Mavzu: Metrologiya va standartlashtirish bòyicha xalqaro tashkilotlar Reja


Download 19.95 Kb.
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi19.95 Kb.
#1502226
  1   2
Bog'liq
metrologiya va standartlashtirish bòyicha xalqaro tashkilotlar


Mavzu: Metrologiya va standartlashtirish bòyicha xalqaro tashkilotlar
Reja:

  1. Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO).

  2. Xalqaro elektrotexnika komissiyasi (XEK).

  3. Metrologiya sohasida qonunlashtiruvchi xalqaro tashkilot (MOZM).



Xalqaro standartlashtirish tashkiloti
Birinchi standartlashtirish milliy tashkiloti – Britaniya Assotsiatsiyasi (Britich Enginezing Standards Accociation) 1901 yilda tashkil etilgan bo‘lib, biroz keyinroq, birinchi jahon urushi davrida Daniya byurosi, Germaniya qumitasi (1918 y), Amerika qumitasi (1918 y) va boshqalar tashkil topdi.
Standartlashtirish sohasidagi ishlar xalqaro markaz kerakligini taqozo qildi. Shu maqsadda 1926 yili standartlashtirish milliy tashkilotlarning Xalqaro Assotsiatsiyasi (ISA) paydo bo‘ldi. ISA ning tarkibiga 20 ta mamlakat vakillari kirdi.
1938 yili Berlin shahrida standartlashtirish boyicha Xalqaro sezd ochildi. Unda texnikaning turli sohalari boyicha 32 ta qumita va kichik qumitalar tuzildi. 1939 yili boshlangan ikkinchi jahon urushi ISA ning faoliyatini to‘xtatib qoydi.
Hozirgi Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (International Standards Organization) 1946 – 1947 yillari tashkil topdi, uni qisqacha ISO deb yuritiladi. Bu nufuzli tashkilot Birlashgan Millatlar Bosh Assambleyasi tarkibida faoliyat ko‘rsatib, rivoj topmoqda.
ISO ning tuzilishidan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad – xalqaro miqyosdagi mol almashinuvida va o‘zaro yordamni yengillashtirish uchun dunyo ko‘lamida standartlashtirishni rivojlantirishga ko‘maklashish hamda aqliy, ilmiy, texnikaviy va iqtisodiy faoliyatlar sohasida hamdo‘stlikni rivojlantirishdir.
Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun:
- dunyo ko‘lamida standartlarni va ular bilan bog‘liq bo‘lgan sohalarda uyg‘unlashtirishni yengillashtirish uchun choralar ko‘rish;
- xalqaro standartlarni ishlab chiqish va chop etish (agar har bir standart uchun uning faol tashkiliy va kichik qumitalarining ikkidan uch qismi ma’qullab ovoz bersa va umumiy ovoz beruvchilarning to‘rtdan uch qismi yoqlab chiqsa, standart ma’qullanishi mumkin);
- o‘z qumita a’zolarining va texnikaviy qumitalarning ishlari haqida axborotlar almashinuvini tashkil qilish;
- sohaviy masalalar boyicha manfaatdor bo‘lgan boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish ko‘zda tutiladi.
ISO rahbar va ishchi qumita idoralaridan tashkil topgan. Rahbar idoralari tarkibiga Kengashning yuqori idorasi – Bosh Assambleya, Kengash, ijroiya byurosi, texnikaviy byuro, kengashning texnikaviy qumitalari va markaziy sekretariati kiradi


Download 19.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling