beradi. Ta’lim metodlari muayyan belgilariga ko‘ra guruhlarga ajratiladi. Yuqoridagi barcha metodlarni shartli ravishda "Yangi bilim olish metodlariga", va "Olingan bilimlarni qayta tiklash usullariga"ajratish ham mumkin. Har bir ta’lim metodi bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan ta’limiy va tarbiyaviy tomonlar bilan bog‘lanib turadi. Ayrim pedagoglar ta’limda faol va sust metodlarni hamajratadilar.Bu unchalik to‘g‘ri yo‘l emas.Chunki, barcha metodlar ham o‘z o‘rnida to‘g‘ri qo‘llanilsa, o‘quvchilarni faoliyatini faollashtirishi mumkin. Metod tanlashda ko‘pgina xususiyatlarni e’tiborga olish takozo etiladi. O‘quvchilarning bilish faoliyati ko‘pgina omillarga: Xususan o‘quv materialining murakkabligi, nazariy bilimlar xajmi, sinfning bilim darajasi, o‘quvchilarning mustaqil ishlarni kay darajada bajara olish qobiliyati va xakozalarga bog‘liq. Ayrim metodlar o‘quvchilarda esda saqlab qolishni, ayrimlari fikrlashni, bazilari xis-xayajonni rivojlantiradi. Har bir metod ijobiy va salbiy tomonlarga ham ega. Masalan; hikoya va ma’ruza (ma’ruza) metodlarini qo‘llash shu paytda yaxshi natija beradiki, kachonki o‘quvchilarda bilim olishga ishtiyoq kuchli bo‘lsa. Savol-javob metodi bilan dars o‘tish o‘quvchilardan ko‘p vaqt va maxorat talab qilishi bilan birga o‘quvchida ham zarur va tayanch bilimlar bo‘lishini takozo etadi. YOki muammoli yoki tadqiqot metodlarini qo‘llash va uni uyushtirish o‘qituvchidan kuchli bilim va ko‘p vaqt talab etadi. Biror metodni tanlagan paytda albatta o‘quvchilarning bilish faoliyati, aqliy darajasi, ta’lim vositalari bilan taminlanganlik axvoli ham e’tiborga olinishi kerak. Ta’lim metodlari samaradorligini oshirish hozirgi sharoitda dolzarb vazifalardan biridir. Ta’limda bir yoki bir necha metodni afzal ko‘rish o‘rinsizdir.Chunki bunga har tomonlama yondashish zarur.Ta’limdagi muvaffaqiyatni ko‘p hollarda ta’lim metodlari tizimi taminlaydi. Me-todlarning har biri o‘ziga xos afzalliklarga ega u yoki bu tushunchani o‘quvchi ongida shakllantirishda har bir metodning o‘ziga xos o‘rni bor.Ta’lim metodlarida o‘qituvchining qiyofasi, uning dunyoqarashi ruhiy-pedagogik, metodik va maxsus ilmiy tayyorgarligi aks etgan bo‘ladi. Xuddi ana shu omillar ta’lim metodlari samaradorligini belgilaydi. Muayyan metodga yaxshi tayyorgarligi bo‘lgan o‘qituvchida shu metodning o‘zi salbiy jihatlarni hamnamoyon qilishi mumkin.SHu sababli ta’lim metodlari samaradorligini oshirish uchun o‘qituvchining tayyorgarlik darajasi muhim ahamiyatga ega. Metodlarni noto‘g‘ri tanlash o‘quvchilarning bilim va kunik malari sust egallashiga sabab bo‘ladi. Demak ta’limda universal metod bo‘lishi amri maholdir. Shu tufayli ham o‘qituvi faqat bitta metoddan foydalanib dars utmaydi. Bunday bo‘lishi mumkin ham emas. Geografiya ta’limining eng muhim xususiyati shundan iboratki, o‘qituvchi aksariyat darslarni o‘qitishda og‘zaki bayon metodlarini (ma’ruza, hikoya, suhbat, savol-javob) karta bilan uyg‘unlashgan holda qo‘llaydi va samarali natijalarga erishadi. Har bir bilim ko‘nikma,malaka xilma-xil metodlarni qo‘llashni talab qiladi.Chunki u yoki bu metodni tanlash dars mazmuni, maqsadi, o‘quvchilarning tayyorgarligi, o‘quv jihozlari bilan taminlanganlik kabi ko‘plab omillarga bog‘liq ekanligini hayotning o‘zi talab kilmoqda. Yuqoridagi barcha metodlarni shartli ravishda "Yangi bilim olish metodlariga", va "Olingan bilimlarni qayta tiklash usullariga"ajratish ham mumkin. Har bir ta’lim metodi bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan ta’limiy va tarbiyaviy tomonlar bilan bog‘lanib turadi. Ayrim pedagoglar ta’limda faol va sust metodlarni hamajratadilar.Bu unchalik to‘g‘ri yo‘l emas.Chunki, barcha metodlar ham o‘z o‘rnida to‘g‘ri qo‘llanilsa, o‘quvchilarni faoliyatini faollashtirishi mumkin. Metod tanlashda ko‘pgina xususiyatlarni e’tiborga olish takozo etiladi. O‘quvchilarning bilish faoliyati ko‘pgina omillarga: Xususan o‘quv materialining murakkabligi, nazariy bilimlar xajmi, sinfning bilim darajasi, o‘quvchilarning mustaqil ishlarni kay darajada bajara olish qobiliyati va xakozalarga bog‘liq. Ayrim metodlar o‘quvchilarda esda saqlab qolishni, ayrimlari fikrlashni, bazilari xis-xayajonni rivojlantiradi. Har bir metod ijobiy va salbiy tomonlarga ham ega. Masalan; hikoya va ma’ruza (ma’ruza) metodlarini qo‘llash shu paytda yaxshi natija beradiki, kachonki o‘quvchilarda bilim olishga ishtiyoq kuchli bo‘lsa. Savol-javob metodi bilan dars o‘tish o‘quvchilardan ko‘p vaqt va maxorat talab qilishi bilan birga o‘quvchida ham zarur va tayanch bilimlar bo‘lishini takozo etadi. YOki muammoli yoki tadqiqot metodlarini qo‘llash va uni uyushtirish o‘qituvchidan kuchli bilim va ko‘p vaqt talab etadi. Biror metodni tanlagan paytda albatta o‘quvchilarning bilish faoliyati, aqliy darajasi, ta’lim vositalari bilan taminlanganlik axvoli ham e’tiborga olinishi kerak. Ta’lim metodlari samaradorligini oshirish hozirgi sharoitda dolzarb vazifalardan biridir. Ta’limda bir yoki bir necha metodni afzal ko‘rish o‘rinsizdir.Chunki bunga har tomonlama yondashish zarur.Ta’limdagi muvaffaqiyatni ko‘p hollarda ta’lim metodlari tizimi taminlaydi. Me-todlarning har biri o‘ziga xos afzalliklarga ega u yoki bu tushunchani o‘quvchi ongida shakllantirishda har bir metodning o‘ziga xos o‘rni bor.Ta’lim metodlarida o‘qituvchining qiyofasi, uning dunyoqarashi ruhiy-pedagogik, metodik va maxsus ilmiy tayyorgarligi aks etgan bo‘ladi. Xuddi ana shu omillar ta’lim metodlari samaradorligini belgilaydi. Muayyan metodga yaxshi tayyorgarligi bo‘lgan o‘qituvchida shu metodning o‘zi salbiy jihatlarni hamnamoyon qilishi mumkin.SHu sababli ta’lim metodlari samaradorligini oshirish uchun o‘qituvchining tayyorgarlik darajasi muhim ahamiyatga ega. Metodlarni noto‘g‘ri tanlash o‘quvchilarning bilim va kunik malari sust egallashiga sabab bo‘ladi. Demak ta’limda universal metod bo‘lishi amri maholdir. Shu tufayli ham o‘qituvi faqat bitta metoddan foydalanib dars utmaydi. Bunday bo‘lishi mumkin ham emas. Geografiya ta’limining eng muhim xususiyati shundan iboratki, o‘qituvchi aksariyat darslarni o‘qitishda og‘zaki bayon metodlarini (ma’ruza, hikoya, suhbat, savol-javob) karta bilan uyg‘unlashgan holda qo‘llaydi va samarali natijalarga erishadi. Har bir bilim ko‘nikma,malaka xilma-xil metodlarni qo‘llashni talab qiladi.Chunki u yoki bu metodni tanlash dars mazmuni, maqsadi, o‘quvchilarning tayyorgarligi, o‘quv jihozlari bilan taminlanganlik kabi ko‘plab omillarga bog‘liq ekanligini hayotning o‘zi talab kilmoqda. Geografiya ta’limida kartalarni, rasmlarni tanlashda izchillikning bo‘lmasligi ham bilimlarining sust o‘zlashtirilishiga sabab bo‘ladi. Masalan, 6- sinfda "Afrika tabiat zonalari" mavzusida o‘quvchilar "Ekvatorial urmon", "Savanna", "Saxro" kabi tushunchalarni egallashlari kerak. Bunda dastlab o‘qituvchi o‘quvchilarda yuqoridagi tabiat komplek-slarining tasvirini (ko‘rinishini)o‘quvchilar ko‘z oldida gavdalanti-rishi, keyin esa uni kartadagi o‘rni bilan bog‘lab ularda tabiiy hududiy komplekslar turli-tumanligi haqida o‘quvchilar va tassavur hosil qilishi zarur. Keyin esa turli metodlar yordamida yuqoridagi tushunchalar egallanadi. Download 31.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling