Mavzu. Milliy iqtisodiyot. Makroiqtisodiy ko`rsatkichlar


Download 0.99 Mb.
bet1/11
Sana23.04.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1386845
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
БУХОРО УН

MAVZU. Milliy iqtisodiyot. Makroiqtisodiy ko`rsatkichlar


Reja
  • 1. Milliy iqtisodiyotning mazmuni va uning tuzilishi
  • 2. Makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot
  • 3.Asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlar mohiyati.
  • 4.YaIM va uni hisoblash usullari.


Milliy iqtisodiyot - ijtimoiy iqtisodiyotning mavjudlik shakli; mamlakat, davlat qududida yashovchi millat (xalqlar)ning tarixan shakllangan yoki tubdan yangilanayotgan, oʻzgarayotgan va rivojlanayotgan mulkiy va boshqa ijtimoiyiqtisodiy munosabatlari, ular bilan shartlangan, mahalliy xususiyatlarga ham ega boʻlgan iqtisodiy faoliyat sohalari, tarmoqlari, tashkilotlari, korxonalari, hududlari va mintaqalari sistemasi. Imkon darajasida tashqi bozor taʼsiridan xoli boʻlgan milliy xoʻjalik sistemasi. Milliy iqtisodiyot kapitalizmning vujudga kelishi va qaror topishi bilan bogʻliq boʻlib, eng avvalo, Angliyada shakllandi. Hozirgi paytda Milliy iqtisodiyotning kapitalistik, sotsi-alistik, postsotsialistik va kam rivojlangan mamlakatlardagi kapitalistik yoʻnalishli kabi turlari maʼlum. 

Ishlab chiqarish va uning chegarasi



  • Ishlab chiqarish deganda ishlab chiqaruvchi birlik tomonidan mehnat, mablag’, tovar va xizmatlar sarflari natijasida boshqa turdagi tovar yoki xizmatni yaratib, iste’molchiga (pul yoki tovar evaziga, yoki bepul) etkazib berish jarayoni tushuniladi.
  • Tovarlar - egalik xuquqi tarqatilishi mumkin bo’lgan fizik predmetlardir, xizmatlar esa - iste’molchi talabi asosida bajariladigan xar xil ishlardir.
  • Iqtisodiy faoliyat deganda tovarlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko’rsatish, iste’mol va jamg’arish jarayonlari tushuniladi.
  • Bozor va nobozor ishlab chiqarish
  • Ayrim tovar va xizmatlar (keksalar yoki bolalar uylarida yashayotganlar uchun kiyim-kechak va oziq-ovqatlar; davlat boshqaruv idoralari, militsiya xizmati, mudofa va shu kabilarning xizmatlari) bozorda sotilmaydi.
  • Tovar yoki xizmatlarni iste’molchiga etkazilgandan olingan daromad, shu tovar yoki xizmatni ishlab chiqarish va etkazishga ketgan sarf-xarajatni to’la yoki yarmidan ko’pini qoplamasa, bunday ishlab chiqarish nobozor ishlab chiqarish deyiladi.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling