Mavzu. Milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayoniga ta’sir etuvchi omillar Reja


Download 69.64 Kb.
bet1/6
Sana09.01.2022
Hajmi69.64 Kb.
#255744
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-Mavzu (1)


6-mavzu. Milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayoniga ta’sir etuvchi omillar

Reja:
6.1. Iqtisodiyotning o’sish sur’atlari

6.2. Ilmiy-texnik taraqqiyotning rivojlanish darajasi

6.3. O’zbekiston Respublikasi byudjet-soliq siyosatining o’ziga xos xususiyatlari

6.4.Iqtisodiyotning barqaror iqtisodiy o’sishini ta’minlash..
6.1. Iqtisodiyotning o’sish sur’atlari
Iqtisodiy o’sishga tarixiy jihatdan yondoshilganda, u bir xil sur’atlarda va bir tekis bormaydi. Tarixda iqtisodiy o’sish sur’atlarining jadallashish, jiddiy pasayish va hatto qisqarish davrlari ma’lum. Agar katta tarixiy bosqichlar olib qaraladigan bo’lsa, jahon va milliy iqtisodiyotda barqaror iqtisodiy o’sish, ishlab chiqarishning har tomonlama taraqqiyot manzarasi hosil bo’ladi. SHu bilan birga iqtisodiy o’sish nafaqat miqdor, balki muayyan sifat o’zgarishlari shaklida ham namoyon bo’ladi. SHunday ekan, iqtisodiy o’sish bevosita yalpi ichki mahsulot miqdorining mutloq va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko’payishi hamda sifatining yaxshilanishida va tarkibining takomillashuvida ifodalanadi.

Iqtisodiy o’sishni YaIM mutloq hajmining ortishi orqali yoki aholi jon boshiga real YaIM miqdorining ortishi orqali o’lchash buning qanday maqsadda amalga oshirilayotganiga bog’liq bo’ladi. Odatda biron-bir mamlakat iqtisodiy o’sishini YaIM mutloq hajmining ortishi orqali o’lchash uning iqtisodiy salohiyatini baholashda, aholi jon boshiga real YaIM miqdorining ortishi orqali o’lchash esa mamlakatdagi turmush darajasini taqqoslashda qo’llaniladi.

Mamlakatning iqtisodiy o’sish sur’atini tavsiflaydigan mazkur ko’rsatkichlar (real YaIM va aholi jon boshiga real YaIMning o’sishi) miqdoriy ko’rsatkichlar bo’lib, ular birinchidan, mahsulot sifatining oshishini to’liq hisobga olmaydi va shu sababli farovonlikning haqiqiy o’sishini to’liq tavsiflab berolmaydi; ikkinchidan, real YaIM va aholi jon boshiga YaIMning o’sishi bo’sh vaqtning sezilarli ko’payishini aks ettirmaydi va farovonlik real darajasining pasaytirib ko’rsatilishiga olib keladi; uchinchidan, iqtisodiy o’sishni miqdoriy hisoblash boshqa tomondan uning atrof muhitga va insonning hayotiga salbiy ta’sirini hisobga olmaydi.

O’tgan 2014 yilda mamlakatimizda islohotlar dasturi davom ettirilib, undan o’rin olgan muhim choralar va tadbirlarning izchil amalga oshirilishi natijasida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarida mutanosiblik yanada mustahkamlandi, iqtisodiyotimiz modernizatsiya va diversifikatsiya hisobidan yuqori sur’atlar bilan rivojlandi.





Download 69.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling