Mavzu: Metodlarni tasniflash usullari


Download 31.44 Kb.
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi31.44 Kb.
#1489925
  1   2   3
Bog'liq
15. Metodlarni tasniflash usullari


Mavzu: Metodlarni tasniflash usullari
Reja:

  1. Metodlarni tasniflash usullari

  2. Ta’lim metodlari o‘qitishning umumiy va aniq maqsadlari

  3. Geografiya o‘qitish metodlari



O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Geografiya ta’limida qo‘llaniladigan metodlarni tasniflash usullarito‘g‘risidagi bilimlarni mustahkamlash, talabalarda dars o‘tish va dars tahlili ko‘nikmasini shakllantirish





Bajariladigan topshiriqlar



Amaliy mashg‘ulot natijasi

1

Geografiya ta’limi metodlari tasnifi bilan tanishing. Matndan foydalanib, ta’lim metodlariga qo‘yiladigan talablarni 1-jadvalga yozing.

1-jadval

2

Geografiya ta’limi metodlari tasnifini sxemada ko‘rsating

Sxema

3

Matndan foydalanib, quyidagi savollarga javob yozing

nazorat savollari


Uslubiy ko‘rsatmalar
Metod so‘zi grekcha "metodos" so‘zidan olingan bo‘lib, "tadqiqot" degan ma’noni anglatadi. Didaktika fanida metod atamasiga ta’rif berish bo‘yicha aniq bir qoidani mavjud emas. Bu borada xil-xilma ta’rif va koidalar mavjud. Shunga qaramasdan didaktikada metod quyidagicha talkin etildi: “Ta’lim metodi deganda o‘qituvchi va o‘quvchining ta’lim jarayonidagi birgalikdagi faoliyati tushuniladi. Bunda ular qo‘yilgan maqsad uchun birgalikda harakat qiladilar”. Metodning alohida detallari usul deyiladi. 
Ta’lim metodlari-o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilar faoliyatini belgilaydigan ish usullari bo‘lib, o‘quv materialini nazariy va amaliy o‘zlashtirish shaklidir. Ta’lim metodlari o‘quvchilarga bilim berish, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish bilan cheklanib qolmaydi. Ta’lim metodlari, o‘quvchilarning ijodiy faoliyatlarini shakllantirishga, bilimlarni mustaqil o‘zlashtirishga, ilmiy bilimlarga asoslangan to‘g‘ri dunyoqarash va e’tiqodni tarbiyalashga ham yordam beradi. Shunday qilib, ta’lim metodlari uchun 2 ta asosiy xususiyat xos: 
1. Metodlar o‘qituvchi faoliyati yo‘l-yo‘riqlari bo‘lib, o‘quvchilar faoliyatini belgilashga va yo‘naltirishga yordam beradi.
2. Ta’lim metodlari faqat bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish bilangina cheklanmasdan balki o‘quvchilarda ijodiy faoliyat, bilimlarni mustaqil egallash qobiliyatini tarbiyalashga ham yordam beradi.
Ta’lim metodlari o‘qitishning umumiy va aniq maqsadlariga hamda maktab ta’limining mazmuniga ham bog‘liq. Ta’lim metodlari ko‘p hollarda o‘quvchilarning ruhiyati yoki xususiyatlarini e’tiborga olishni ham talab qiladi. Uni tanlash geografiya ta’limining moddiy-texnika taminotiga ham ko‘p jihatdan bog‘liq. Chunki o‘qituvchi ta’lim usulini tanlar ekan,maktabda mavjud bo‘lgan texnika-vositalarini va ulardan foydalanish imkoniyatlarini hisobga oladi. Pedagogikada fanida o‘qitish metodlari maktab joylashgan sharoitga, va o‘qituvchilar tajribasida tarkib topgan ananalarga ham bog‘liq. Masalan, o‘qituvchi o‘z ishiga alohida tus bagishlaydigan muayyan metodlardan foydalanishni afzal ko‘radi. U ilmiy-texnika jarayoni sharoitida ananaviy metodlarini takomillash-tirishga va yangi metodlarni izlab topishga, harakat qiladi.
Hozirgi kunda metodlar muammosi ta’lim jarayonidagi eng asosiy muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. U quyidagi talablarga javob berishi kerak. 

Download 31.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling