Mavzu: mikroorganizmlar genetikasi rejasi: Mikroorganizmlar genetikasi haqidagi


Bakteriyalardagi transformatsiya va transduksiya


Download 148.86 Kb.
bet4/6
Sana10.11.2023
Hajmi148.86 Kb.
#1761282
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MIKROORGANIZMLAR GENETIKASI

Bakteriyalardagi transformatsiya va transduksiya (44-rasm). Irsiy xususiyatning donor xromosomasidan resipient xromosomasiga o‘tishi transformatsiya deyiladi. Transformatsiya DNK ning kichik bir uchastkasi - rekon orqali o‘tadi. Rekonda bir juft nukleotidlar bo‘lib, rekombinatsiya vaqtida boshqa elementlar bilan almashinishi mumkin.
1928 yili F.Griffits shunday tajriba o‘tkazgan: sichqonlarga oz miqdorda patogenlik xususiyatiga ega bo‘lmagan kapsulasiz II tip pnevmokokklar yuqtirgan. Shu kulturaga patogenlik xususiyatiga ega bo‘lgan, kapsulali III tip pnevmokokklar kulturasidan (bu kultura oldinroq
issiqlik ta’siri bilan o‘ldirilgan) qo‘shgan. Natijada II tipdagi pnevmokokklar patogenlik xususiyatiga ega bo‘lganligi va kapsula bilan o‘ralganligi ma’lum bo‘lgan. Demak, III tip pnevmokokklarga xos xususiyatlar II tip pnevmokokklarga transformatsiya orqali o‘tgan. Yoki oq rangli koloniya hosil qiluvchi mikobakteriyalar sariq rangli koloniya hosil qiluvchi saprofit mikobakteriyalarning DNK ta’sirida sariq koloniyalar hosil qilish xususiyatiga ega bo‘lishi aniqlangan.


44-rasm.
Bakteriofagning bakteriya hujayrasiga adsorbsiyalanishi va ko‘payishi

1944 yili O.Everi va K.Mak Leoid, M.Mak Karti xususiyatlar DNK orqali o‘tishini aniqlaganlar. Keyinchalik DNK boshqa xususiyatlarga ham ta’sir etishi ma’lum bo‘ladi. Masalan, pichan batsillasini, meningokokklarni, pnevmokokklarni, streptokokklarni va boshqalarni transformatsiya agent - DNK orqali o‘zgartirish mumkin. DNKning transformatsion aktivligi nihoyatda yuqori, odatda, 10-15 minutdan so‘ng o‘zgarish ro‘y beradi va 2soatdan so‘ng tugaydi.


Transformatsiya hodisasi doim uchramaydi, balki ma’lum fiziologik holatda (ya’ni hujayra tayyor bo‘lgan muddatda) ro‘y beradi. Yuqori temperatura, ultrabinafsha nurlar; kimyoviy mutagenlar ta’sirida DNK ning transformatsion xususiyati pasayadi. Masalan, transformatsion DNK ga
HNO3 ta’sir ettirilsa, u aktivligini yo‘qotadi yoki temperatura 80-100°S ko‘tarilsa ham aktivligi pasayadi. Eng qulay temperatura 29-32°Sdir. Demak, transformatsiyaning aktivligiga muhitning tarkibi, temperatura, resipientning fiziologik holati va transformatsion DNK ning polimerligi (qo‘sh spiralligi) ta’sir etadi. Transformatsiyaning takrorlanish muddati 0,47- 0,0004% ga teng bo‘ladi.
Masalan, donor sifatida olingan pnevmokokklar shtammida streptomitsinga sezgir bo‘lmagan, mannitni parchalash xususiyati bor bo‘lsin, resipientda bunday xususiyat yo‘q. Bulardan shunday oraliq formalarni olish mumkinki, ularda yuqoridagi ikkala xususiyat uchrashi mumkin, transformatsiyada bir xususiyat ikkinchi xususiyat bilan almashinadi. Masalan, antibiotiklarga nihoyatda sezgir yoki sezgir bo‘lmagan shtammlarni olish mumkin.
Bu hodisa hayvonlar va o‘simliklarda bir xil sodir bo‘ladi. Transformatsiyaning hosil bo‘lishi ikki davrdan: DNK ning mikrob hujayrasiga adsorbsiyalanishi va hujayraga o‘tishidan iborat.

Download 148.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling