Mavzu: Mexanik sistema dinamikasiga kirish
Mavzu: Mexanik sistema dinamikasiga kirish Reja: Mehanik sistema. Ichki va tashqi kuchlar sistemasi. Sistemaning massasi, massalar markazi. Inersiya momenti. O’qqa nisbatan inersiya momenti. Inersiya radiusi. Parallel o’qlarga nisbatan inersiya momenti. Gyugens teoremasi. Markazdan qochma inersiya momentlari. Mehanik sistema. Ichki va tashqi kuchlar sistemasi. Harakati (yoki muvanat holati) tekshirilayotgan moddiy nuqtalar yoki jismlar sistemasini, mehanik sistema deb ataladi. Agar mehanik sistemani tashkil etuvchi nuqta (jismlar)ning o’zaro ta’sirlari mavjud bo’lsa, u holda har bir nuqta (jism)ning holati, qolgan barcha nuqtalarning holatiga uzviy bog’liq. Mehanik sitemaga ta’sir etuvchi -aktiv kuchlar va reaksiya kuchlarini tashqi va ichki kuchlarga ajratib yuboramiz (bu yerdagi e – exterior, ya’ni tashqi va i – interior, ya’ni ichki so’zlarning birinchi harfidan iborat). Berilgan mehanik sistemaga kirmagan jismlarning sistema kuchlari tashqi kuchlar deb ataladi. Sistemani tashkil etuvchi nuqta yoki jismlarning o’zaro ta’sir kuchlari ichki kuchlar deb ataladi. Bunday ajratishlik shartli bo’lib, mehanik sistemani tanlab olishimizga bog’liq bo’ladi. Masalan, agar Quyosh sistemasini tanlab olsak, u holda Yer bilan quyoshning o’zaro tortilish kuchlari ichki kuchlar hisoblanadi; agar Yer bilan Oyni bitta sistema desak, Quyoshning tortilish kuchi endi tashqi kuch hisoblanadi. Mehanik sistema. Ichki va tashqi kuchlar sistemasi. 1. Mehanik sistemaning barcha ichki kuchlarining geometrik yig’indisi (bosh vektori) nolga teng bo’ladi. Dinamikaning uchinchi qonuniga asosan, ixtiyoriy olingan ikkita nuqtaning (shakliga qarang) o’zaro ta’sir kuchi va aks tasir kuchlari bir to’g’ri chiziqda yotib, son qiymatlari teng, yo’nalishlari esa qarama-qarshi bo’ladi, shu sababli
Do'stlaringiz bilan baham: |