Mavzu: mikroorganizmlar genetikasi rejasi: Mikroorganizmlar genetikasi haqidagi


Download 148.86 Kb.
bet1/6
Sana10.11.2023
Hajmi148.86 Kb.
#1761282
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MIKROORGANIZMLAR GENETIKASI


MAVZU: MIKROORGANIZMLAR GENETIKASI
REJASI:

  1. Mikroorganizmlar genetikasi haqidagi umumiy tushunchalar

  2. Mikroorganizmlar genetipi va fenotipi, irsiy o’zgaruvchanlik

  3. Bakteriyalardagi transformatsiya va transduksiya

Mikroorganizmlarda ham, xuddi boshqa tirik jonivorlardagi kabi, muayyan turga xos belgilar nasldan-naslga o‘tadi. Lekin tashqi muhit ta’siri ostida bir turdagi morfologik, fiziologik xossalar o‘zgarishi mumkin. Masalan, Lui Paster kuydirgi qo‘zg‘atuvchisida sun’iy yo‘l bilan qaytmas o‘zgarishlar hosil qildi va shu kasalliklardan saqlaydigan vaksinalar ishlab chiqdi. N.F.Gamaleya oziq muhitiga litiy xlorid qo‘shilganida vabo vibrionining morfologiyasi o‘zgarishini kuzatdi. Bu misollar yashash sharoitiga qarab mikroorganizmlar o‘z xossalarini o‘zgartira olishini ko‘rsatadi.


Irsiyat bilan o‘zgaruvchanlik bir-biri bilan chambarchas bog‘liq ikki protsess bo‘lib, tiriklikning asosini tashkil etadi. Hozirgi vaqtda mikroorganizmlarning irsiy xususiyatlari va o‘zgaruvchanligi boshqa organizmlarnikiga qaraganda yaxshi o‘rganilgan.
1925 yilda G.A.Nadson va G.S.Filippov achitqi zamburug‘lariga rentgen nurlarini ta’sir ettirib, yangi mutatsiyalar(mutantlar) olishga muvaffaq bo‘lganlar. Ulardan keyin 1928—1932 yillarda M.N.Meysel achitqilarga xloroform va kuchsiz sian tuzlari ta’sir ettirib, yangi mutatsiyalar (mutantlar) olgan. Mikroorganizmlarda genetika qonuniyatlarini o‘rganish muhim ahamiyatga ega, chunki bakteriyalarning tez bo‘linishi va naslining nihoyatda ko‘p, mayda bo‘lishi va kam joyni egallashi ularni nihoyatda

qulay ob’ekt qilib qo‘yadi. Masalan, ichak tayoqchasi ko‘payar ekan, har 15 minutda bo‘linib turadi, bitta hujayra naslining soni 12-24 soatdan keyin 1 mm3da 24 milliardga yetadi.
Mikroorganizmlarda fenotipik (nasldan-naslga o‘tmaydigan) va genotipik (nasldan-naslga o‘tadigan) o‘zgaruvchanlik farq qilinadi. Bular hujayraning ikki asosiy xususiyati: genotipi bilan fenotipiga bog‘liqdir.

Download 148.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling