Mavzu: milliy fmining iqtisodiy modelini muhokama qilish. Bajardi: palvonov sarvarbek qabul qildi: matchanov otabek


Download 158.61 Kb.
Sana25.01.2023
Hajmi158.61 Kb.
#1118475
Bog'liq
2- AMALIY ISH


URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TABIIY FANLAR FAKULTETI

GEODEZIYA, KARTOGRAFIYA VA KADASTR YO’NALISHI 201-GURUH TALABASI PALVONOV SARVARBEKNING FAZOVIY MA’LUMOTLAR INFRATUZILASI FANIDAN


2-amaliy ISHI



MAVZU: MILLIY FMINING IQTISODIY MODELINI MUHOKAMA QILISH.


BAJARDI: PALVONOV SARVARBEK
QABUL QILDI: MATCHANOV OTABEK

URGANCH-2022
2-AMALIY
Savol:
Mamlakatingizda xarajatlarni qoplovchi modeldan foydalanaish evaziga Milliy FMIni qo’llab quvvatlaydigan tashkilotlar, ma’muriy idoralar, kompaniyalar bormi? Yoki xarajatlarni qoplovchi modeldan foydalanadiganlari bormi?
Yoki davlat tomonidan moliyalanadigan va ochiq ma’lumotlardan foydalanadigan tashkilotlar bormi?
Javob:
Biz bilamizki FMI ning moddiy va nomoddiy turlari bo’lib bularga biz moddiy tomoniga quyidagilarni kirgizishimiz mumkin ya’ni bularga asvalt, svet, gaz va boshqalar nomoddiy tomoniga bo’lsa ta’lim tizimi, sog’liqni saqlash, ichki ishlar bo’limi bularning barchasi insonlarning yaxshi yashashi uchun yaratilgan qulayliklar infratuzulmasidir.
Tashkilotlar, ma’muriy idoralar, kampaniyalarni so’ralgan va shu bilan birga bu ma’lumotlardan foydalanishda ularga ketadigan sarf xarajatlarni o’zlari moliyalashtiradigan organlarmi yoki xususiy kompaniyalarmi deyilgan men umumiy qilib o’zim tushungan variyantni aytib o’taman. Bularga yorqin misol davlat organi bo’lgan Kadastr Agentligi huzuridagi geoportal bu portal yaqin yillarda O’zbekiston Respublikasida rivojlanib amalda qo’llanib kelinmoqda va uni yanada rivojlantirish uchun chora tadbirlar o’tkazilib kelinmoqda. Kadastr tizimi nega aynan FMI ga yorqin misol bo’la oladi bunga sabab o’zim ko’rganim Kadastr tizimi ham juda katta ahamiyatga ega bo’lgan tizimlardan biridir bunda FM foydalanganda unga ketadigan sarf xarajatlar davlat tomonidan qoplab beriladi unda ko’p vaxtlarda ochiq tizimdan foyalanladi va bundan so’ng undan foydalanadigan axoli ham bu kadastr tarkibidagi ma’lumotlrni bemalol ochiq shaffoflik bilan foydalana oladi. Kadastr tizimining ichiga ko’plab sohalarni qamrab olgan kadstrlar kiradi aynan mana shu kadastrlarni ichidagi kadastrda FMI dan foydalanishadi yani yrlarni xatlovga kirgizish bu ishni yakunlagandan so’ng biron bir yuridik bo’lsin yoki jismoniy shaxs bo’lsa ham bu geoportaldan bemalol kirib foydalanib biladi.
FMI ni shakillantiruvchi bazalarni yana shu kadstrga o’xshagan davlat organlari ko’p bularga vazirliklar ham kiradi .O’zbekiston Respublikasining Mudofa vazirligi fazoviy ma’lumotlar sohasidagivakolatlari quyidagilardan iborat bu vakolatlar orqali bularning yuqorida aytib o’tgan savollarga javob topishimiz mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi: fazoviy ma’lumotlar sohasidagi yagona davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
Fazoviy ma’lumotlar sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi; maxsus vakolatli davlat organi, shuningdek boshqa davlat organlari va fazoviy ma’lumotlarga ishlov berishni amalga oshiradigan shaxslar bilan hamkorlikda qonunchilikka muvofiq milliy xavfsizlikni hamda davlat mudofaasini ta’minlash maqsadida fazoviy ma’lumotlarni yaratishni, Fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasining texnik va dasturiy vositalarini ishlab chiqishni tashkil etadi;
Fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasini rivojlantirish bilan bog‘liq ishlarda ishtirok etadi. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Huddi shu kabi davlat organlarining ham fazoviy ma’lumotlar sohasining vakolatlari bo’lsa quidagicha bo’ladi:
Davlat organlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlari:
Fazoviy ma’lumotlar sohasidagi yagona davlat siyosatini shakllantirishga doir takliflarni ishlab chiqish va kiritishda ishtirok etadi hamda uning amalga oshirilishini ta’minlaydi; fazoviy ma’lumotlar sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
Fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasini rivojlantirish bilan bog‘liq ishlarda ishtirok etadi; maxsus vakolatli davlat organi bilan hamkorlikda tegishli tarmoq uchun sohaga oid fazoviy ma’lumotlar ishlab chiqilishini hamda tarmoqqa oid geoaxborot resurslarini ishlab chiqishga va Fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasining geoportallarini yaratish hamda saqlab turishga doir ishlarning bajarilishini tashkil etadi;
Bazaviy fazoviy ma’lumotlarning va metama’lumotlarning maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etilishini ta’minlaydi; sohaga oid ochiq fazoviy ma’lumotlardan foydalanilishini ta’minlaydi; tegishli tarmoq yoki hudud uchun sohaga oid fazoviy ma’lumotlarga ishlov berilishini amalga oshiradi.
Organ yoki FMI ni moliyalashtirish qanday degan savolga quidagicha javob bersak ham bo’ladi: Davlat moliyalashtirish orqali FMIni moliyalashtirish. Yuqorida aytib o'tilganidek, ushbu toifaga kiruvchi FMIlar jami davlat mablag'lari uchun kuchli dalillarga ega bo'lishi kerak (masalan, davlat tovarlari provayderi, bozor muvaffaqiyatsizligi va tabiiy monopoliya).
FMIga investitsiyalar uchun past foizli kreditlar berish uchun maxsus banklar yoki moliya institutlarini tashkil etish. Ushbu muassasalar qishloq xo'jaligining o'sishini qo'llab-quvvatlash uchun Evropada tashkil etilgan qishloq xo'jaligi kredit banklariga o'xshash tuzilishga ega bo'lishi mumkin .
FMI moliyalashtirish, masalan, yirik fazoviy ma'lumotlar foydalanuvchilari (davlat va xususiy) va fazoviy ma'lumotlar dasturiy ta'minotini ishlab chiquvchilar uchun maxsus mo'ljallangan o'rta va uzoq muddatli soliqsiz obligatsiyalarni chiqarish orqali ham yaratilishi mumkin. Biroq, obligatsiyalarni chiqarish bozor sharoitlariga juda bog'liq va shuning uchun ushbu variantni qo'llashdan oldin hozirgi va kelajakdagi bozor sharoitlarini o'rganish kerak.
Download 158.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling