Mavzu: Millatlararo munosabatlarda sotsiomadaniy muammolar. Reja


Download 1.95 Mb.
bet4/5
Sana21.01.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1107183
1   2   3   4   5
Bog'liq
D.Abduxoliqova 5-mavzu kasbiy ma\'naviyat

Tolerantlik so‘zi lotincha (tolerantia) so‘zidan olingan bo‘lib, sabrtoqat ma’nosini bildiradi. Bag‘rikenglikning ma’no va mohivati turii xalqlarda bir-biriga o' xshash tarzda talqin etiladi. Masalan, ispan tilida - o‘z g‘oyalaridan farqlanuvchi fikrni tan olish usuli; fransuzchada - o‘zgalar sendan ko‘ra boshqacharoq o'ylashlari yoki harakat qili.shlari mumkinligiga yo‘l qo‘yish; inglizchada -- sabr-toqatli, iltifotli bo‘lish; xitoychada - boshqalarga nisbatan kechimvchan, muruvvatli, oliyjanob bo‘lish; arabchada - kechirimli, marhamatli, yumshoq, muruvvatli, rahmli, oliyjanob, sabrli bo‘lish; ruschada - nimagadir yoki kimgadir nisbatan sabrli bo'iish, og‘ir-vazmin, chidamli bo‘lish; nimagadir yoki kimgadir toqat qilish, o‘zgalaming fikri bilan hisoblashish, iltifotli bo‘lish; o‘zbekchada - boshqalarga nisbatan bag‘ri ochiqlik, o‘zgalarning turmush tarziga, fe’l-atvoriga, urf-odatlariga, his-tuyg‘ulari, fikrmuzohazalari, g‘oyalari va e’tiqodlariga muruvvatli bo‘lish va h.k. ma’nolami bildiradi.
Bag‘rikenglik - bizning dunyomizdagi turii boy madaniyatlami. o‘zini ifodalashning va insonning alohidaligini namoyon qilishning xilma-xil usullarini hurmat qilish, qabui qilish va to‘g 'n tushunishni anglatadi. Uni bilim, samimiyat, ochiq muloqot hamda hur fikr, vijdon va e’tiqod vujudga keltiradi. Bag‘rikenglik - turli-tumanlikdagi birlikdir. Bu faqat ma’naviy burchgina emas, balki, siyosiy va huquqiy ehtiyoj hamdir. Bag'rikenglik — tinehlikka erishishni musharraf qilg‘uvchi va urush madaniyatsizligidan tinchlik madaniyatiga eituvchidir. Bag'rikenglik -yon berish, andisha yoki xushomad emas. Bag'rikenglik - eng avvalo insonning universal huquqlari va asosiy erkinliklarini tan olish asosida shakllangan faol munosabatdir. Har qanday vaziyatda ham bag‘rikenglik ana shu asosiy qadriyatiarga tajovuzlarning bahonasi bo‘lib xizmat qilmaydi. Bag'rikenglikni alohida shaxslar, guruhlar va davlatlar namoyon qiiishi lozim.
Muomala odobi _ bu inson ko'rki bo'lib, insonga bo'lgan samimiy mehr-muruvvat mezonidir. Bu mezonga izchil amal qilish odamlarni bir-biriga yaqinlashtiradi, o'zaro ishonchni mustahkamlaydi. Odamlar o'rtasidagi munosabatni belgilaydigan muomala in son yuragini ko'zguda aks etgandek namoyon etadi. Kishining so'zidan, muomalasidan uning qanday odam ekanligini bilib olish qiyin emas. Inson kamolotida, hayot rivojida, ish yuritishda, odamlar sihat-salomatligini muhofaza qilishda muomala asosiy omildir. Muomala jarayoni ikki taraflama xarakterga ega: u o‘z mohiyatiga ko‘ra axborot yoki m a’lumotlarni shunchaki uzatish va qabul qilishga qaraganda keng qamrovli bo‘lib, ikki yoki undan ortiq insonlarning o‘zaro ta’sirining murakkab tizimi hisoblanadi. Shunga ko‘ra muomala aktiv bir insonning boshqa inson(lar) bilan muomalaga kirishib, unda o ‘zinikiga o‘xshash xususiyatlarni topa olishi, ularga munosib javob qaytarishi, ular bilan o ‘zaro m uloqotda optim al darajaga erishsagina o‘zining muomala jarayonidagi munosib o ‘miga ega bo‘- ladi. Bunday holatda muomala, eng avvalo, subyekt-subyektga munosabati tarzida ko‘zga tashlanadi.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling