Mavzu: Metodlarni tasniflash usullari


Download 31.44 Kb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi31.44 Kb.
#1489925
1   2   3
Bog'liq
15. Metodlarni tasniflash usullari

Birinchi talab - metodning tarbiyaviyligi bunda har qanday metod o‘quvchilarning umumiy rivojlanishiga, bilimga qiziqishlariga, etikod xis tuyg‘u va qarash lariga ta’sir ko‘rsatadi. ta’limning tarbiyaviy vazifa-sini amalga oshirish metodning tanlanishiga bog‘liq. 
Ikkinchi talab - metodning ilmiyligi dars berish va ta’limning har qanday metodi o‘quv jarayonining qonuniyatlari bilan belgilanadi.
metod ilmiy jihatdan qanchalik asoslangan bo‘lsa, shunchalik ravshan va aniq bo‘ladi. eng muhimi shundaki,biror metod yordamida qandayumumiy va aniq vazifalarni xal etish mumkinligini,u qandaymazmunga mos kelishini, faoliyatining qandayturlarini talab qilishini va ularni qandaytashkil etish lozimligini ko‘ra bilish kerak. Metodning ilmiyligi geografik voqea va hodisalarni,qonuniyatlarini to‘g‘ri anglanishini taminlaydi va o‘quvchilarni to‘g‘ri ilmiy tasavvurga olib boradi.
Uchinchi talab -metodning ommabopligi, bunda o‘quvchilar rivojlanishining pedagogik - ruhiy imkoniyatlari e’tiborga olinadi.agar metod o‘quvchilarda mavxum tafakkurni ham e’tiboriga olib tanlansa, o‘quvchi murakkabroq materialini hamegallay oladi va jadal rivojlanadi. demak, metod tanlanganda o‘qituvchi nimalarni tushun-tirishi kerakligi haqida emas, balki o‘quvchi nimani tushuna olishi haqida hamo‘ylash kerak.
To‘rtinchi talab - ta’lim metodining samaradorligi, uning o‘quv materialining mustahkam egallashga qaratilganligidan kelib chiqad i.
Beshinchi talab - o‘z ish faoliyatida ilg‘or tajribalarni qo‘llashi va uni muntazam o‘rganishi zarur. Nazariya va amalietda ta’lim metodlari bilan bog‘liq yangiliklarni doimo o‘rganib borish lozim.
Geografiya o‘qitish metodlari haqida so‘z borar ekan "metod", "usul" degan so‘zlar yonma-yon uchraydi. Metod, usul bir-biridan ba’zan deyarli farq qilmaydi, ba’zan bir xil ma’noda yuritib kelinadi. Masalan: kartalarni solishtirish-taqqoslash metodi deb yuritiladi. Bu noto‘g‘ri, chunki kartalarni solishtirish metod emas, u solishtirish usulidir. O‘zbek tilidagi mavjud qo‘llanmalarda taqqoslash ham, solishtirish ham birdek-taqqoslash deb ishlatiladi. Vaholanki, taqqoslash - o‘rganilayotgan geografik ob’ektni ilgari o‘rganilgan ob’ekt bilan taqqoslash tufayli o‘ziga xos xususiyatlarini ochib beradi. Masalan, Janubiy Amerika cho‘lini Osiyo cho‘li bilan, Sirdaryoni Enisey bilan taqqoslab, ularning o‘ziga xos xusuiyatlari ochib beriladi.
Taqqoslash og‘zaki bayon metodining bir usulidir. Solishtirish - kartalarni solishtirish va tahlil qilish bilan bir geografik ob’ektga xos bo‘lgan ob’ekt va hodisalarning sabablarini aniqlashdan iborat. Masalan: turli mazmundagi kartalar solishtirilib, tahlil etiladi. Solishtirish esa kartografik qo‘llanmalar bilan ishlash metodining bir usulidir. Metod usullar yigindisidan iborat. Usul esa metodning tarkibiy qismidir. Masalan, geografiyaga xos bo‘lgan karta bilan ishlash metodi bir necha usullarni o‘z ichiga oladi. jumladan, karta bo‘ylab sayohat, kontur kartaga geografik ob’ektlarni tushirish, kartalarni solishtirish va h.k.
Ayrim usullarni bir necha metod tarkibiga kiritish ham mumkin. Taniqli metodist olim m.k.kovalevskaya: ta’lim vositalarini (darslik, karta bilan ishlash),bilimning og‘zaki bayon shakllari (hikoya, suhbat, tushuntirish, ma’ruza)ni bilish usullari (taqqoslash , kartalarni qiyoslash umumiy xuloslar chiqarish)ni va o‘quvchilarning o‘quv faoliyati turlari va shakllari (nazariy bilimlarni egallash, amaliy ish usullari, mustaqil ish usullari)ni metodik usullar deb hisoblagan. U ayrim hollarda bir usulning metod tarkibida ishtirok etilishini misollarda keltirgan. Masalan; taqqoslash usuli og‘zaki bayon, suhbat, karta bilan ishlash metodlarida ham ishtirok etishi mumkin. Demak, metod bilan usul o‘rtasida uzviy bog‘lanish bor. Ta’lim metodlarining tasnifi shu tarzda kelib chiqadiki,bu narsa o‘qituvchiga o‘quvchilarning o‘quv materialini egallash shakllaridagi o‘xshash va tafovut qiladigan muhitlarni chuqurroq anglab olishda, hamda o‘z o‘qituvchilik faoliyatinimuvaffaqiyatliroq tashkil etishda yordam beradi. Ta’lim metodlari muayyan belgilariga ko‘ra guruhlarga ajratiladi.
Hozirgi kunda ta’lim nazariyasi va geografiya ta’limida quyidagi metodlar tasnifi keng tarqalgan:
I. Bilim olishning asosiy manbalariga ko‘ra:
1.Og‘zaki-bayon (hikoya,tushuntirish, ma’ruza)
2.Suhbat, savol-javob
3.Kartografik qo‘llanmalar bilan ishlash
4.Ko‘rsatmali qo‘llanmalar bilan ishlash
5.Kuzatish va tajribalar
6.Raqamli materiallar bilan ishlash
7.Darslik va qo‘shimcha adabiyotlar bilan ishlash
8.Amaliy metodlar.
II. Didaktik maqsadlarga ko‘ra:
1.Yangi materiallani o‘rganishmetodlari
2.Bilimlarni mustahkamlash metodlari
3.Bilim, ko‘nikma, malakalarni tekshirish metodlari
III. Xulosa chiqarish faoliyatiga ko‘ra:
1.Analitik metodlar 2.Sintetik metodlar
3.Induktiv metodlar 4.Deduktiv metodlar
IV. Fikrlash faoliyati va bilim olish faolligi xususiyati bo‘yicha
I.YA.Lerner M.N.Skatkinlar quyidagi metodlar tasnifini ilgari suradilar:
1.Izoxli ko‘rgazmali metodlar.
2.Reproduktiv yoki olingan bilimlarni qayta tiklash metodi
3.Muammoli bayon metodi
4.Qisman izlanuvchan metod
5.Tadqiqot metodi
V. S.G.Shapovalenko didaktik metodlarni 3 ta guruhga ajratishni
tavsiya etadi. Bular: Og‘zaki metodlar, Ko‘rgazmali metodlar, Amaliy metodlar. Metod so‘zi grekcha "metodos" so‘zidan olingan bo‘lib, "tadqiqot" degan ma’noni anglatadi. Didaktika fanida metod atamasiga ta’rif berish bo‘yicha aniq bir qoidani mavjud emas. Bu borada xil-xilma ta’rif va koidalar mavjud. Shunga qaramasdan didaktikada metod quyidagicha talkin etildi: “Ta’lim metodi deganda o‘qituvchi va o‘quvchining ta’lim jarayonidagi birgalikdagi faoliyati tushuniladi. Bunda ular qo‘yilgan maqsad uchun birgalikda harakat qiladilar”. Metodning alohida detallari usul deyiladi. 
Ta’lim metodlari-o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilar faoliyatini belgilaydigan ish usullari bo‘lib, o‘quv materialini nazariy va amaliy o‘zlashtirish shaklidir. Ta’lim metodlari o‘quvchilarga bilim berish, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish bilan cheklanib qolmaydi. Ta’lim metodlari, o‘quvchilarning ijodiy faoliyatlarini shakllantirishga, bilimlarni mustaqil o‘zlashtirishga, ilmiy bilimlarga asoslangan to‘g‘ri dunyoqarash va e’tiqodni tarbiyalashga ham yordam beradi. Shunday qilib, ta’lim metodlari uchun 2 ta asosiy xususiyat xos: 
1. Metodlar o‘qituvchi faoliyati yo‘l-yo‘riqlari bo‘lib, o‘quvchilar faoliyatini belgilashga va yo‘naltirishga yordam beradi.
2. Ta’lim metodlari faqat bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish bilangina cheklanmasdan balki o‘quvchilarda ijodiy faoliyat, bilimlarni mustaqil egallash qobiliyatini tarbiyalashga ham yordam beradi.
Ta’lim metodlari o‘qitishning umumiy va aniq maqsadlariga hamda maktab ta’limining mazmuniga ham bog‘liq. Ta’lim metodlari ko‘p hollarda o‘quvchilarning ruhiyati yoki xususiyatlarini e’tiborga olishni ham talab qiladi. Uni tanlash geografiya ta’limining moddiy-texnika taminotiga ham ko‘p jihatdan bog‘liq. Chunki o‘qituvchi ta’lim usulini tanlar ekan,maktabda mavjud bo‘lgan texnika-vositalarini va ulardan foydalanish imkoniyatlarini hisobga oladi. Pedagogikada fanida o‘qitish metodlari maktab joylashgan sharoitga, va o‘qituvchilar tajribasida tarkib topgan ananalarga ham bog‘liq. Masalan, o‘qituvchi o‘z ishiga alohida tus bagishlaydigan muayyan metodlardan foydalanishni afzal ko‘radi. U ilmiy-texnika jarayoni sharoitida ananaviy metodlarini takomillash-tirishga va yangi metodlarni izlab topishga, harakat qiladi.
Hozirgi kunda metodlar muammosi ta’lim jarayonidagi eng asosiy muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. U quyidagi talablarga javob berishi kerak. 

Download 31.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling