Mavzu: «milliy bojxona tizimi vujudga kelishining ijtimoiy-tarixiy asoslari»
Yevropada bojxona ishini shakllanishi
Download 33.24 Kb.
|
2-amaliyot
Yevropada bojxona ishini shakllanishi
Tarixdan maʼlumki, dunyoning turli mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro savdo iqtisodiy aloqalari, ilmiy va madaniy muloqotlar ularning bir-biri bilan do‘stlik rishtalarini mustaxkamlashga xizmat qilgan. Buyuk bobomiz soxibqiron Amir Temurning Fransiya qiroli Karl VI ga yo‘llagan maktubida «Bizning istagimiz - sizning va bizning odamlarimiz va bu ikki eʼtiborli mamlakat o‘rtasida o‘zaro borish-kelish qilsinlar, toki Sizning va bizning ulug‘vorligimiz hamma yerda maqtovga loyiq bo‘lsin”, - deyiladi. Ota-bobolarimiz doimo ana shu udumlarni saqlashga va yangi anʼanalar bilan boyitishga xarakat qilib kelganlar. Bojxona xizmati uzoq tarixga ega bo‘lib, u davlat iqtisodiyotining rivojlanishiga xxizmat qilib kelgan. O‘tmishda bojxona xizmati tovarlar savdo sotig‘ini rivojlantirish, yaʼni tovarlarni davlat chegaralaridan olib o‘tishdan boshlab, tovar egalariga qulayliklar yaratish, davlatning iqtisodiy manfaatlaridan kelib chiqqan xolda tovarlardan bojlar undirish bilan shug‘ullangan. Davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni rivojlanishi, ularni iqtisodiy rivojlanishlarini bir-biriga bog‘liqligini kuchayishi bilan bojxona organlarini vazifalari ham mazmun-mohiyati jihatidlan o‘zgarib, takomillashib borgan. Misol uchun bojxona tarixini o‘rgangan rus tadqiqotchisi V.A.Simmermanning taʼkidlashicha, eramizdan oldingi Vl-asrdan boshlab Afina aholisi o‘z extiyojlari uchun kerak bo‘lgan bug‘doyni Misrdan, Sitsiliyadan, keyinchalik - qora dengiz bo‘yi davlatlardan ola boshlagan. Xersones, Lantikaney, Feodossiya kabi shaxarlar Gretsiya tashqi savdosi uchun shunchalik katta axamiyatga ega bo‘lganki, bu shaxarlardan o‘tayotgan tovarlardan boj undirilmagan. Shu bir misolni o‘zi bojxona xizmatini uzoq tarixga ega ekanligini, undan davlatlar o‘zlarini iqtisodiy potensiallarini oshirish, davlatlararo iqtisodiy munosabatlarni yanada rivojlantirish ko‘zda tutilib, undan qurol sifatida foydalanganliklarini ko‘rsatadi. Bu yerda yana shuni taʼkidlab o‘tish lozimki, xar bir davlat bojxona xizmatini shakllanish tarixi shu davlatni iqtisodiyotini, tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlanib, dunyo xo‘jaligidagi mavqeini mustahkamlanishini ko‘rsatibgina qolmay, balki bojxona xizmati o‘zida shu davlatning iqtisodiy ravnaqini madaniyatini, siyosiy-ijtimoiy tizimini o‘zida aks ettirgan. Agarda Yevropadagi merkantelizm davrining oxirlarida, yaʼni XVIII asrdan boshlab bojxona xizmati Yevropa davlatlarini manfaatlarini ko‘zlagan xolda, ularni koloniyalarni boshqa davlatlardan tovarlarni kirib kelishini, hamda koloniyalardan boshqa davlatlarga xom ashyoni olib chiqib ketilishini taʼqiqlaganlar. Chunki bu xom ashyolardan shu davlatlarda ishlab chiqarilgan tovarlar bilan raqobatlasha oladigan tovarlar ishlab chiqarilishi mumkin edi, Yevropa davlatlari dunyo xo‘jadigidagi iqtisodiy manfaatdlarini mustahkamlash maqsadida o‘zlarida va koloniyalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni olib chiqib ketayotgan savdogarlarga boj imtiyozlari berganlar. Shunday qilib, XVII-XVIII asrlarda rivojlangan kapitalistik davlatlarni bojxona siyosati fiskal xarakterga ega bo‘lib, rivojlanayotgan davlatlarni bojxona siyosati esa iqtisodiy va siyosiy mustaqillikni taʼminlashga qaratilgan bo‘lib yaqqol protensionistik xarakterga ega edi. Angliyada XVII asr o‘rtasida tashqi savdoda tub o‘zgarishlar ro‘y berdi. 1651 yildagi «Navigatsionnыy акт» bunga asos soldi. Bu xujjat mamlakatda protensionizmni mustaxkamladi, u Angliyada 200 yilga yaqin qo‘llanildi va 1850 yilda bekor qilindi. Bu xujjatning asosiy mazmuni Angliya dengiz savdo-sotig‘i faqat angliyaliklarga tegishli ekanligida, chunki maqsad Gollandiya dengiz savdosini sindirish edi. Bu xujjatda bir qator cheklashlar bor edi va shular qatorida angliyaliklardan boshqa mamlakatda hech kim dengizda savdo-sotiq qilishga xaqqi yo‘q edi; xorijiy kemalar faqat o‘z mamlakatlarida ishlab chiqarilgan tovarlarni olib kelishi mumkin edi; angliya koloniyalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni chetga olib chiqish taʼqiqlangan edi; koloniyalar bilan angliyaliklardan boshqa hech kim savdo-sotiq ishlarini olib borishi mumkin emas edi; shu bilan birga kemalar angliyaniki bo‘libgina qolmay, Angliyada yasalgan bo‘lishi shart edi. Fransiyada esa protensionizm 1667 yilda kiritilgan, Prussiyada XVll asr oxirida, Rossiya va Avstriyada - XVlll asr boshida kiritilgan. Protensionistik g‘oyalarning yorqin namoyondasi germaniyalik ekonomist Fridrix List bo‘lgan. F.List faqatgina ishlab chiqarishni rivojlantiribgina xalq xo‘jaligini yuqori darajaga ko‘tarish mumkinligini o‘zining 1844 yildagi ilmiy asarlarida asoslab bergan. Undan 50 yilcha oldinroq amerikalik Aleksandr Gamilton protensionizm g‘oyalarini targ‘ib qilgan. Yuqorida tilga olingan 2 muallif xam o‘zlarining asarlarida Yevropa iqtisodiy rivojlanishini taxlil qilgan xolda, konkret misollarda protensionizmning kiritilishi muximligini asoslab bergan. Download 33.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling