Mavzu: «milliy bojxona tizimi vujudga kelishining ijtimoiy-tarixiy asoslari»


Qadimgi dunyoda bojxona munosabatlarining


Download 33.24 Kb.
bet2/5
Sana13.02.2023
Hajmi33.24 Kb.
#1193965
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-amaliyot

Qadimgi dunyoda bojxona munosabatlarining
paydo bo‘lishi
Xalqlar va davlatlar to‘g‘risidagi savdo va iqtisodiy aloqalarni tartibga solishning o‘ziga xos shakli sifatida bojxona ko‘p asrlar muqaddam paydo bo‘ladi. Tashqi savdo aloqalari xaqidagi eng ilk maʼlumotlar bizga qadimgi Misrning oltinchi sulolasi (bizning eramizgacha bo‘lgan III ming yillik boshi) yodgorliklari orqali yetib kelgan. Bu davrda misrliklar Finikiya shaharlari va Qizil dengiz havzasidagi yerlar aholisi bilan savdo qilishgan. Keyinroq Nil vodiysi savdogarlarining savdo aloqalari Ikki daryo oralig‘ining quldorchilik davlatlariga xam yoyilgan.
Savdo karvonlarining harakati xavfsiz emas edi. Misrdagi Yangi podshoxlik davri (eramizgacha XVI-XII asrlar) ning tarixiy yodgorliklari ot-ulovlarni talash va savdogarlarning shikoyatlari xaqida xikoya qiladi. Ko‘p mablag‘ sarflanadigan qo‘riqchilarni saqlash qimmatiga tushar va hamisha ham o‘zini oqlamas edi. Shu sababli karvonni qo‘riqlash sarf-harajatlarini qoplash uchun maxsus yig‘imlar undirila boshlandi.
Feodallar tomonidan ularning mulki orqali o‘tuvchi savdogar­­­­lardan undiriladigan soliqlar ham bojning qadimgi ko‘rinishi edi. Keyinchalik ularni shaharlar ham undirib ola boshladi, davlat paydo bo‘lgandan keyin esa boj xazinani to‘ldirishning qulay vositasiga aylandi.
Ijtimoiy hayot murakkablashishi, shaharlar rivojlanishi, davlat va siyosiy ustqurma paydo bo‘lishi, savdo hajmi va intensivligi kengayishi davomida yig‘imlarning yangidan-yangi turlari, shu jumladan savdodan yuk keltirishdan olinadigan yig‘imlar joriy etila boshlandi.
Eramizgacha III-II ming yillik oralig‘ida Ashshurning (Osuriya poytaxti) foydasiga uning kichik mustamlakalari-dan boj undirilgan.
Eramizgacha II ming yillik boshida deyarli butun qadimgi dunyoning markaziga aylangan Vavilionda barcha tovarlar shaxarga olib kirilishida ko‘zdan kechirilar va ulardan boj undirilar edi.
Boj o‘zining asosiy funksiyasi, fiskal funksiyasini, yaʼni xazina manfaatlariga rioya qilish vazifasini ado etar ekan, boshqa soliqlar va yig‘imlar bilan birgalikda davlatning mustaxkamlanishiga ko‘maklashadi.
Davlat rivojlanishi barobarida bojlar xam rivojlandi, bojxona xizmatini tashkil etish shakllari va usullari takomillashdi.
Bojxona tarixining rossiyalik tadqiqotchisi V.A.Simmerman eramizdan oldingi VI asrdan boshlab Afina axolisi donni Misrdan, Sitsiliyadan, keyingroq esa Shimoliy qoradengiz bo‘yidan olganligini qayd etdi. Xersones, Pantikapey, Feodosiya kabi shaharlar qadimgi Gretsiyaning tashqi savdosi uchun shunchalik muxim ediki, ulardan tovar keltirilganligi va chiqarilganligi uchun boj undirilmas edi. «qoradengiz bo‘yi shaharlari mato, qurol-yarog‘ vino, o‘simlik moyi evaziga greklarga dondan tashqari baliq, teri, qullar yetkazib berar edi”.
Gretsiyaning o‘zida chetdan keltiriladigan tovarlardan olinadigan boj ular baxosining o‘ndan birini tashkil etardi. Biroq, vaqt o‘tishi bilan afinaliklar mo‘ʼtadil bojlar savdoning rivojlanishiga ko‘maklashadi va ko‘p daromad keltirishi mumkin degan qarorga kelishdi. Shu sababli eramizdan oldingi IV asrda, Demosfen davrida boj tovar baxosining yigirma, ellik, xatto yuzdan bir qismigacha qisqardi. Ayrim buyumlar qurol-yarog‘, xarbiy anjomlar umuman boj to‘lashdan ozod etilgan. Afinaning barcha ittifoqchilari boj imtiyozlariga ega edi, ular o‘z tovarlari uchun bahosining yuzdan bir qismi, qaram shaharlar yigirmadan bir qismi miqdorida boj to‘lashar edi.
Boj dengiz portlarida va shahar bozorlarida yig‘ilar edi. quruqlikdagi bojxonalar ham mavjud edi. Bojxonalardagi operatsiyalar qo‘shnilar bilan dushmanlik munosabatlari mavjud bo‘lgan taqdirda chegaralar yopilganda to‘xtatilar edi. Boj odatda oltin va kumush bilan to‘lanardi. Boj yig‘ish ayrim shaxslar yoki guruhlarga ko‘tara sotilar, ular obro‘li fuqorolardan bo‘lgan kafillarga ega bo‘lishardi.
Misrda eramizdan oldingi IV asrda xukumat Aleksandriyaga oziq-ovqat keltirilishini va misrlik ustalarning buyumlari olib chiqib ketilishini qattiq nazorat qilar edi. Chetdan keltiriladigan tovarlardan yig‘im Misrning shimolida - Aleksandriya va Pelusiyada ichki bojxona mavjud bo‘lgan.
Karfagenda eramizdan oldingi III asrda bojlar davlat daromadining shunchalik muhim manbai ediki, karfagenlik lashkarboshi Ganibal aholi jon boshidan o‘lpon olishni joriy etmasdan, quruqlikdagi va dengizdagi bojxonalarni va boj tizimini qayta tashkil etib barcha xarajatlarni qoplashi, Rim bilan muvaffaqiyatli urush olib borishi mumkin edi. Biroq, bojlarga mukkasidan ketish savdogarolarni bojxona qoidalarini chetlab o‘tishga, kontrabanda harakatlariga majbur etdi, bu xol natijada Karfagen davlati iqtisodiyotini kuchsizlantirdi.
Kontrabanda - istalgan shaxar uchun xavfli xodisadir. V.A.Simmermanning fikricha, «Gretsiyaning turtib chiqib turgan burun va yarim orollar shaklidagi qirg‘oqlarida shug‘ullanish oson bo‘lgan kontrabanda shunchalik uyushib va ko‘payib ketdiki, Attika chegaralarida faqat bojxona qo‘riqchilari, kontrabandachilar va qaroqchilar yashar edi... Gretsiyaning bu xolati ... uning qulashining asosiy sabablaridan biri bo‘ldi”.
Qadimgi Rimda xam bojxona taxminan Gretsiyadagidek sxemada rivojlandi. Eramizdan oldingi VI asrda Rimga asos solinganda davlat daromadi aholi jon boshidan olinadigan uncha ko‘p bo‘lmagan soliqdan iborat edi. Yuz yildan keyin podsho Ank Maorsiy Ostiyada port taʼsis etdi va chetdan olib kiriladigan barcha tovarlar uchun boj tayinladi. Keyinroq ushbu boj (u portorium deb atalgan) hamda Rim, Ispaniya, Sitsiliya, Galliya va boshqa mamlakatlar o‘rtasida muomalada bo‘lgan tovarlar uchun soliqlar davlat xazinasi daromadining asosiy manbaiga aylandi.
Rimda daryo, bozor, ko‘prik yig‘imlari bilan birgalikda chegara bojlari ham mavjud edi. Dastlab tovar qiymatining qiriqdan biri, so‘ngra o‘ndan biri miqdorida boj undirildi. Savdo va xazina manfaatlari qo‘shib olib borilar edi. Bojni o‘ziga to‘q odamlar va publikanlar deb ataluvchi suvoriylar tabaqasidan tuzilgan birlashmalar yig‘ar edi.
Publikanlar belgilangan badal xazinaga topshirilgandan keyin xududdan o‘tib borayotgan odamlarga nisbatan xaddan ortiq o‘zboshimchalik bilan munosabatda bo‘lishar, qurol-yarog‘, davlat mulki va yo‘lda zarur bo‘ladigan narsalardan tashqari qolgan barcha mol-mulkka boj solishar edi.
Sitseron o‘z nutqlarida Vitiniya dengiz muzofotining sobiq rimlik noibini bojxona tusidagi suiisteʼmolliklari uchun, yaʼni Rim viloyatidan oltin va kumush olib chiqib ketilishiga izn berganlikda, foydani bojxonachilar bilan bo‘lib olishda, mol-mulkning o‘zboshimchalik bilan olib qo‘yilishida va o‘tib borayotgan savdogarlarni xibsga olishda ayblangan edi. U nutqlaridan birida Rimning Sitsiliyadagi noibi Verras publikanlarni aldaganligini va Sirakuzadan ko‘plab oltin, kumush, fil suyagi, gilam, qimmatbaxo to‘q qizil bo‘yoq, vaza, don va asalni g‘ayriqonuniy tarzda olib chiqib ketganligini isbotlab beradi.
Miloddan olidingi l asrda imperator Neron l va miloddan olidingi III asrda Aleksandr Sever jangchilar va sadogarlarga har xil imtiyozlar belgilab, tovarlarning ayrim turlariga bojlarni bekor qilib va pasaytirib, bojlar to‘g‘risidagi qonunlarni umumning eʼtibori uchun eʼlon qilish majburiyatini yuklab publikanlarning faoliyatini Rim maʼmurlari nazorati ostida tutib turishga urinishdi, biroq bu chora-tadbirlar vaziyatini tubdan o‘zgartira olmadi.
Rimdagi bojxona qoidalari ichki davlat masalasigina bo‘lib qolmasdan, balki xalqaro xuquq mavzusi xam edi. Masalan, miloddan oldingi 509 va 348 yillarda Karfagen tuzilgan sulh to‘g‘risidagi traktatlarda karfagenlik va rimlik savdogarlarning moliyaviy xuquqlari xaqidagi qoidalari nazarda tutilgan.
Old va o‘rta Osiyo xamda Shimoliy Afrika mamlakatlarida, shuningdek Vizantiya davlatida xunarmandchilik va savdo ayirboshlshovi VII-VIII asrlardaryoq yuqori darajaga yetdi.
Boj yig‘imlari xazinani mustaxkamlashning muhim vositasi bo‘lib qolgan xolda baʼzan savdoni tartibga solish va tovarlarni sotish uchun ishlab chiqarishni rag‘batlantirishning qulay vositasiga aylandi.
Yangi asr boshida bojlarning mo‘ʼtadilligi Rim imperiyasida Xitoyning ipak mollari paydo bo‘lishi imkonini berdi. Armanistondagi davlat xokimiyati III-IV asrlarda boj yordamida savdoga raxnamolik qilgani yaxshi maʼlum.
Yevropada shaharlar xunarmandchilik va savdo markazlari sifatida X-XI asrlardan boshlab iqtisodiy, tashqi savdo va boj mustaqilligiga erisha boshladi.
Yevropaning Feodal davlatlarida boj yig‘uvchilar yuqori mavqega ega edi. Franklarda 499 yilda ular qirol amaldorlariga tenglashtirilgan bo‘lib, yepiskoplar va graflar bilan bir o‘rinda turar edi. Buyuk Karlning farmoniga muvofiq bojxonachilar mansabdor shaxs - grafga bo‘ysunardilar. Graf ayni vaqtda katta bojxona amaldori hisoblangan.



Download 33.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling