Mavzu: Millatlararo munosabatlarda sotsiomadaniy muammolar. Reja


Mamlakatimizda statistik ma’lumotlarga ko’ra


Download 1.95 Mb.
bet3/5
Sana21.01.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1107183
1   2   3   4   5
Bog'liq
D.Abduxoliqova 5-mavzu kasbiy ma\'naviyat

Mamlakatimizda statistik ma’lumotlarga ko’ra,
136 millat, elat, xalq va etnik guruhlarning vakillari yashaydi.
• 136 ta milliy-madaniy markaz faoliyatko’rsatmoqda.
• O’zbekistonda barcha millat vakillariga teng huquqli munosabat davlat qonuni bilan
mustahkamlangan. Konstitutsiya, 18 modda.
• maktablarimizda 7 ta milliy tilda o’qitishishlari,
• 20 tilda ommaviy axborot nashrlari faoliyatko’rsatayotganligida ko’rinmoqda.
«Din» arabcha so’z bo’lib, o’zbek tilida «ishonch», «ishonmoq» degan ma’nolarni anglatadi. Dinning mazmun va mohiyatini ilohiydiniy va ilmiy nuqtai nazardan tushunish mavjud. Din ham boshqa ta’limot, qarash, nazariyalar singari tabiat, jamiyat, insonning mohiyatini, mavjudligi va yashashi kabi muammolarga ilohiyotdan kelib chiqqan holda javob berib kelgan. Din inson e’tiqodi, ruhiy-ma’naviy dunyosi, his-tuyg’ulari, axloqiy va estetik tasavvurlari bilan bog’liq murakkab dunyoqarashdir.
Dinning vazifalari uning alohida shaxs va jamiyatga ta’siri, ular o‘rtasidagi munosabatlarda o‘z aksini topadi. Bunda har bir din unga e’tiqod qiluvchi muayyan bir shaxs u yoki bu jamoaga va umuman jamiyatga nima berishi, insonlar hayotiga qanday ta’sir ko‘rsatishi kabi masalalar o‘rganiladi.
Dinlararo bag’rikenglik g’oyasi - xilma-xil diniy e’tiqodga ega bo’lgan kishilarning bir zamin, bir Vatanda, oliyjanob g’oya va niyatlar yo’lida hamkor va hamjihat bo’lib yashashini anglatadi. Dunyodagi dinlarning barchasi ezgulik g’oyalarigaasoslanadi, yaxshilik, tinchlik, do’stlik kabi fazilatlarga tayanadi. Odamlarni halollik va poklik, mehr-shafqat va bag’rikenglikka da’vat etadi. Hozirgi zaminda bu g’oya ezgulik yo’lida nafaqat dindorlar, balki butun jamiyat a’zolarining hamkorligini nazarda tutadi, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashning muhim sharti hisoblanadi. Masalan, azal-azaldan diyorimizda islom, asroniylik, iudaizm kabi dinlar yonma-yon yashab kelgan. Asrlar davomida yirik shaharlarimizda masjid, cherkov, xonaqohlarning mavjud bo’lishi, turli millat va dinga mansub qavmlarning o’z diniy amallarini erkin ado etib kelayotgani buning tasdig’idir.
Hozirgi kunda O’zbekistondagi turli konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar faoliyatlarini o’zaro teng huquqlilik, hamdo’stlik va hamkorlik asosida
amalga oshirmoqda. Diniy bag’rikenglik turli
dinlarning, turli dinlarga mansub kishilarning
hamdo’stlik munosabatlarinigina nazarda
tutmaydi, balki e’tiqodidan qat’iy nazar barcha kishilarning tengligi, umumiy ezgu maqsad yo’lida hamkorlikni ham qamrab oladi. Diniy qarashga ko’ra ham, madaniy, jumladan, ilmiy qarashga ko’ra ham inson eng oliy mavjudotdir.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling