Mavzu: mikroorganizmlar genetikasi rejasi: Mikroorganizmlar genetikasi haqidagi


Download 148.86 Kb.
bet3/6
Sana10.11.2023
Hajmi148.86 Kb.
#1761282
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MIKROORGANIZMLAR GENETIKASI

Genotipik o‘zgaruvchanlik. Hujayraning irsiy axboroti ona hujayradan qiz hujayraga o‘tadigan xromosoma bilan genlarda joylashgan. Genlar xromosomalarda joylashgan. Jinssiz bo‘linishda mitoz protsessida genlar ikkita hujayra o‘rtasida teng taqsimlanadi. Qiz hujayralar dastlabki (o‘zidan oldingi) hujayraning to‘liq genlar to‘plamini (naborini) oladi va bir xil bo‘ladi.
Genotipik o‘zgaruvchanlik mutatsiyalar va genotip rekombinatsiyalari (kon’yugatsiya, transformatsiya, transduksiya) natijasida vujudga kelishi mumkin.
Mutatsiyalar. Turli faktorlar ta’sirida DNK molekulasining o‘zgarishi undagi axborotning ham o‘zgarishiga olib keladi. Shunday o‘zgarishlar natijasida mutatsiyalar paydo bo‘ladi. Mutatsiyalar spontan va induksiyalangan bo‘lishi mumkin. Spontan mutatsiyalarda kelib chiqish sabablarini aniqlab bo‘lmaydi, induksiyalangan mutatsiyalarda esa ma’lum
bo‘ladi. Mutatsiyalarni keltirib chiqaradigan sabablardan (kolxitsin, etilamin, iprit, qoramoy, mineral moylar) jinsiy gormonlar, o‘sishni tezlashtiruvchi moddalar va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin.
Bularning ta’siri natijasida nukleotidlar tasodifan qayta guruhlanadi va yangi xossaga ega bo‘lgan mutant vujudga keladi. Agar vujudga kelgan mutatsiya organizm uchun foydali bo‘lsa, mutantlar ko‘payib ketadi va aksincha vujudga kelgan o‘zgarish foydali bo‘lmasa, mutantlar nobud bo‘ladi.
Mikroorganizmlarda mutatsiyalar kam uchraydi, million sonli hujayraga bitta to‘g‘ri keladi. Masalan, antibiotiklarga chidamlilik, triptofan aminokislota sintezlash xususiyati, faglarga chidamlilik, koloniyalari shaklining o‘zgarishi, pigment hosil qilishning o‘zgarishi yoki kapsulali formalar kapsulasiz bo‘lib qolishi, xivchinlar hosil qilishning o‘zgarishi va boshqalar xosdir. Masalan, navvoychilikda ishlatiladigan achitqilarning yangi shtammlari olinishi yoki ko‘p miqdorda antibiotiklar sintezlovchi shtammlar olinishi, yoki B12 vitamin, moylar va lipidlarni sintezlovchi shtammlar olinishi, sut kislota hosil qiluvchi shtammlar olinishi yoki dizenteriya, paratif va tifga qarshi bo‘lgan aktiv profilaktik formalar olinishi va boshqalar mutatsiyalarga misoldir.

Download 148.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling