Mavzu: «milliy bojxona tizimi vujudga kelishining ijtimoiy-tarixiy asoslari»
Turkistonda bojxona ishini yaratilishi va shakllanish tarixi
Download 33.24 Kb.
|
2-amaliyot
Turkistonda bojxona ishini yaratilishi va shakllanish tarixi
Tarkibiga soliqlar va bojlarni undirish ham kiradigan moliyaviy-iqtisodiy tizimning puxta faoliyat ko‘rsatishi xar qanday tuzumda davlat mavjud bo‘lishining iqtisodiy asosi hisoblanadi. Ilmiy asoslarga ko‘ra bojxona organlari bunday tizimning bir qismi sifatida Turkistonda qadim zamonlardan boshlab mavjud bo‘lgan. Chunki ko‘p ming yillab Sharqni g‘arb bilan bog‘lagan Buyuk Ipak yo‘li Markaziy Osiyo xududidan o‘tgan. o‘rta dengizdagi Suriyaning Antalya porti uzoq vaqt Ispaniya, Portugaliya, Venetsiyadan tovarlarni tashuvchi kemalarga xizmat qilgan. Bu kemalar Buyuk Ipak yo‘li orqali Xitoy va Yaponiyaga yo‘l olganlar. Buyuk ipak yo‘li orqali amalga oshiriladigan savdoga qaysidir darajada aloqador bo‘lgan barcha davlatlarning bojxona organlari tajribasini umumlashtiruvchi qoidalar asrlar davomida takomillashtirildi va optimal xolga keltirildi. Agar qaysidir davlat yoki shahar bojxona qoidalarini qattiq nazorat ostiga olib amalga kiritsa, bojlar va yig‘imlarni haddan tashqari ko‘paytirsa, karvonlar ularni chetlab o‘tishining yo‘li bor edi: birgina Markaziy Osiyoda Buyuk Ipak yo‘lining bir necha shaxobchasi mavjud bo‘lgan. Ushbu karvonlar chetlab o‘tgan davlatlar esa anchagina daromaddan maxrum bo‘lishgan, chunki yo‘llarda karvonolar muntazam qatnar edilar. Buyuk Ipak yo‘lidagi boj yig‘imlari xaqidagi dastlabki yozma eslatmalar Vlll asrdagi arab manbaalaridan maʼlum. Ko‘p asrlar davomida boj miqdori o‘zgarishsiz bo‘lib kelgan. U tovar qiymatining 2 % ini tashkil qilgan. (Bunday boj XlX asrgacha saqlanib qolgan. Buxoro, Qo‘qon va Xivadan Rossiyaga qatnovchi karvonlardan 2,5 % miqdorida boj olinardi.) Bu barchani qoniqtiruvchi optimal variant edi. Karvonlar yo‘lida ko‘plab davlatlar joylashganini xisobga olganda, katta miqdordagi boj savdogarlarni xonavayron qilishi, bu bilan ushbu davlatlarni kafolatli daromaddan mahrum qilishi mumkin edi. Ushbu daromadning xazina uchun axamiyatini tushungan xukmdorlar qulay yo‘llar, obod karvonsaroylar qurishdi, karvonlarni xavf-xatardan qo‘riqlash chora-tadbirlarini ko‘rishdi. Respublikamiz bojxona xizimati tizimi ravnaqini belgilash ko‘p jixatdan, o‘zbek davlatchiligining eng yuqori darajasiga erishgan davri bo‘lgan Temur davlatidagi bojxona xizmati tarixini, xamda mustamlaka davridagi tarixini ilmiy asosda chuqur o‘rganishga bog‘liqdir. «Bojxona” o‘zi nima, qachon paydo bo‘lgan, nima sababdan davlat siyosatining ustuvor yunalishlaridan biri bo‘lib kelgan? Bu kabi savollarga javob topish va o‘zimiz uchun «Bojxona” so‘zining mohiyatini anglash uchun qadim tarixga murojaat etishimiz lozimdir. Chunki tarixga murojaat qilish bu sohada dunyoqarashlarimizni kengaytiribgina qolmay, balki jahon sivilizatsiyasi rivojlanishida bojxonaning ahamiyatini tushunib yetish imkonini beradi. Shu sababli ushbu maʼruzada qadimgi dunyo bojxona ishini shakllanishi ayniksa ulardan kadimgi Misr, Rim imperiyasi, Sitsiliya va boshqa rivojlangan davlatlarda boshka munosabatlarini yoritish muxim axamiyat kasb etadi. Download 33.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling