Mavzu: «milliy bojxona tizimi vujudga kelishining ijtimoiy-tarixiy asoslari»


Download 33.24 Kb.
bet1/5
Sana13.02.2023
Hajmi33.24 Kb.
#1193965
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2-amaliyot

MA`RUZA-2


MAVZU: «MILLIY BOJXONA TIZIMI VUJUDGA KELISHINING IJTIMOIY-TARIXIY ASOSLARI»




Har bir davlatning chegarasiyu darvozalari bojxona deb atalmish Davlat idorasi bilan belgilanadi. Shuningdek, bojxona davlat xazinasini - budjetni moliyaviy qudrat bilan to‘ldiradigan asosiy manbaa vazifasini ham bajaradi. Bir so‘z bilan aytganda, bojxona va boj qadim zamonlardan beri har qanday davlatning poydevori bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Yana, mustaqillik tarix sahifalari xatidagi chang-g‘uborlarni artib, tariximizning asl chehrasini bugungi avlodga namoyon etmoqda. Yaʼni, yillar davomida «Ulug‘ oktabr inqilobidan avval yoppasiga savodsiz yoki atigi 3 % savodli kishilari bo‘lgan Туркистон» aslida necha asrlar muqaddam dunyo sivilizatsiyasiga salmoqli hissa qo‘shgan o‘lka bo‘lganligini hozir baralla aytayapmiz. Ilgari, sho‘rolarni sharaflab yurgan davrda ham, bu haqiqatni g‘ira-shira bo‘lsada, bilardik, lekin ovoz chiqarib aytish u yoqda tursin, hatto o‘ylashga ham cho‘chir edi odamlar. Chunki, mustabidlik siyosatining qaqshatqich tarbiyasi odamlarni shu kuyga solib qo‘ygan va bu rejali ravishda amalga oshirilgan edi. Yaʼni, tarixdan, madaniyatidan - baquvvat hamda chuqur ildizlardan mahrum xalqni podadek boshqarish oson bo‘lishi uchun shunday yo‘l qo‘llanilgan edi.
Bugun har kim o‘z tarixini hohlagancha o‘rganadi, hohlagancha faxralanadi. Bizning esa faxrlangulik tariximiz bor. London, Parij, Nyu-York kutubxonalarida asrlar davomida o‘zbeklar yaratgan madaniyat, ilm-fandan dalolat beruvchi qat-qat tarixiy asarlar saqlanayotgani oddiy haqiqatdir. Endi, Mustaqillik sharofati tufayli ularni ham chuqur, atroflicha o‘rganish orqali tariximizni butun bo‘y-basti bilan tiklash va ayni paytda mustaqillikni mustahkamlash imkoniyatlari paydo bo‘ldi, zero, bugun jahonda Avitsenna nomi bilan tanilgan va jahon meditsinasining otasi deb tan olingan Ibn-Sino, algebra fanining asoschisi Al-Xorazmiy, astronomiya fanining dahosi shoh Ulug‘bek kabilar bizning bobokolonlarimiz ekanligini kurrayi zamin eʼtirof etgan. Bugun tarixni asoslashning boisi nimada, degan savol tug‘ilishi mumkin, sababi shuki, Prezidentimiz Islom Karimov aytganlaridek, tariximizni bilmasdan turib, bugunni va kelajakni mustahkam qurolmaymiz. Bugun va kelajak jahon fani va madaniyatida salmoqli o‘rin egallagan baquvvat tarixiy ildizlarimizdan quvvat hamda nur olib jadal rivojlanadi. O‘zining kimligini, o‘zligini anglagan, yaʼni maʼnaviy qashshoq bo‘lmagan kishilarda esa Vatan, millat tuyg‘usi, milliy g‘urur shakllanadi va unday odam istiqlolning qadr-qimmatini anglaydi, Vatanning shon-sharafi uchun kurashadi. Bojxonachilarning bugungi kunda bajarayotgan ishlari ham naqadar sharafli va masʼuliyatli ekanligi namoyon bo‘lib, bir muncha yengillashadi. Yaʼni, pul desa Vatanni ham, millatni ham sotib yuboradigan kimsalar yo‘qoladi, kamayadi. Tijoratchilar va ishbilarmonlar, korxona-tashkilotlarning rahbarlari tegishli qonuniy soliqlarni nazoratchilarning aralashuvisiz belgilangan miqdorda va o‘z vaqtida davlat xazinasiga to‘laydigan bo‘ladilar.
Azaldan qolgan xikmat bor: «Shohi odil, savdogarlari sahiy yurtning xalqi farovon yashaydi”. Bu nima deganini fahmlash qiyin emas: Shoxi odil bo‘lsa, davlat boshqaruvi adolatli bo‘ladi va natijada xalq behuda aziyat chekmaydi, mamlakatdagi maʼnaviy iqlim sog‘lom bo‘ladi. Savdogarlarning saiyligi esa, ularning tegishli soliq va bojlarni ziqnalik qilmasdan vaqtida to‘lab turishidir. Bunda davlat xazinasi boyiydi.
Boj qadim tarixga ega. Savdogarlarning tuya karvonlari bir davlatdan ikkinchisiga kirib borishda boj to‘laganlar, mamlakat ichkarisida tijoratchilar soliq to‘lashgan. Boj tizimi, ayniqsa, buyuk sohibqiron bobomiz Amir Temur davlatida aniq va adolatli mexanizm sifatida shakllangani tarixiy manbalardan maʼlum. Yana shu narsa maʼlumki, Amir Temur davlatiga qator Yevropa mamlakatlari ham boj to‘lab turgan.
Bizning bugungi va kelajakdagi vazifamiz - tarixda buyuk Turon davlatida mavjud bo‘lgan ana shunday ulug‘ sistema - Bojxona tizimining tiklash, yaratishdan iboratdir.
Hammamizga maʼlumki, bu qutlug‘ yo‘lga o‘zbekiston mustaqillikka erishishi barobarida qadam qo‘yildi. Mustaqil davlatimizning bojxona xizmati bugun ham bel boxlab xizmat qilmoqda. Yangi jamiyat qurish yo‘lida barcha sohalarda ro‘y berish mumkin bo‘lgan tabiiy tarzdagi o‘zgarishlar bojxonani ham chetlab o‘tmadi, lekin bular yaxshi niyat bilan, faqat davlat manfaatini o‘ylab qilingan ishlar ekanligidan ko‘z yummasligimiz kerak. Bojxona qaysi idoraga bo‘ysunishi, kimlar rahbarlik qilishidan qatʼi nazar, u bo‘lgan, bor va kelajakda ham bo‘ladi. Bo‘lganda ham, davlatni suyab turadigan baquvvat ustunlaridan biri bo‘lishi kerak.
Vatanimiz mustaqilligini yanada mustahkamlash yo‘lida har qanday mashaqqatni matonat bilan yengish ushbu yurt har bir fuqorosining farzandlik burchidir. Buni Prezidentimiz Islom Karimov lo‘nda va mazmunli ifoda etdilar: «Shu aziz Vatan - barchamizniki. Uning baxt-saodati, yorug‘ istiqboli, farovon kelajagi uchun yashash, kurashish, kerak bo‘lsa jonni fido qilish muqaddas tuproqda yashayotgan har bir inson uchun baxtdir”.
Mana 12 yildirki, jannatmakon yurtimizda istiqlolning tinch-osuda, yaratuvchanlik, ezgulikka undovchi tonglarini qarshi olmoqdamiz. Tarixan juda qisqa vaqt ekanligiga qaramay, o‘tgan yillar xalqimiz hayoti, uning ruhiyati uchun ulkan o‘zgarishlar davri bo‘lib, buyuk kelajakka bo‘lgan sobit ishonchini amalda namoyon etdi.
Mamlakatning iqtisodiy posboni hisoblanmish bojxona tizimi o‘tmishda yurtimizda hukm surgan ko‘plab davlatlarda mavjud bo‘lib, muhim mavqega ega bo‘lgan. Bu hol eng avvalo Movaraunnaxrning Buyuk Ipak yo‘lidagi qulay juxrofiy manzilda joylashganligi bilan ifodalanadi. Masalan, Amir Temur davlatida bojxona aniq shakllangan va muntazam faoliyat ko‘rsatuvchi tizim sifatida mavjud bo‘lgan.
Bugungi kunga kelib mustaqil davlatimiz jahon hamjamiyati bilan barcha sohalarda teng huquqli hamkorlik qilish va shu asosda ular o‘rtasida munosib o‘rin egallash yo‘lidan borar ekan, bu jarayonda zamonaviy bojxona tizimining ahamiyati katta ekanligi shubhasizdir. O‘zbekiston milliy bojxona tizimi ham o‘tgan qisqa vaqt ichida katta o‘zgarishlar va taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi.
Mamlakatimiz bojxona xizmatini jahon andozalari darajasiga ko‘tarish yo‘lidagi barcha harakatlarimizga Butunjahon bojxona tashkiloti rahbariyati ham yuksak baho berdilar. Albatta, erishilgan yutuqlar bilan birga baʼzi kamchiliklar, bajarilishi kerak bo‘lgan vazifalar ham bor. qolaversa, jahon iqtisodiyoti va bojxona tizimida yuz berayotgan tezkor o‘zgarishlarga mos faoliyat yurtish - bizdan doimiy izlanuvchanlik, katta masʼuliyat talab qiladi.
Mustaqil O‘o‘bekiston Respublikasi BMTga teng huquqli aʼzo bo‘lgandan keyin, so‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatimiz tomonidan bojxona xizmatiga katta eʼtibor berilib, bojxona tizimi va uning moddiy taʼminot baʼzasi kuchaytirilmoqda.
1997 yil 8 iyul kuni o‘zbekiston Respublikasi 1-chi Prezidentining PF-1815 sonli «o‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasini tashkil qilish to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilingan.
Bojxona ishini tashkil qilishini yaxshilash, yagona bojxona siyosatini o‘tkazish, respublika bojxona organlarining tezkorligini hamda ular faoliyat samaradorligini oshirish mamlakat iqtisodiy xavfsizligini mustahkamlashda ularning rolini kuchaytirish, shuningdek bojxona ishi sohasidagi xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida ushbu Farmon qabul qilingan.
Ushbu Farmonga Muvofiq Bojxona organlariga:

  • respublika bojxona siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashish;

  • respublikaning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish;

  • belgilangan vakolatlar doirasida mamlakat iqtisodiy xavfsizligini taʼminlash, bojxona qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilib borish;

  • O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegrasida bojxona nazortini taʼminlash, shu chegara orqali o‘tadigan tovarlar va transport vositalari o‘tishini tezlashtirishga imkon beradigan shart-sharoitlarni vujudga keltirish;

  • kontrabandaga, bojxona qonunchiligini buzilishilariga qarshi kurash, narkotik moddalar, psixotrop va portlovchi moddalar, qurol-yarog‘, valyuta boyliklari, milliy boylik hisoblanuvchi badiiy, madaniy tarixiy va arxeologik meros buyumlari, aqliy mulk obʼektlari respublikaning bojxona chegarasi orqali qonunga xilof ravishda olib o‘tilishiga chek qo‘yish va boshqalar asosiy vazifalar va yo‘nalishlar sifatida yuklangan.

O‘zbekiston Respublikasi DBQ si zimmasiga yuklangan iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlarni muvaffa-qiyatli amalga oshirishga butun kuch-g‘ayratimizni va ichki rezervlarimizni safarbar qilishimizni talab etdi, o‘tkir ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni hal etishning eng qulay yo‘llarini izlashga majbur qildi.
Bojxona organlari oldiga qo‘yilgan vazifalar davlat mulkini, madaniy boyliklarini noqonuniy ravishda chetga olib chiqib ketilishini, giyohvand va asabbuzar moddalarni olib chiqish va olib kirilishini to‘xtatishgina emas, balki bunday hollarni nazoratga olib oldini olishga qaratilgandir.
O‘zbekiston mustaqillikka erishishi bilan bir qatorda respublika manfaatini himoya etishga qaratilgan yangi qonunlar vujudga keldi va yanada takomillashib bormoqda.
Islohotlar va yangilanish yo‘lini xalqimiz qo‘llab-quvvatlamoqda, o‘z Vatanining mustaqilligini himoya qilishga yoshu-qari har bir sof vijdonli, iymon-eʼtiqodli kishilarimiz tayyor ekanligini bildirmoqdalar.
Yana bir muhim holat: xalqaro hamjamiyat xorijiy mamlakatlardagi barcha progressiv kuchlar O‘zbekistonning mustaqillikka intilish yo‘lini, yangilanish va islohotlar yo‘lini qo‘llab-quvvatlamoqdalar.
Bu ham bo‘lsa yurtimiz va uning rahbariga, millatimiz va davlatimizga bo‘lgan xayrihohlik va hurmat-ehtiromning bir ko‘rinishidir.
Xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida O‘zbekiston erishgan yutuqlar, amalga oshirilgan ishlar jamiyatning barcha sohalarida tubdan o‘zgarishlar yasashiga, jahon sivilizatsiyasi va hamjamiyatiga chuqur integratsiya bo‘lishiga, xalqimiz uchun farovon turmush yaratishga yo‘naltirilgan; bu ishlar va yutuqlar mamlakatimiz oldida yangi taraqqiyot ufqlarini, yangi rivojlanish strategiyasini ochib beradi.
Islohotlar yo‘lining izchillik bilan amalga oshirilishi iqtisodiyotni qayta qurish, uni erkinlashtirish va jahon hamjamiyati uchun ochish sohasida sezilarli natijalar berdi. Xo‘jalik yuritishning bozor mexanizmigi o‘tish uchun shart sharoitlar yaratildi. Hozirda xususiylashtirish siyosati o‘tkazilib, mulkchilikni yangi shakllari - xususiy, hissadorlik, jamoa, kooperativ va boshqa shu kabi turlariga asoslanib, yangidan tashkil etilgan xo‘jalik yurituvchi subʼektlar rivojlanib faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularga tashqi iqtisodiy faoliyatni liberallashtirish bo‘yicha aniq maqsadni ko‘zlagan siyosat yuritish, xorijiy sheriklar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatishda katta erkinlik berilib, o‘z mahsulotlarini chet elda sotish, tovarlarni eksport va import qilishda imtiyozlar berilgan. Respublikaning valyutaga bo‘lgan katta ehtiyojini hisobga olgan holda paxta, tola, lint, pilla, kaprolaktam, karbomid va boshqa mahsulotlar asosiy eksport resurslari hisoblanadi.
Ishbilarmonlar tomonidan eksport-import operatsiyalarini olib borilishi natijasida ichki bozorning rivojlanishiga, davlat budjetining oshishiga, xalq ehtiyoji va talabini qondirishga olib keladi.
Afsuski, bu imtiyozlardan davlat, xalq manfaatidan ko‘ra o‘z foydasini ko‘zlab foydalanadigan, o‘zlarini ishbilarmon deb hisoblagan ayrim nopok shaxslar ham uchrab turibdi.
Iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikning taʼminlanishi borasida Mustaqil respublikamizning qonunlari, Prezident farmonlari ayrim joylarda eʼtibordan chetda qolmoqda. Bunga har qaysi viloyatdan, tumanlardan, ko‘pgina xo‘jaliklardan yetarli misollar topish mumkin.
O‘z vaqtida bu borada qattiq chora-tadbirlar ko‘rilmasa, respublikamiz iqtisodi yetarli darajada ziyon ko‘radi.
Demak respublikamizning iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy ravnaqini saqlab va uni barqarorligini taʼminlashda bojxona idoralarining ahamiyati kattadir.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi o‘zining bor kuchi va imkoniyatlarini insoniyat uchun o‘ta xavfli bo‘lgan giyohvand va psixatrop moddalarni kontrabanda yo‘li bilan respublikamiz chegaralari orqali MDH va Yevropa davlatlariga olib chiqish hamda olib kirishga qarshi kurashni kuchaytirish maqsadida, Milliy xavfsizlik xizmati, ichki ishlar vazirligi, prokuratura idoralari bilan hamkorlikda rejalar tuzilib, tezkor maʼlumotlar to‘planib, kechiktirmas chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Bojxona xodimlari orasida qonun buzarlik bo‘lishini oldini olish, xodimlar orasida qatʼiyat, xushyorlikni oshirish, matonat, halollik, mardlik, adolatparvarlik va Vatanga sadoqat kabi xislat va axloqiy sifatlarni shakllantirish lozimdir.
Respublikamiz bojxona idoralarini Vatan uchun fidoiy, har tomonlama bilimdon, halol, jismoniy yetuk barkamol xodimlar bilan taʼminlab borish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 30 iyuldagi 374-sonli qarori bilan o‘quv markazi tashkil etildi, 1998 yil 13 iyuldagi 297-sonli qaroriga binoan Bojxona Kolledji ochildi, Milliy Kinologiya Markazida kadrlar tayyorlash rivojlantirildi, 2001 yil 10 yanvardagi 16-sonli qaror bilan Soliq va bojxona organlari Akademiyasi tashkil etildi.
2003 yil 22 mayda Vazirlar Maxkamasining 229-sonli karori bilan Bojxona kolleji va Soliq va bojxona Akademiyasining «Bojxona иши» fakulteti negizida Oliy Harbiy bojxona instituti tashkil etildi.
Xodimlarni xizmat qilishida ularning bojxona ishi, iqtisodiyot, huquq va boshqa sohalar bo‘yicha bilishi zarur bo‘lgan bilimlarni berilishi «Oliy Harbiy bojxona instituti”ga yuklatilgan.
.
Xulosa qilib shuni aytishi mumkinki, O‘zbekiston Respublikasi bojxona xodimlari respublikamiz xalqining buyuk kelajagi yo‘lida va uning iqtisodiy barkamolligi uchun butun kuch-g‘ayratini ayamaydilar. Bizni hamjihatligimiz xalqimiz manfaatlarini va jamiyatimizni iqtisodiy himoya qilishda o‘zining mavqeini egallashi shart.



Download 33.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling