Mavzu: Mexanizm zvenolari nuqtalarining harakatlarini tezliklar va
Mexanizmlarning turli vaziyatdagi planlarini qurish
Download 112.03 Kb. Pdf ko'rish
|
1.1.Mexanizmlarning turli vaziyatdagi planlarini qurish
Mexanizmlar kinematikasi — mexanizmlarga taʼsir etadigan kuchlarni hisobga olmagan holda qism (zveno) lari harakatining geometrik jihatlari oʻrganiladigan soha; mashina va mexanizmlar nazariyasi boʻlimi. Mexanizmlar kinematikasida kinematik analiz va kinematik sintez masalalari yechiladi. Mexanizmlar kinematikasi masalalarini yechish uchun mexanizmning kinematik xossalarini ifodalaydigan asosiy koʻrsatkichlar va yetakchi zvenolarning harakat qonunlari maʼlum boʻlishi kerak. Mexanizmlar kinematikasi masalalari grafik, analitik va grafoanalitik usullarda yechiladi. Eng oddiy grafik usul ning mohiyati quyidagicha: agar mexanizmdagi AV zvenoning vaziyati va sharnirlari markazlari orasidagi masofa maʼlum boʻlsa (rasmga q.), qolgan barcha zvenolarning vaziyatini sirkul yordamida aniqlash mumkin. Shunday qilib, tekislikda harakatlanadigan mexanizmlar masalasi egri chiziqlarning tekislikda kesishgan nuqtalarini aniqlashdan iborat boʻladi. Analitik usul oldindan maʼlum aniqlikdagi zvenolarning vaziyatini anikutshga imkon beradi. Bunda masala chiziqli boʻlmagan tenglamalar sistemasini yechishga keltiriladi. Mexanizmdagi ayrim nuqtalarning temperaturayektoriyasi, odatda, zvenolarning vaziyatini bilish uchun aniqlanadi; bunda faqat mexanizm ish organlarining harakat turiga bogʻliq boʻlgan temperaturayektoriyalarning grafigi tuziladi yoki tekshiril adi. Grafoanal iti k usul zvenolar va mexanizmlar ayrim nuqtalarining tezliklarini aniqlashda qoʻllaniladi. Biror nuqtaning tezligini aniqlash uchun zvenolarning vaziyatini aniqlashda olingan maʼlumotlardan foydalanib, bu 10 nuqta yoʻlining vaqt boʻyicha oʻzgarish diagrammasi tuziladi, soʻngra differensiallash grafigini qoʻllab, tezlikning vaqt boʻyicha oʻzgarish diagrammasi quriladi. Mexanizm nuqtalarining tezlanishlarini aniqlashda tezlanishlar planidan va analitik usuldan foydalaniladi. Tezlanishlarni aniqlash uchun odatda kinematik diagramma usuli qoʻllanilmaydi, chunki uning anikligi oldindan qurilgan tezlikning vaqt boʻyicha oʻzgarish diagrammasini differensiallash grafigi aniqligiga bogʻliq boʻladi. Mexanizmlarning kinematik sintez masalalari koʻrib oʻtilgan kinematik analiz masalalariga teskari hisoblanadi. Mashina va mexanizmlar nazariyasi — mashina va mexanizmlar uchun umumiy boʻlgan xossalarni urganish va ularni loyihalashning umumiy usullari haqidagi fan. Mexanizmlar nazariyasi va mashinalar nazariyasi deb ataladigan qismlarga boʻlinadi. Mexanizmlar nazariyasi da mashina, asbob yoki apparatning barcha mexanizmlar (yoki mexanizmlar guruhi) uchun umumiy boʻlgan xossalar oʻrganiladi. Mashinalar nazariyasi da — texnikaning turli sohalaridagi mashinalar uchun umumiy boʻlgan usullar oʻrganiladi. Bu ikki qism bir-biri bilan chambarchas bogʻliq, chunki istalgan mashinaning asosini mexanizmlar tashkil qiladi. M. va m. n.ning vazifalarini, asosan, uch boʻlimga ajratish mumkin: mexanizmlar sintezi, mashina va mexanizmlar dinamikasi, avtomatmashinalar nazariyasi. Mexanizmlar sintezi maʼlum harakatning bajarilishini taʼminlaydigan sxemani tanlash va shu sxema parametrlarini topish bilan shugʻullanadi. Avtomatmashinalar nazariyasi da — ayrim mexanizmlarning bir-biriga monand ishlash sxemasini tuzish hamda 11 mashinalarning optimal unumdorligi, anikligi va puxtaligiga erishish usullari ishlab chiqiladi. Mexanizmlar sintezi masalalarini hal qilish tartibini uch bosqichga keltirish mumkin. Birinchi bosqich — sintezning asosiy mezoni va shartlarini tanlash, yaʼni qoʻyiladigan talablarni shakllantirish. Bunda texnologik va konstruktiv masalalar matematik masalalarga aylanadi. Ikkinchi bosqich — sintezning asosiy mezoni qiymatini ifodalovchi funksiyaning analitik ifodasini aniqlash. Asosiy mezon mexanizmning vazifasiga karab tanlanadi. Baʼzi mexanizmlar uchun uning analitik ifodasi juda murakkab. Uchinchi bosqich — cheklash shartlarini hisobga olgan holda asosiy mezonni optimallash shartlaridan foydalanib, mexanizmning doimiy parametrlarini hisoblash. Bunda bir yoki bir necha tenglama va tengeizliklar tizimini yechishga toʻgʻri keladi. Avtomatmashinalar nazariyasida mantiqiy algebrani qoʻllashga asoslangan usullar keng tarkaldi. Bu usullar boshqarish tizimlarining mantiqiy sintezi deb ataladi. Boshqarish tizimlarida elektr elementlar bilan birga pnevmatik elementlar qoʻllaniladi. Robotlarnn loyihalash usullarini ishlab chiqish avtomatmashinalar nazariyasining eng soʻnggi yutuqlaridan biri boʻldi. M. va m. n. nisbiy harakatda boʻladigan inshootlar mexanikasi bilan ham shugʻullanadi. Nazariy mexanika qonunlari mashina va mexanizmlarga bevosita tatbiq etilganligi uchun M. va m. n. qisqacha mashinalar mexanikasi deb ataladi. M. va m. n.da mexanizm kismlari (zve-nolari) mutlaq qattiq jism deb qaraladi. Mashina va mexanizmlar kinematikasini oʻrganishda mexanizm tarkibidagi yetakchi zveno (mas, krivoship) ning aylanishlar soni oʻzgarmas 12 deb qabul qilinadi. M. va m. n.da uzunlik (S) oʻlchov birligi sifatida metr, vaqt (t) oʻlchov birligi sifatida sekund, kuch (Gʻ) oʻlchov birligi sifatida — nyuton qabul qilinadi. Masalan, tezlik (g>) ning oʻlchov birligi: M. va m. n. qattiq va suyuq jismlar mexanikasi krnunlarini, matematika hamda chizma geometriya fanlarini texnikadagi konkret masalalarni hal qilishga tatbiq etadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling