Mavzu. Milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayoniga ta’sir etuvchi omillar Reja


Maqsadli fondlarsiz davlat byudjeti xarajatlarining tarkibi3


Download 69.64 Kb.
bet6/6
Sana09.01.2022
Hajmi69.64 Kb.
#255744
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-Mavzu (1)

Maqsadli fondlarsiz davlat byudjeti xarajatlarining tarkibi3


Ko’rsatkichlar

2011 yil

2013 yil

2015 yil

mlrd.

so’m

%da

mlrd.

So’m

%da

Mlrd.so’m

%da

Davlat byudjeti xarajatlari, mlrd.so’m

16991

100

21571

100

26312,4

100

Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvatlash xarajatlari

10112

59,5

12513

58

15573,5

59,4

Iqtisodiyotga xarajatlar

1952

11,5

2372

11,0

2791,9

10,6

Markazlashgan investitsiyalarni moliyalashtirish

950

5,7

1059

4,9

1300

4,9

Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash Fondiga ajratmalar







264

1,2

311,5

1,2

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari xarajatlari

472

2,7

629

2,9

825,9

3,1

Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari

152

0,9

191

0,9

287,3

1

Vazirlar Mahkamasining zahira jamg’armasi

57

0,3

70

0,3

85

0,3

Boshqa xarajatlar

3290

19,3

4471

20,7

5441,8

20,7

Davlat byudjetining rejalashtirilgan taqchilligi

-812




-957




1207,5




YaIMga nisbatan, %

-1,0%




-1%




-1%





3-jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, davlat byudjeti xarjatlari tarkibida ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvatlash xarajatlari jami xarjatlarning 59-60 %ini tashkil etmoqda. Iqtisodiyot xarajatlari esa 2013 yilda 11% ni 2015 yilda esa 10,6 %ni tashkil etishi ko’zda tutilgan. Markazlashtirilgan investitsiyalarni byudjetdan moliyalashtirish uchun 2011 yilda 950 mlrd. so’m, 2013 yilda 1059 mlrd. so’m, 2015 yilda esa 1300mlrd. so’m sarflanishi ko’zda tutilgan. Bu o’z navbatida hozirgi kunda amalga oshirilayotgan iqtisodiyotni modernizatsiyalash va yangilash, innovaion texnologiyalarni keng joriy qilish bilan bog’liq yirik va strategik ahamtyatga ega bo’lgan loyihalarni moliyalashtirishda byudjet investitsiyalarining ham ahamiyati yuqoriligidan dalolat beradi.

4- jadval

Davlat byudjetidan ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvatlash xarajatlari tarkibi4

 Ko’rsatkichlar

2011 yil

2013 yil

2015 yil

Mlrd. so’m

%da

Mlrd.

so’m

%da

Mlrd.

So’m

%da

Davlat byudjeti xarajatlari

16991

100

21571

100

26312,4

100

Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvatlash xarajatlari, jami

10112

59,5

12513

58

15573,5

59,4

Maorif

5890

34,6

7223

33,4

8984,6

34

sog’liqni saqlash

2217

13,0

2820

13,0

3768,6

14

madaniyat va sport

194

1,1

226

1,0

279,1

1,0

Fan

111

0,6

140

0,6

173,1

0,7

ijtimoiy ta’minot

74

0,4

93

0,4

107,3

0,4

oilalarga ijtimoiy nafaqalar

1582

9,3

1899

8,8

1839,9

6,9


4-jadval ma’lumotlaridan ko’rishimiz mumkinki, davlat byudjetining ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvatlash xarajatlari tarkibidagi maorif xarajatlari 2015 yilda jami byudjet xarajatlarning 34%ini tashkil etishi ko’zda tutilgan. Ushbu xarajatlar 2013 yilda 33,4%ni tashkil etdi. 2011 va 2013 yillarda sog’likni saqlashga o’sha tarkibda 13% xarajatlar qilingan bo’lsa, 2015 yilda esa 14% belgilangan. 2015 yilda ham byudjet tashkilotlarida ish haqi va ijtimoiy nafaqalarni izchil ravishda oshirib borilishi davom ettiriladi, byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqlari 1,23 barobar oshirish rejalashtirilgan.

Umuman olganda bozor munosabatlari tizimida, Davlat byudjeti xarajatlarining yarmidan ko’pi quyidagilarga yo’naltirildi:

– byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, barcha turdagi pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar, stipendiyalarning miqdorini inflyatsiya darajasidan yuqoriroq darajada oshirish. Bundan ko’zlangan maqsad, respublika aholisining turmush darajasini yanada oshirish va fuqarolarga ijtimoiy madadni kuchaytirishdan iborat;

– byudjet xarajatlarining ijtimoiy yo’naltirilganlik darajasini yanada kuchaytirish maqsadida ijtimoiy soha va ijtimoiy himoya uchun sarflangan xarajatlarning oshirilib borishi;



  • jamiyatni yangilash va o’tkazilayotgan islohotlarning asosiy bo’g’ini sifatida maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy Dasturini amalga oshirish uchun.


5- jadval

Davlat byudjetining iqtisodiyot xarajatlari tarkibi5


 Ko’rsatkichlar

2011 yil

2013 yil

2015 yil

Mlrd.

so’m

%da

Mlrd.

so’m

%da

Mlrd.

So’m

%da

Davlat byudjeti xarajatlari

16991,1

100

21571,7

100

26312,4

100

Iqtisodiyotga ajratilgan xarajatlar

1952,1

11,5

2372,0

11,0

2791,9

10,6

SHu jumladan:

Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi tasarrufidagi suv xo’jaligi tashkilotlari tomonidan iste’mol qilinadigan elektrenergiya to’lovlari



648,8

3,8

766,9

3,5

863,9

3,2


Moliya vazirligi huzuridagi sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash fondiga maqsadli ajratmalar

184,5

1,1

210,0

0,9

216,5

0,8

Hosildorligi past yerlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi fermer xo’jalklarini moliyaviy qo’llab-quvvatlash uchun maqsadli mablag’lar

140,0

0,8

160,0

0,7

200


0,7


Boshqa xarajatlar

978,8

5,7

1235,1

5,7

1552

5,9


5-jadval ma’lumotlari tahlilidan bilishimiz mumkinki, davlat byudjetidan iqtisodiyotn qo’llab quvvatlashga qilinadigan xarajatlar 2011 yilda 1952 mlrd so’m, 2013 yilda 2372,0 mlrd. so’mni tashkil qilib, 2015 yilda esa 2791,9 mlrd.so’m ko’zda tutilgan. Ushbu xarajatlar tarkibida qishloq va suv xo’jaligi vazirligi tasarrufidagi suv xo’jaligi tashkilotlari tomonidan iste’mol qilinadigan elektrenergiya to’lovlari 2015 yilda jami xarajatlarning 3,2%ini, sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash fondiga maqsadli ajratmalar 0,8%ini, hosildorligi past yerlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi fermer xo’jalklarini moliyaviy qo’llab-quvvatlash uchun maqsadli mablag’lar 0,7%ni, boshqa xarajatlar 5,9 %ni tashkil etishi ko’zda tutilgan. Umuman, davlat byudjetidan iqtisodiyot xarajatlari asosan qishloq va suv xo’jaligi tarmog’ida faoliyat yurituvchi xo’jalik sub’ektlarini moliyaviy qo’llab quvvatlashga yo’naltirilmoqda. SHu orqali agrar tarmoqda faolyat yurituvchi korxonalarni va xususan fermer xo’jaliklarini barqaror faoliyati uchun davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashga shart sharoitlar yaratib berilmoqda.

6.4.Iqtisodiyotning barqaror iqtisodiy o’sishini ta’minlash
Barqaror iqtisodiy o’sishni va uning yuqori sur’atlarini ta’minlovchi omillar juda ko’p. Asosiy jihat – ushbu omillarni to’g’ri aniqlab, ularni o’z vaqtida harakatga keltirish hisoblanadi. O’zbekistonda o’tgan yilda barqaror va yuqori o’sish sur’atlarini ta’minlagan omillar qatorida quyidagilarni keltirish mumkin:

  • tashqi va ichki bozor talablari asosida iqtisodiyotni chuqur tarkibiy o’zgartirish va diversifikatsiyalash jarayonlarining izchil amalga oshirilayotganligi;

  • ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilashni jadallashtirish, yo’l-transport va kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish hisobiga iqtisodiyotning raqobatdoshligini oshirish;

  • bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, raqobatni kuchaytirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash hamda ish o’rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan dasturiy vazifalarning o’z vaqtida bajarilayotganligi;

  • ichki talabni aholi bandligi va real daromadlarining oshishini ta’minlash hisobiga rag’batlantirish va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash bo’yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi;

  • qishloq xo’jaligini isloh etish bo’yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi, qishloqda bozor munosabatlarini joriy etish va xususiy mulkchilik shakllarini rivojlantirish, fermerlik harakatini qo’llab-quvvatlash uchun huquqiy, tashkiliy hamda moliyaviy shart-sharoitlarning yaratib berilishi, qishloq xo’jaligida ilg’or ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy qilish ko’lamining kengaytirilishi;

  • respublika moliya-bank tizimini yanada rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, uning faoliyatini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish borasida keng ko’lamli chora-tadbirlarning amalga oshirilishi

O’zbekiston iqtisodiyotining barqaror va mutanosib rivojlanib borayotganini 2005-yildan boshlab Davlat byudjeti profitsit bilan bajarilayotgani ham yaqqol tasdiqlab turibdi. 2000-2004 yillar davomida mamlakatimiz davlat byudjeti taqchilligini -1,0 foizdan -0,4 foiz darajasiga qadar pasaytirishga, 2005-2008 yillar davomida esa davlat byudjeti taqchilligiga barham berib, davlat byudjeti profitsitini 0,1 foizdan 1,5 foizga qadar oshirishga erish ildi. Keyingi yillarda mazkur jarayonlarga ham jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi o’zining salbiy ta’sirlarini ko’rsatishiga qaramasdan, byudjet profitsitini saqlab qolishga erishilmoqda. Xususan, 2015 yilda ham maqsadga muvofiq yo’naltirilgan chora-tadbirlar natijasida byudjet daromadlarining xarajatlaridan ortishini YaIMning 0,2 foizi darajasida ta’minlashga erishildi. Keyingi paytdlarda optimal boshqaruv yo’lga qo’yilayotganligi bois ham 2005 yildan boshlab 2015 yilga qadar muntazam ravishda davlat byudjeti profitsit bilan bajarilib kelinmoqda (2-rasm).

2-rasm.2005-2015 yillarda davlat byudjeti taqchilligi (profitsit) (yaimga nisbatan, %da)6
2015 yilda yalpi ichki mahsulot hajmining o’sish sur’ati 108 foiz darajasida bo’lishi ko’zda tutilmoqda. Bu borada sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining 8,3 foizga, qishloq xo’jaligi mahsulotlarining 6 foizga ko’payishi belgilanmoqda.  Iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni 11,7 foizga, shu jumladan, oziq-ovqat mahsulotlarini 11 foiz va nooziq-ovqat tovarlarini 12,1 foizga ko’paytirish, ushbu mahsulotlarni chakana savdo tarmog’i orqali sotishni 14,2 foizga oshirish vazifasi qo’yilgan.

Joriy yilda xizmat ko’rsatish sohasini yanada jadal sur’atlar bilan rivojlantirish mo’ljallanmoqda. Xizmatlar ko’rsatish hajmini 15,6 foizga oshirish va uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 54,5 foizga yetkazish nazarda tutilmoqda. Ayni paytda inflyatsiya darajasi 5,5 – 6,5 foizni tashkil etishi kutilmoqda. Bu 2014 yilga qaraganda sezilarli darajada pastdir. 

 2015 yilda ko’zda tutilayotgan kapital qo’yilmalar hajmi AQSH dollari hisobida 15 milliard 960 milliondollarni yoki 2013 yilga nisbatan 110,1 foizni tashkil etadi. Uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi esa 23,1 foizga yetadi. Ushbu mablag’larning 74,5 foizga yaqini ishlab chiqarish ob’ektlari qurilishiga, 43,1 foizi asbob-uskunalar sotib olishga yo’naltiriladi. CHet el investitsiyalari hajmi 3,5 milliard dollardan oshib, ularning umumiy kapital qo’yilmalar hajmidagi ulushi 22,1 foizni tashkil etadi. To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar ulushi esa 11,2 foizga ko’payadi. 

Yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlari har tomonlama chuqur va puxta o’ylangan izchil soliq va pul-kredit siyosatini amalga oshirish orqali ta’minlanadi. Ushbu siyosat, avvalambor, iqtisodiyotda soliq yukini kamaytirish, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatida uning rag’batlantiruvchi rolini kuchaytirishga qaratiladi. 



Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari
1. Mamlakatning iqtisodiy o’sish sur’ati qaysi ko’rsatkichlar orqali aniqlanadi?

2. O’zbekiston sharoitida ilm fan yutuqlari nimada namoyon bo’ladi?



3. MHT iqtisodietning qanday sohalarida ishlatiladi?

4. Mamlakatimizda samarali byudjet-soliq siyosatini yuritish amaliyoti qanday?



5. Davlat byudjetidan ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvatlash xarajatlari tarkibi qanday ?

6. Davlat byudjetidan ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvatlash choralari nimadan iborat?





1 O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari

2 O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari

3O’zbekiston Respublikasi davlat Soliq qo’mitasi ma’lumotlari, 2013 yil.

4O’zbekiston Respublikasi davlat Soliq qo’mitasi ma’lumotlari

5O’zbekiston Respublikasi davlat Soliq qo’mitasi ma’lumotlari.

6O’zbekiston Respublikasi DSQ ma’lumotlari, 2015 yil.

Download 69.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling