Mavzu: mikroorganizmlar genetikasi rejasi: Mikroorganizmlar genetikasi haqidagi


Download 148.86 Kb.
bet5/6
Sana10.11.2023
Hajmi148.86 Kb.
#1761282
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MIKROORGANIZMLAR GENETIKASI

Transduksiya. Donor bakteriya xususiyatining bakteriofag orqali resipient bakteriyaga o‘tishi transduksiyadeb ataladi(44-rasm). Masalan, bakteriofaglar orqali xivchinlar, fermentlar sistemasi, antibiotiklarga chidamlilik, virulentlik, kapsula hosil qilish va boshqa xususiyatlar o‘tishi mumkin. Transduksiya spesifik va nospesifik xilga bo‘linadi.
Nospesifik transduksiyada istalgan xususiyat yoki bir necha xususiyat o‘tishi mumkin, buning takrorlanish tezligi 10-4-10-7 (fagningbir qismiga nisbatan). Spesifik transduksiyada faqat ultrabinafsha nurlar ta’sir etilgan fag qatnashadi, bunda bir-biriga yaqin bo‘lgan xususiyatlar o‘tadi.
Transduksiya transformatsiyaga o‘xshash, lekin dezoksiribo- nukleaza fermentini ta’sir ettirib, transformatsiyani to‘xtatish mumkin bo‘lsa,
transduksiyaga bu ferment ta’sir ettirilsa ham u to‘xtamay davom etadi, chunki ferment fag orqali o‘tadigan xususiyatga ta’sir eta olmas ekan.
Bakteriyalardagi transformatsiya va transduksiyaXIX asrning oxirlariga kelib, mikrobiologlar bakteriyalarda kon’yugatsiya hodisasi uchrashini kuzata boshlaganlar va boshqa organizmlardagi kon’yugatsiyadan ajratish uchun «konyuksiya» deb nomlaganlar. Kon’yugatsiyaning genetik analizini 1947 yilda Lederberg va Tatum aniqlaganlar. Ular bu hodisani elektron mikroskopda kuzatganlar. Kon’yugatsiyalanadigan hujayralarning biri uzunchoq, ikkinchisi ovalsimon ekanligi aniqlangan. Uzunchoqhujayra erkak tip bo‘lib, F+ (donor) deb belgilanadi, ovalsimon hujayra urg‘ochi tip bo‘lib, G‘- (resipient). Kon’yugatsiya vaqtida bular bir-biriga yaqinlashadi va orasida ko‘prikcha hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan ko‘prikcha orqali donor hujayrasidan genetik faktorlar resipient hujayrasiga ma’lum bir tartibda (pililar yordamida)o‘tadi(3-rasmga qaralsin).
K.V.Kosikov (1957) ta’kidlashicha, agar achitqilar, spesifik xususiyatga ega bo‘lgan substratlarda o‘stirilsa, ma’lum bir formalar paydo bo‘ladiki, ular shakarni bijg‘itish xususiyatiga ega bo‘lib qoladi (avval ular shakarni bijg‘ita olmas edi). Masalan, Saccharomyces globasus ana shunday yangi formalardandir. U saxarozani bijg‘itish xususiyatiga ega, Sacch.parodopus formasi esa maltozani bijg‘itadi. Bu xususiyatlar faqat vegetativ yo‘l bilan emas, balki jinsiy yo‘l bilan ko‘payishda ham nasldan- naslga o‘tishi mumkin. Masalan, jinsiy yo‘l bilan ko‘payishda quyidagi formalar kelib chiqqan sporalarning yarmi shakarlarni bijg‘itsa, yarmi bijg‘ita olmagan. Bunda Sacch. globasus da yangi xususiyat paydo bo‘lgan, ya’ni shakarlarni bijg‘ituvchi invertaza fermenti hosil bo‘lgan.
Mikroorganizmlar genetikasini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Chunki antibiotiklar olishda yuqori aktivlikka ega bo‘lgan yangi-yangi shtammlar zarur. Bundan tashqari, vitaminlar, gormonal preparatlar,
fermentlar, aminokislotalardan lizin va glyutamin olishda va boshqa moddalar olishda muhim ahamiyatga ega.
Bakteriyalar, turushlar va aktinomitsetlarga radioaktiv nurlar va ximiyaviy mutagenlar bilan ta’sir etib, ularning hujayralaridagi DNK ning strukturasini o‘zgartish va inson uchun foydali bo‘lgan moddalar sintezlash tomoniga yo‘naltirish mumkin. Hozir bakteriyalarning fiziologik xususiyatini yaxshi bilgan holda ularni o‘zgartira olish va bu usul bilan bakteriyalardan qishloq xo‘jaligida, meditsinada, texnologik protsesslarda keng miqyosda foydalanish mikrobiologlar oldida turgan muhim masaladir.

Download 148.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling