Mavzu: Mikroiqtisodiy omillar Reja: Kirish Zamonaviy sharoitda mikroiqtisodiy muammolarning nazariy masalalari
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
Download 36.2 Kb.
|
Mikroiqtisodiy omillar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savollar to’plami
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
Vahobov A. va boshqalar: Moliyaviy va boshqaruv tahlili. Darslik. T. Sharq 2005 Malikov T. Xaydarov N. Davlat budjeti. O’quv qo’llanma. “Iqtisod-moliya” 2007. Yo’ldasheva Z. Malikov T. Uy xo’jaligi moliyasi. O’quv qo’llanma. “Iqtisod-moliya” 2008. Savollar to’plami Mоnоpоliyaga nima Monopoliya (yun. mono — tanho, poleo — sotaman) — iqtisodiyotning bir sohasida tanho hukmronlik; bozorni tashkil etish shakli. Bunday bozorlarda yagona sotuvchi oʻz tovari bilan fa-oliyat koʻrsatadi, boshqa tarmoqlarda bunday tovarning oʻrinbosari boʻlmaydi. M. ishlab chiqarish vositalari, ish kuchi va yaratilgan mahsulotlar asosiy qismining ozchilik korxonalar, sohibkor shaxslar yoki davlat qoʻlida toʻplanishi natijasida paydo boʻladi. Raqobatlashuvchi firmadan monopolistning qanday farqi bor? Raqobatlashgan bozorda juda ko`p sotuvchilar va xaridorlar qatnashadi, shu sababli ulardan birortasi ham tovar narxiga ta`sir qilaolmaydi, narxni bozorning o`zi talab va taklifga ko`ra shakllantiradi. Sotuvchilar va xaridorlar bu narxni qabul qiladilar va shu narxga ko`ra qancha mahsulot sotish kerak yoki qancha mahsulot sotib olish kerakligi bo`yicha qaror qabul qiladilar. Sof monopoliya raqobatlashgan bozorning aksi bo`lib, bu yerda bitta sotuvchi va ko`plab xaridorlar qatnashadi. Sof monopolistning raqobatchisi yo`q. Umumun olganda monopolist narxni nazorat qilishidan yutuqqa ega bo`ladi. Monopolistning taklifi raqobatlashgan bozor taklifiga ko`ra kam bo`ladi, tovar narxi esa, raqobatlashgan narxga nisbatan yuqori bo`ladi (monopol narx chekli xarajatdan yuqori). Хеrfindal-Хirshman indеksi nima? Monopol hokimiyatni xarakterlash uchun bozorni markazlashuv darajasi ko`rsatkichidan ham foydalaniladi. Bu ko`rsatkich birinchi bo`lib Xerfindal- Xirshman tomonidan tavsiya etilgani uchun, u Xerfindal-Xirshman indeksi deb yuritiladi. Bu indeks korxonalarning bozordagi ulushlari yig`indisi sifatida qaraladi va qaysi firmaning bozordagi ulushi yuqori bo`lsa, u firma bozorda monopol hokimiyatiga ega bo`lishi mumkin yoki shunday imkoniyat mavjud deb qaraladi. Firmalar bozordagi ulushiga ko`ra tartiblashtiriladi. I=S12 + S22 + S32 + Sn2 , bu yerda: I - Xerfindal-Xirshman indeksi; S12 - bozorda eng katta ulushga ega bo`lgan firma; S22 - undan keyingi kattalikdagi ulushga ega firma va hokazo; Sn2-eng kichik ulushga ega bo`lgan firma. Agar tarmoqda yagona firma bo`lib, uning mahsuloti tarmoq mahsulotini tashkil qilsa, S12 q100% bo`ladi va bunday hol sof monopoliya bo`ladi, ya`ni Xerfindal-Xirshman indeksi I 10000 ga tengdir. Narx diskreminatsiyasi nima? Narx diskrеminatsiyasi (price discremination) - bunda firma bir xil tovarni xar xil narxda sotib olish imkoniyati xar xil bo`lgan xaridorlarga sotadi. Аgаr nоminаl fоiz stаvkаsi 10 fоizni, inflyatsiya dаrаjаsi yiligа 4 fоizni tаshkil etsа, u hоldа rеаl fоiz stаvkаsi nechiga teng bo’ladi? (1+e)×(1+0.04)=1+0.1 e=5% Tabiiy monopoliya, bu …? Tabiiy monopiliya bozorda muayyan tovarlar( ishlar, xizmatlar) turlariga bo'lgan talabni qondirishda raqobatli sharoitlarni yaratish texnologik xususiyatlariga ko'ra mumkin bo'lmaydigan yoki iqtisodiy jihatdan maqbul bo'lmaydigan holat. Tabiiy monopoliyalar faoliyati ularning mamlakat iqtisodiyotida egallagan ahamiyatini hisobga olgan holda davlat tomonidan tartibga solinadi Raqobatlashgan bozordan monopolist bozorning qanday farqi bor? Raqobatlashgan bozorning muvozanat holatda ishlashi iste′molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligini maksimal bo`lishini ta`minlaydi, demak, muvozanat holatda iste′molchilr o`z talabini mavjud ishlab chiqarish xarajatlarida mumkin bo`lgan eng past narxda qondiradi. Raqobatlashgan bozor cheklangan resurslarni optimal taqsimlashga yordam beradi va natijada iste′molchilarning ehtiyojlarini maksimal darajada qondirishga erishiladi. Mukаmmаl rаqоbаtlаshgаn bоzоrlarga misol keltirib, izohlang? Oligapoliya bozorining xususiyatlari nimalardan iborat? Oligopol bozorning asosiy xususiyatlaridan biri bu biror bir firma faoliyatidagi o‘zgarish, albatta boshqa xuddi shunday tovar ishlab chiqarayotgan firmaga ta’sir o‘tkazishidadir. Ikkinchi firma raqobatda sinib qolmaslik uchun birinchi firma o‘zgarishiga javoban albatta biror o‘zgarish qilishi kerak. Bu o‘zgarish narxda, sotuv xajmida, bozordagi ulushida, investision va innovasion faoliyatda, xarajatlarni qisqatirish strategiyasida yoki sotishdan keyingi xizmat ko‘rsatishni yaxshilab borishda namoyon bo‘lishi mumkin. Masalan, bir firma o‘z mahsulotiga talabni rag’batlantirish uchun mahsulotining narxini 10 foizga kamaytirsa, u asosan raqobatlashuvchi firmalar hisobidan o‘z mahsulotini sotish hajmini anchaga oshirishi mumkin. Lekin firmaning bu narx siyosatiga javoban boshqa raqobatlashuvchi firmalar har xil iqtisodiy siyosat olib borishi mumkin. birinchidan, boshqa firmalar e’tibor bermasligi mumkin; ikkinchidan, ular ham narxni 10 foizga tushirishi mumkin, natijada firmalar oladigan foyda miqdori kamayadi, hatto nolga teng bo‘lishi ham mumkin: uchinchidan, boshqa firma bu firmani sindirish maqsadida mahsulotiga bo‘lgan narxni 10 foizdan yuqoriroqga pasaytirishi mumkin, lekin bunday holatni davom etishi narxlar jangiga olib kelishi mumkin. Iste’molchining yakka hokimligiga asoslangan bozor turi nima deb ataladi? monopsoniya Download 36.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling