Sharq va garb falsafasida inson masalasi reja
Download 48 Kb.
|
falsafa
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Inson falsafiy muammo sifatida.
- Falsafa tarixida inson: «aqlli mavjudot »;«siyosiy hayvon »; «tabiat gultoji »; «hayotning boshi berk kochasi »; «hayotning soxta qadami
- 2. Garb falsafasi
- 3.Inson — falsafaning bosh mavzusi
- Adabiyotlar
- Internet saytlari
SHARQ VA GARB FALSAFASIDA INSON MASALASI Reja: Annotatsiya: Mazkur maqolada sharq va garb falsafasida inson masalasi, falsafiy tadqiqotning eng muhim mavzularidan biri hisoblanadi. Bu mavzu, insonning jamiyatda o'z o'rnini va maqsadini aniqlashga qaratilgan sohalardan biridir. Sharq va garb falsafasi, insoniyatning mohiyatini, insonning tabiatni boshqa maxsus mahlallarda tushunishiga yordam beradi. 1.Inson falsafiy muammo sifatida. 2. Garb falsafasi 3. Inson falsafaning bosh mavzusi 1. Inson falsafiy muammo sifatida. Falsafa tarixida insonga murojaat etmagan, inson moddiy va ma'naviy borlig‘ining turli tomonlarini bevosita yoki bilvosita tahlil qilmagan faylasuf yoki falsafiy yo‘nalishni topish deyarli mumkin emas.Aksariyat falsafiy va diniy tizimlar katta olam yoki makrokosmga zid o‘laroq, insonga mikrokosm yoki kichik Koinot sifatida qarab, uni butun olamni tushunish kaliti deb hisoblaganlar. Faylasuflar inson sirining tagiga yetish borliq jumbogining tagiga yetish bilan barobar ekanligini qayta-qayta anglab yetganlar. Zero Forobiy aytganidek -Odamlar ozlarining xos xususiyatlariga va tabiiy ehtiyojlariga kora jamiyat tuzadilar. Ularning harakat va fe'llarini dastavval bora-bora odatlarga aylanadigan tabiiy qobiliyatlar belgilaydi. Oz-ozingni angla va shu orqali dunyoni anglaysan. Dunyoni insonning teran qatlamlariga kirmasdan sirtdan bilishga bolgan barcha urinishlar narsalar haqida faqat yuzaki tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Insondan sirtga qarab harakat qiladigan bolsak, narsalar mohiyatini hyech anglay olmaymiz, zero bu mohiyat insonning ozida mujassamlashgan. Demak, inson ozini dunyodan oldinroq va koproq biladi, ayni shu sababli u dunyoni ozidan keyin va ozi orqali anglab yetadi. Falsafa dunyoni inson orqali ichdan bilishdir, fan esa insondan tashqaridagi dunyoni yuzaki bilish demakdir. Insonda mutlaq borliq, insondan tashqarida esa nisbiy borliq namoyon boladi. Darhaqiqat, antik davrdan boshlab insonga bolgan qiziqish dam kuchayib, dam ma'lum vaqt pasayib turgan, lekin hyech qachon y 10oqolmagan. «Inson nima?», degan savol bugungi kunda ham avvalgidek jahon falsafasidagi ota muhim masalalardan biri bolib qolmoqda, insoniyatning eng otkir aql-zakovat sohiblari e'tiboridan tushmay va ayni vaqtda ozining uzil-kesil, umumiy e'tirof etilgan yechimini topmay kelmoqda. Inson har safar mutafakkirlar diqqat markazidan orin olar ekan, uning mohiyatini yangi tarixiy sharoitda va yangicha nuqtai nazardan anglab yetishga harakat qilib, uni qayta va qayta yangidan kashf etganlar. Pirovardida, falsafa fanida insondan murakkabroq va ziddiyatliroq predmet yoq, desak, hech mubolaga bolmaydi. Falsafaning ikki yarim ming yillik tarixi mobaynida insonga juda kop ta'riflar va tavsiflar berildi, u kop sonli sinonimlar orttirdiki, falsafiy tahlilning boshqa biron-bir ob'ektida bunday holga duch kelish mushkul.Falsafa tarixida inson: «aqlli mavjudot»;«siyosiy hayvon»; «tabiat gultoji»; «hayotning boshi berk kochasi»; «hayotning soxta qadami»; «mehnat qurollari yasovchi hayvon»; «ozlikni anglash qobiliyatiga ega mavjudot»; «ma'naviy va erkin mavjudot» va hokazolar sifatida talqin qilingan. 2. Garb falsafasi Sharq falsafasi atamasi bilan Osiyo qitʼasida paydo boʻlgan falsafiy oqimlar, qarashlar majmuasi nomlanadi. Sharq falsafasiga hind, xitoy, fors, yapon, koreys hamda Oʻrta Osiyo falsafasi kiradi. Bu roʻyxatga baʼzan Bobil va Arab falsafasi ham kiritiladi, biroq bular gʻarb falsafasiga ham taalluqlidirlar. Koʻpgina jamiyatlar falsafiy muammolarni koʻrib chiqishdi va boshqa jamiyatlar ishlari asosida oʻz falsafiy anʼanalarini qurishdi. Masalan, Yaqin Sharq falsafasi Gʻarb falsafasi taʼsiri ostida boʻldi. Rus (baʼzilar buni Gʻarb falsafasiga taalluqli, deb koʻrishadi), Yahudiy, Islomiy, Afrika va baʼzi Lotin Amerikasi falsafiy anʼanalari Gʻarb falsafasidan taʼsirlanishdi; biroq, oʻzlarining aslliklarini ham yoʻqotishmadi.Bu anʼanalar orasidagi farqlar xush koʻrilgan tarixiy faylasuflar, gʻoyalar, uslublar yoki tillar bilan aniqlanadi. Ularni bir-biriga tegishli metodlar bilan oʻrgansa boʻladi va ular orasida sezilarli umumiyliklar bor. Ilk falsafiy taʼlimotlar qad. Hindiston, Xitoy, Markaziy Osiyo va Yunonistonda paydo boʻlgan, keyin Gʻarb mamlakatlariga yoyilgan. Qad. Hindistondagi falsafiy maktablar 2 turga bulinib, biri vedalaraxm kelib chiqqan va ularga suyanuvchi maktablar (vedanta, yoga, vaysheshika, nyaya, sankxya), ikkinchisi vedalarni rad etuvchi maktablar (jaynizm, buddizm, lokoyata) x, isoblanadi. Qad. Xitoydagi dastlabki falsafiy taʼlimotlar miloddan avvalgi 7-asrda vujudga kelgan. U Qad. Xitoy yozma manbalarida uchrab, bu manbalarga „Qoʻshiqlar kitobi“, „Bahor va kuz“ kabi qad. yodgorliklar va Konfutsiynnng „Aforizm“larini, daosizmni kiritish mumkin. Markaziy Osiyodagi falsafiy qarashlar qad. turkiy yozuvlar, tangriga eʼtiqod qilish tamoyillarida va zardushtiylikning muqaddas kitobi Avestodya oʻz ifodasini topgan. Bundan tashqari, Sharq xalklarining tabiatning asosiy unsurlari yer, suv, havo va olovni eʼzozlash haqidagi naturfalsafiy qarashlari va gʻoyalari Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlariga keng yoyilib Qad. Misr, Bobil, Lidiya mamlakatlari xalklarining tafakkur tarziga singib ketgan. Yunonistonning ilk falsafiy maktabi — Milet maktabi ham oʻz gʻoyalarini Sharkdan olganligi tadqiqotchilarga maʼlum. Miloddan avvalgi 2—1-asrlarda Marv, Balx, Termiz, Sigʻnoq, Samarkand, Buxoro zaminini oʻziga qamrab olgan hududda kushonlar saltanati qaror topib, unda budda dini xukm suradi, uning falsafasi bu joyda yashovchi xalqning tafakkur tarziga oʻz taʼsirini oʻtkazadi. Ammo Avesto gʻoyalari xalq ongidan butunlay chiqib ketmaydi. Milodiy 3-asrga kelib tenglik gʻoyalarini ilgari suruvchi moniylik taʼlimoti paydo boʻldi. Bu taʼlimot mazdakiylar harakatinnnt maʼnaviy tayanchi boʻlgan. Falsafa Xitoy tamadduniga, umuman Sharqiy Osiyoga sezilarli taʼsir koʻrsatdi. Koʻpgina buyuk falsafiy maktablar Bahor va Kuz Davri hamda Davlatlar Urushi Davrida paydo boʻlib, Fikrning Yuz Maktabi nomi ostida tanildi. Ulardan eng ahamiyatlilari orasida Konfutsianizm, Taoizm, Mohizm va Legalizmlarni koʻrsatsa boʻladi. 3.Inson — falsafaning bosh mavzusi Insonning yaralishi, mohiyati va jamiyatda tutgan o’rni falsafiy muammolar tizimida muhim o’rin tutadi. Turli falsafiy ta`limotlarda bu masalalar turlicha talqin etib kelingan. Shunday bo’lishi tabiiy ham edi, chunki inson mohiyatan ijtimoiy-tarixiy va madaniy mavjudot sifatida har bir yangi tarixiy sharoitda o’zligini chuqurroq anglashga, insoniy mohiyatini ro’yobga chiqarishga intilaveradi. Suqrotning «O’zligingni bil» degan hikmatli so’zi har bir tarixiy davrda yangicha ahamiyat kasb etadi. Insonda butun olam va jamiyatning mohiyati mujassamlashgandir. Ulug` mutasavvuf Abdulholiq g`ijduvoniy insonni «kichik olam» deb hisoblagan. Falsafada bahs yuritiladigan barcha masalalar inson muammosiga bevosita dahldordir. Umuman olganda, insonga dahldor bo’lmasa, unga foyda keltirmasa, jamiyatning og`irini engil qilmasa, unday fanning keragi bormikan? Shu ma`noda, inson, avvallo, o’zi uchun zarur bo’lgan fanlarni, ilmlar va bilimlar tizimini yaratgan. Tabiat, madaniyat, siyosat, sivilizasiya, bilish kabi masalalar inson manfaatlari va insoniy mohiyatning namoyon bo’lish shakllaridir. Ularning barchasi inson tabiati va mohiyati bilan bog’liqdir. Falsafa insonni olamning tarkibiy qismi sifatida o’rganadi. Inson shunday murakkab va ko’p qirrali mavjudotki, uning mohiyati yahlit bir butunlik sifatida inson, shahs, individ, individuallik tushunchalari orqali ifodalanadi. Bu tushunchalar bir-biriga yaqin va ma`nodosh bo’lsa ham, bir-biridan farqlanadi. Inson — o’zida biologik, ijtimoiy va psihik hususiyatlarni mujassamlashtirgan ongli mavjudot. Insonning biologik hususiyatlariga ovqatlanish, himoyalanish, zurriyot qoldirish, sharoitga moslashish kabilar hos. Inson boshqa mavjudotlardan sosial hususiyatlari bilan ajralib turadi. Chunonchi, til, muomala, ramziy belgilar, bilim, ong, mahsulot ishlab chiqarish, taqsimlash, iste`mol qilish, boshqarish, o’z-o’zini idora etish, badiiy ijod, ahloq, nutq, tafakkur, qadriyatlar, tabu (ruhsat va ta`qiqlash) shular jumlasidandir. Insonning psihik hususiyatlariga ruhiy kechinmalar, hayratlanish, g’am-tashvish, qayg’u, iztirob chekish, zavqlanish, kayfiyat kabilar kiradi. Inson shu hususiyatlari orqali yahlit bir tizimni tashkil etadi. U yahlit mavjudot sifatida o’z ehtiyojlarini qondiradi va insoniyat davomiyligini ta`minlaydi. Insonga hos bo’lgan biologik hususiyatlarni ijtimoiy hususiyatlardan ustun qo’yish yoki psihologik hususiyatlarni bo’rttirish uning mohiyatini buzib talqin etishga, bir yoqlamalikka olib keladi. Falsafa tarixida inson tug’risidagi ta`limotlarda biologizm, sosiologizm, psihologizm kabi yo’nalishlar vujudga kelgan. Biologizm insonning tabiiy-biologik hususiyatlariga, sosiologizm insonning ijtimoiy hususiyatlariga, psihologizm esa, ma`naviy, ruhiy, psihologik hususiyatlariga bir yoqlama yondashishga asoslangan edi. Inson mohiyatini falsafiy jihatdan chuqurroq tahlil qilishda shahs, individ, individuallik tushunchalarining mohiyatini bilish va ularni bir — biridan farqlash muhimdir. Shahs o’zida sosial sifatlarni mujassamlashtirgan insonni ifoda etadi. Kishilar shahs bo’lib tug`ilmaydi, balki jamiyatdagina shahs bo’lib shakllanadi va rivojlanadi. Chunki insonga hos ijtimoiy sifatlar, fazilatlar avloddan-avlodga irsiy yo’l bilan o’tmaydi. Inson dunyoga kelgan vaqtida jamiyat, siyosiy tuzum, madaniyat, ishlab chiqarish, oila, ommaviy ahborot vositalari, mafkura kabi ijtimoiy tuzilmalar mavjud bo’ladi. Inson ta`lim-tarbiya, mehnat, muloqot jarayonida ijtimoiy tajriba, bilim, turli munosabatlar, ahloqiy me`yorlar, siyosiy G’oya, milliy mafkura kabi omillar ta`sirida yashaydi, ularni o’zlashtiradi va shu jarayonda ijtimoiylashadi, ya`ni shahs bo’lib shakllanadi. Natijada insonda yangicha fazilat va sifatlar paydo bo’ladi. U yaratuvchan mavjudot sifatida faoliyat ko’rsata boshlaydi. O’z-o’zini nazorat qilish, o’z-o’zini tarbiyalash, yuksak mas`uliyatni his etish, G’oya uchun kurashish, mustahkam e`tiqodga ega bo’lish, o’z fikr-mulohazalarini erkin bayon etish va ijtimoiy-siyosiy faollik shahsga hos belgilardir. Shahsning maqsad, G’oya va ideallari jamiyatdagi mavjud G’oya va mafkura bilan uzviy bog’liq ravishda shakllanadi. Milliy G’oya va mafkurani amalga oshirish, ezgu ideallar yo’lida hatto hayotini qurbon qilish shahs hayotining bosh maqsadiga aylanadi. Adabiyotlar: Pulatova D., Qodirov M., Ahmedova M. va boshq. Falsafa tarixi: Sharq falsafasi. O‘quv qo‘llanma. –T.: TDSHI.2013. Tulenov J.,Tulenova G.,Tulenova K.Falsafa.Darslik.– T.:Fan va texnologiya, 2016. Xayitov SH., Xayitova K., Ziyautdinova X. Falsafa asoslari. Albom sxema. - T.: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, 2009. G.Tulenova, D.Sagdullayeva. Falsafa (O‘quv qo‘llanma ). - T.: “Aloqachi”, 2019. Internet saytlari: 1. www. Ziyo net.uz 2. www. faylasuf.uz Download 48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling