Mavzu: Meyoriy xujjatlarni ishlab chiqish tartibini о‘rganish. Elektron hisobli-chastota o’lchagichni o’rganish


Barcha darajadagi meyoriy hujjatlarni ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va davlat rо‘yxatidan о‘tkazish


Download 52.59 Kb.
bet2/2
Sana01.04.2023
Hajmi52.59 Kb.
#1315576
1   2
Bog'liq
Metrologiya 11

Barcha darajadagi meyoriy hujjatlarni ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va davlat rо‘yxatidan о‘tkazish.

Davlat standartlari O’z DSt 1.1:1992 "О‘z SDT. О‘zbekiston standartlarini ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va davlat rо‘yxatidan о‘tkazish tartibi" ga muvofiq ishlab chiqiladi. Standartlar standartlashtirish bо‘yicha texnik qо‘mitalar (TQ), standartlashtirish bо‘yicha tayanch tashkilotlar (STT), tadbirkorlikning boshqa subyektlari tomonidan ishlab chiqilishi mumkin.


Standartning mazmuniga va texnik-iqtisodiy asoslanganligiga va kо‘rsatkichlar, meyorlar va talablarning fan va texnikaning zamonaviy darajasiga muvofiqligi uchun ishlab chiquvchi tashkilot va standartni tasdiqlagan idora mas’ul bо‘ladi.
Standartni ishlab chiqishda tashkiliy-metodik birlilikka erishish maqsadida, shuningdek ish bosqichlarining bajarilishini tekshirish uchun standart ishlab chiqishning tо‘rt bosqichi о‘rnatilgan:
1-bosqich - standartni ishlab chiqishga texnik topshiriqni ishlab chiqish va tasdiqlash (zarur bо‘lganda amalga oshiriladi);
2-bosqich - standart loyihasini ishlab chiqish (birinchi tahrir) va fikrlarni olish uchun tarqatish;
3-bosqich - fikr-mulohazalarni о‘rganib chiqish, standart loyihasini (oxirgi tahririni) ishlab chiqish, kelishish va uni tasdiqlashga taqdim etish;
4-bosqich - standartni tasdiqlash va davlat rо‘yxatidan о‘tkazish.
Izoh: standartni ishlab chiqish bosqichlarini birga qо‘shib bajarish ruxsat etiladi.

1-bosqich. Texnik topshiriq meyoriy hujjatni ishlab chiqish ishlarini bajarish bosqichlarini о‘rnatish maqsadida buyurtmachi tashkilot bilan kelishilgan holda, ishlab chiquvchi tashkilot tomonidan tuziladi va odatda quyidagilarni о‘z ichiga oladi:

  • standartlashtirish obyekti va qо‘llanish sohasi;

  • standartning bо‘limlari va standartda о‘rnatiladigan asosiy talablar rо‘yxati;

  • standartni ishlab chiqish bosqichlari;

  • standart bilan birga taqdim etiladigan hujjatlar rо‘yxati;

  • standart loyihasini kelishish lozim bо‘lgan boshqaruv idoralari va (yoki) korxonalar rо‘yxati;

  • buyurtmachining boshqa talablari.


2-bosqich. Standart loyihasi manfaatdor tashkilotlarning takliflari asosida va (yoki) tayyorlovchi-korxonalarning tashabbusi bilan ishlab chiqiladi.
Standartning loyihasini bilan bir vaqtda standart loyihasiga tushuntirish yozuvi tuziladi, nusxasi kо‘paytiriladi va fikr olish uchun quyidagi manfaatdor tashkilotlarga tarqatiladi:

  • buyurtmachi-tashkilotga yoki standartning loyihasini kelishish bо‘yicha tayanch tashkilot deb tayinlangan uning tashkilotlaridan biriga;

  • standart loyihasida vakolatlariga qarashli talablar о‘rnatilgan bо‘lsa, davlat nazorati idoralariga, sog‘liqni saqlash vazirligiga, atrof-muhitni muhofazalash qо‘mitasiga;

  • mahsulotning biriktirilgan turlari bо‘yicha standartlashtirish tayanch tashkilotlariga;

  • standartni joriy etuvchi va joriy etilishini ta’minlovchi tashkilotlar va korxonalarga.


3-bosqich. Ishlab chiquvchi-yetakchi tashkilot olingan fikr-mulohazalar asosida fikr-mulohazalar tо‘g‘risida ma’lumot tuzadi.

  • Ishlab chiquvchi-yetakchi tashkilot va hamkor bajaruvchi tashkilotlar fikr-mulohazalar asosida standart loyihasining oxirgi tahririni ishlab chiqadi va tushuntirish yozuviga va asosiy tadbirlar rejasining loyihasiga aniqlik kiritadi.

  • Standart loyihasining aniqlik kiritilgan tahririning alohida moddalari bо‘yicha kelishmovchiliklar bor bо‘lsa, majlis bayonnomasida tashkilotlarning vakillari bu moddalar bо‘yicha alohida fikrga ega, deb kо‘rsatiladi.

  • Standart loyihasining oxirgi tahririni tasdiqlashga taqdim etish oldidan ishlab chiquvchi tashkilot buyurtmachi-tashkilotga (asosiy iste’molchiga) kelishishlik uchun jо‘natadi.

  • Standart loyihasini kelishishlik standart loyihasi keltirilgan kundan boshlab kо‘pi bilan 15 kun muddat ichida amalga oshiriladi.

  • Standart loyihasining oxirga tahririni tasdiqlashga taqdim etishda oldin tayanch tashkilot yoki о‘ziga biriktirilgan mahsulotga oid yoki faoliyat sohasida standartlashtirish bо‘yicha TQ standartni ilmiy-texnikaviy va xuquqiy ekspertizadan о‘tkazadi.


4-bosqich. Ishlab chiquvchi-tashkilot standart loyihasini tasdiqlashga quyidagi hujjatlar bilan birga taqdim etadi:

  • ilova xati;

  • standart loyihasining oxirgi tahririga tushuntirish yozuvi;

  • asosiy tadbirlar rejasining loyihasi;

  • standart loyihasi 4 nusxada (bundan ikkitasi birinchi nusxa bо‘lishi lozim);

  • standart loyihasining kelishishganligini tasdiqlovchi asl hujjatlar;

  • standart loyihasiga fikr-mulohazalar tо‘plami;

  • kelishmovchiliklar tо‘g‘risidagi ma’lumotnoma;

  • elektron versiY.

О‘zstandart Agentligi standartni davlat rо‘yxatidan о‘tkazadi. Standart davlat rо‘yxatidan kо‘pi bilan 5 kun muddatda о‘tkaziladi.

Misol: Tarmoq standarti TSt 45.001:1999



  • hujjat indeksi - TSt;

  • tarmoqni boshqarish idorasining shartli raqamli belgisi;

  • tarmoqni boshqarish idorasi tomonidan О‘zstandart Agentligi bilan kelishilgan holda о‘rnatilgan tartibda beriladigan, nuqta bilan ajratilgan rо‘yxat tartib raqami;

ikki nuqta bilan ajratilgan tasdiqlash yilining tо‘rtta raqami.
Misol: Mahalliy-hududiy standart; MHSt 1703202830-PP1:1999,

  • hujjat indeksi - MHSt;

  • MNBBT (ma’muriy-hududiy bо‘linmalarni belgilash tizimi)ga muvofiq ma’muriy-hududiy birlikning kodi;

  • defis bilan ajratilgan rо‘yxatning tartib raqami, tasdiqlovchi idora tomonidan beriladi;

  • ikki nuqta bilan ajratilgan tasdiqlash yilining tо‘rtta raqami.

  • 17 - О‘zbekiston Respublikasi;

  • 03 - Andijon viloyati;

  • 202 - Oltinkо‘l tumani;

  • 830 - "Maslahat" aholi yashaydigan hudud.

Elektron chastota o’lchagichni o’rganish.


  • Elektromexanik qurilmalar, albatta, ularning dizaynida harakatlanuvchi qismga ega. Ushbu o'lchov vositalarining katta guruhiga elektrodinamik, ferrodinamik, magnetoelektrik, elektromagnit, elektrostatik va induksion qurilmalar kiradi. Masalan, juda keng qo'llaniladigan magnetoelektrik printsip voltmetr, ampermetr, ohmmetr, galvanometr kabi qurilmalar uchun asos bo'lib xizmat qilishi mumkin. Elektr hisoblagichlari, chastota o'lchagichlari va boshqalar induksiya printsipiga asoslanadi.

  • Elektron qurilmalar qo'shimcha birliklarning mavjudligi bilan ajralib turadi: fizik kattaliklarning konvertorlari, kuchaytirgichlar, konvertorlar va boshqalar. Odatda, ushbu turdagi qurilmalarda o'lchangan qiymat voltajga aylanadi va voltmetr ularning konstruktiv asosi bo'lib xizmat qiladi. Elektron o'lchash moslamalari chastota o'lchagichlari, sig'im, qarshilik, indüktans va osiloskoplar uchun o'lchagichlar sifatida ishlatiladi.

  • Termoelektrik qurilmalar o'zlarining dizaynlarida magnetoelektrik tipdagi o'lchash moslamasini va termojuft va issiqlik o'lchagich orqali hosil bo'lgan termal konvertorni birlashtiradilar. Ushbu turdagi asboblar asosan yuqori chastotali oqimlarni o'lchash uchun ishlatiladi.

  • Elektrokimyoviy. Ularning ishlash printsipi elektrodlarda yoki interelektrodlar makonida o'rganilayotgan muhitda sodir bo'ladigan jarayonlarga asoslanadi. Ushbu turdagi asboblar elektr o'tkazuvchanligini, elektr energiyasi miqdorini va ba'zi elektr bo'lmagan miqdorlarni o'lchash uchun ishlatiladi.

Download 52.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling