Mavzu: Mexanizm zvenolari nuqtalarining harakatlarini tezliklar va


I-bob. Mexanizmning asosiy turlari va ularning tatbiqi


Download 112.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana03.12.2023
Hajmi112.03 Kb.
#1799344
1   2   3   4   5   6   7
I-bob. Mexanizmning asosiy turlari va ularning tatbiqi 
'M.Mexanizm' (yun. μηχανή mechané - mashina) — bir biri bilan 
bog'liq va kerakli (oldindan aniqlangan) harakatlarni bajaradigan jonsiz 
(odatda mashina detallari) yoki jonli tanlar majmui. Mexanizmlar harakatni 
(boshqa obyektga) o'tkazib berish va o'zgartirish uchun qo'llaniladi. 
Mexanizm (yunoncha: mechane — qurol, inshoot) — bir yoki bir necha 
jismning harakatini boshqa jismlarning maʼlum harakatiga aylantirib 
beradigan qurilma. Koʻpchilik mashinalarning kl asosini tashkil etadi, 
koʻpgina asboblar, apparatlar va texnika qurilmalarida qoʻllaniladi. 
Vazifasiga qarab, M.lar harakatni uzatuvchi; ijrochi (ish bajaruvchi); 
boshqaruvchi, nazorat qiluvchi va rostlovchi; taʼminlovchi, saralovchi, 
tashuvchi; mahsulotlarni hisoblovchi, tortuvchi va joylashuvchi M.lar 
boʻladi. 
Harakatni oʻzgartiruvchi M.lar energiyani mexanik ishga yoki mexanik 
ishni energiyaning boshqa turiga aylantiradi (mas, dvigatel, nasos, 
kompressor va boshqalar). H ar a kat uzatuvchi M.lar dvigateldan olingan 
harakatni (valning aylanish tezligini kamaytirib) texnologik mashinalarga 
yoki ijrochi M.larga uzatadi. Ijrochi M.lar ishlov berilayotgan muhit yoki 
obyektga toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir etadi (mas, pressning sikish me-xanizmi
paxta terish mashinasining shpindellari va boshqalar). Boshqaruvchi, nazorat 
qiluvchi va rostlov-ch i M.larga texnologik jarayonni boshqarib turadigan 
moslamalar, rostlagichlar, suyuklik sathi va bosimini nazorat qiluvchi M.lar 
kiradi. Taʼminlovchi, saralovchi va tashuvchi M.larga shneklar, kovshli 
elevatorlar, mexanik elaklar va boshqa kiradi. Tayyor mahsulotlarni 



avtomatik hisoblovchi, qadoqlovchi va joylovchi M.lar, asosan, koʻplab 
ishlab chiqariladigan donali mahsulotlar uchun moʻljallanadi. Bunday M.lar 
maxsus mashinalarda ijrochi M. boʻlishi mumkin (mas, choy qadoqlash 
mashinasining choyni oʻlchovchi va joylovchi qismi). 
M. tarkibiga kiruvchi va zveno deb ataluvchi qattiq jism oʻzaro 
biriktirilgan bir necha qoʻzgʻalmas detallar (ayrim qismlar) dan iborat 
boʻlishi mumkin. Bir-biriga tegib turadigan ikki zvenoning oʻzaro 
harakatlanadigan birikmasi kinematik juft deyiladi. Aylanma (sharnir), 
ilgarilama (polzun va yoʻnaltirgich), vintli (vint, gayka), sferik (sharli 
sharnir) kinematik juftlar keng tarqalgan. Agar harakatni oʻzgartirishda qattiq 
jismlardan tashqari suyuklik yoki gazeimon jismlar ham qatnashsa, ular 
gidravlik yoki pnevmatik M. deyiladi. 
Aylanma yoki toʻgʻri chiziqli harakatni aylanma harakatga (va 
aksincha) oʻzgartiradigan M. uzatma deyiladi. Zvenolarning turiga qarab, 
tishli, richagli, friksion, zanjirli va tasmali M.lar boʻladi. Mashina tarkibiga 
kiruvchi M.lar gidravlik, pnevmatik, elektr qurilmalardan tuziladi. 
Odatda, M.da bitta kirish zvenosi boʻlib, u dvigateldan harakat oladi va 
oraliq zveno orqali uni chiqish zvenosiga uzatadi. M.lar yassi (tekis; 
zvenolari nuqtalarining temperaturayektoriyasi parallel tekisliklarda yotadi) 
va fazoviy (hajmiy) xillarga boʻlinadi. Kosmik texnika (vakuumda aylanma 
harakat uzatuvchi, fazoda yoʻnalishni oʻzgartiruvchi va boshqalar), tibbiyot 
texnikasi (rostlanadigan apparatlar, biologik protezlar va boshqalar) bilan 
bogʻliq boʻlgan masalalarni hal qilish, borish qiyin boʻlgan yoki hayot uchun 
xavfli joylar (suv osti, kosmos, yadro reaktorlari) da ishlash uchun maxsus 



M.lar yaratildi. Bu ishlarni bajarishda turli manipullyatorlar qoʻllaniladi. 
Manipulyatorlarning rivojlanishi buyumlarni ishlash, montaj qilish va yigʻish 
jarayonlarini avtomatlashtirishga imkon beruvchi sanoat robotlarning 
yaratilishiga olib keldi. 




Download 112.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling