Mavzu: Mexanizm zvenolari nuqtalarining harakatlarini tezliklar va


Download 112.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana03.12.2023
Hajmi112.03 Kb.
#1799344
  1   2   3   4   5   6   7



 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



Mavzu:”Mexanizm zvenolari nuqtalarining harakatlarini tezliklar va 
tezlanishlar plani tuzish yo'li yordamida tekshirish. (1,2 
modifikatsiyasi)” 
Reja: 
Kirish ………………………………………………………………………3 
I-bob. Mexanizmning asosiy turlari va ularning tatbiqi………………...……6 
1.1.Mexanizmlarning turli vaziyatdagi planlarini qurish………………...…..9 
1.2.Mexanizmlarni tekshirishning diagrammalar usuli. Urinma, ordinatalar va 
vatarlar usuli…………………………………………………………….….13 
Xulosa……………………………………………………………………….19 
Foydalanilgan adabiyotlar ………………………………………………….21 
 
 
 
 
 
 
 
 



Kirish 
Kishi mehnatini yengillashtirish foydali ish bajaruvchi ishlab chiqarish 
texnikasi — mashina, apparat va asboblardan foydalanishga bog'liq. Barcha 
texnik qurilmalar tabiat qonunlariga asoslangan bo‗lib, inson bu qonunlardan 
o‗z faoliyatida foydalanadi. Texnik qurilmalar har xil mexanik qismlardan 
iborat bo'lib, bu qismlar o'z navbatida qo'zg'almas — mashina va 
konstruksiyani ko'tarib turuvchi zveno (stoyka rama, korpus) va 
qo'zg'aluvchi, harakatni detallar yordamida uzatuvchi qismlardan iborat 
bo'ladi. Bir qancha mexanik qismlarning birikishidan tashkil topgan va 
foydali ish bajaradigan mexanizmlar gruppasi mexanik mashina deyiladi. 
Mashina va mexanizmlar kursida faqat mexanik mashinalar o'rganiladi. 
Shuning uchun «mexanik mashina» atamasini bundan buyon qisqacha 
«mashina» deb yuritamiz. Bunday mashinalarga yuk tashiydigan, suv, havo, 
quruqlik transportlari, ish mashinalari va avtomatlari (stanok, press, 
to'qimachilik sanoati va poligrafiya mashinalari va boshqalar)ni hamda turli 
nasos va ventilatorlami, asbob, soat va boshqalarni misol qilib ko'rsatish 
mumkin. Mashina deb hisoblanmaydigan mexanizmlarda ham mexanik 
qismlar uchraydi, alohida ajratib qaraganda ular ham kichik bir mashinani 
tashkil etadi. Bularga matematik hisob mashinasi, kontrol apparat, elektr 
mashinalarining rotori, fotoapparat zatvori, elektr o'lchov asboblari, elektr 
vklyuchatel, mashina eshigi oynasini ko'targich, oyna tozalagich va boshqalar 
kiradi. Mashinalarda ish organi tariqasida gaz va suyuqlikdan ham 
foydalanish mumkin bo'lib, bunday mexanizmlar, mos ravishda, pnevmatik 
va gidravlik mexanizmlar deyiladi. Biz ushbu kursda eng ko'p tarqalgan 
mexanizmlami o'iganamiz. Mashinalar asosan, fizika, nazariy mexanika 



hamda mashina va mexanizmlar nazariyasi kurslarida bosqichma-bosqich 
o'rga- niladi. Korxonalarni avtomatlashtirish jarayon bilan shug'ullanish bu 
fanlarning davomi hisoblanadi. Mashina va mexanizmlar nazariyasi fanida 
mashina va mexanizmlaming kinematik hamda dinamik tuzilishlari o 
‗rganiladi va shu bilan birga yangi mashina va mexanizmlar yaratish usullari 
ishlab chiqiladi. Bundan tashqari, mavjud sifatsiz mashinalami yengil
tezyurar, kam energiya iste‘mol qiladigan, sifatli mahsulot beradigan yuqori 
unumli mashinaga aylantirish yo'llarini izlash o'rganiladi. Bu kabi 
masalalarni amalga oshirish uchun mashina va mexanizmlar kursi ikki 
qismga bo'lib o'rganiladi. 1. Mexanizmlar analizi. 2. Mexanizmlar sintezi. 
Mexanizmlar analizida mashina va mexanizmlaming harakati ulaming 
kinematik tuzilishiga va sharnir hamda zvenolariga to'g'ri keladigan ta‘sir 
kuchlariga bog'liqligi aniqlanadi. Mexanizmlar sintezida esa m a‘lum 
texnologik jarayonni amalga oshirish uchun berilgan harakat qonuniga 
asoslangan funksiyani bajaradigan mexanizm yaratish talab etiladi. Mashina 
va mexanizmlarni analiz va sintez qilishni bilish mashina, stanok hamda 
asboblar bilan ishlaydigan mutaxassis uchun nihoyatda zarur. Maktab 
mashinashunoslik o'qituvchilari esa mehnat amaliyotining qaysi biri 
bo'Iishidan qat‘iy nazar, qishloq xo'jaligi mashinalarimi, agronomiyami, 
avtomobil kursimi, metallami kesib ishlashmi, duradgorlikmi yoki boshqami 
unda o'quvchilarni kasb tanlashga va ijtimoiy foydali mehnat qilishga undab, 
yuqorida keltirilgan predmetlarning fizika, matematika va chizmachilik 
fanlari bilan bog'lanib ketganligini ko'rsatib boradi. Mashina va mexanizmlar 
nazariyasi fani asosida fizika, umumtexnika fanlarini o'qitish metodlarini 
ishlab chiqish va ilmiy jihatdan asoslab berish mumkin. Har qanday mashina 



foydali ish bajarish uchun mo'ljallangan bo'lib, u ish sharoitida muayyan 
qarshiliklarga duch keladi. Bu qarshiliklami mashina bir qancha mexanizmlar 
birikmasi yordamida va bu mexanizmlaming bir-biriga nisbatan ma‘lum 
tartibda harakatlanishi natijasida yengadi. Masalan metall yoki yog'och 
randalash mashinasi (stanok) elektr dvigateldan harakat kesish (randalash) 
asbobiga kelguncha bir qancha mexanizm (tishli, tasmali, kulisali mexanizm 
va boshqalar) dan o ‗tadi va, natijada, katta tezlikda aylanma harakat kesish 
uchun talab etiladigan to‗g ‗ri chiziqli harakatga aylanadi va texnologik 
jarayonni bajaradi. Shunday qilib, mashinani yana quyidagicha ta‘riflash 
mumkin. Ishlab chiqarish jarayoni yoki energiyani о ‗zgartirish jarayoni bilan 
bog‗liq bo Igan va foydali ish bajarish uchun m o ‗ljallangan mexanizm yoki 
mexanizmlar majmui mashina deyiladi. Mashina insonning jismoniy hamda 
aqliy mehnatini yengilIashtiradigan va ish unumini oshiradigan, hisoblash va 
nazorat qilish uchun ham mo'ljallangan moslama bo'lib, inson aqliy 
mehnatining mahsulidir. Agar mashina harakat qilib tursa-yu, lekin foydali 
ish bajarmasa yoki energiyani bir turdan boshqa turga aylantirmasa, bu holda 
u mexanizm bo'ladi. Mexanizmning vazifasi m a‘lum tartibda harakat qilish 
yoki harakatni uzatishdan iborat. 




Download 112.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling