Tabiiy oqsil tolalari va materiallar qatoriga kazein – jun tolalari va fibrion tolalari-tabiiy ipak asosi kiradi. Kazein tolalarga ko’ra fibrion tolalari biochidamliroq, shuning uchun ipak jun matolarga nisbatan kamroq biozararlanadi. - Tabiiy oqsil tolalari va materiallar qatoriga kazein – jun tolalari va fibrion tolalari-tabiiy ipak asosi kiradi. Kazein tolalarga ko’ra fibrion tolalari biochidamliroq, shuning uchun ipak jun matolarga nisbatan kamroq biozararlanadi.
- Jun matolari uchun mikroorganizmlardan tashqari keratofag xasharotlar, ayniqsa kuya katta xavf tugdiradi.
- Kazein tolalari xosil qiluvchi keratinning mikrobiologik parchalanishi proteolitik fermentlar, asosan tripsin ta’sirida kechadi. Keratin peptid aloqalari bo’yicha aloxida aminokislotalargacha parchalanishi mumkin.
- Sun’iy tola va gazlamalar. Tabiiy sellyuloza va ba’zan oqsil tolalariga kimyoviy ishlov berish orqali ishlab chiqariladi. Sellyuloza asosida tayyorlangan sun’iy tolalarga keng tarqalgan viskoza, asetat va boshqa tolalar kiradi. Oqsil kazein tolalarining ishlatilishi ancha chegaralangan.
- Viskoza tolalari-yogoch va boshqa manbalardan olingan sellyulozaning kimyoviy ishlov berib tayyorlangan gidratsellyulozaning yo’naltirilgan tolalaridir.
- Sintetik tola va gazlamalar. Kimyoviy strukturalari bo’yicha tabiiy tolalar va sellyuloza olingan sun’iy kimyoviy tolalardan keskin farq qiladi va mikroorganizmlar uchun begona substrat bo’lishi tufayli, ular bilan qiyinroq, shiqastlanadi.
- Sintetik toqimachilik maxsulotlari va tolalar dengiz suvidagi mikroorganizmlar ta’siriga chidamli. Ulardan ba’zilari mustaxkamligini 3-4 yilgacha saqlaydi, shuning uchun ulardan baliqchilar turlari va arqonlar tayyorlanadi. Mineral tolalar yuqori biochidamlikka ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |