Milliy iqtisodiyotni shakllanish jarayonini o’rganadi;
Bozor iqtisodiyotini shakllanish jarayonini o’rganadi;
Mamlakat iqtisodiyotini isloh qilish printsiplarini o’rganadi.
Mamlakat iqtisodiyotining isloh qilishni milliy o’zbek modelini mohiyatini
o’rganadi.
Iqtisodiyotning boshqarish shakllarini qayta qurish, yangi boshqaruv tashkilotlari tizimini yaratish, davlat boshqaruvini tashkil qilishni o’rganadi.
Milliy iqtisodiyot fani boshqa iqtisodiy fanlar bilan, hususan iqtisodiyot nazariyasi, statistika, iqtisodiy geografiya, tarix, sotsiologiya, makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, iqtisodiy ta’limotlar tarixi va boshqa fanlar bilan chambarchas bog’liqdir.
Milliy iqtisodiyot iqtisodiy fanlarning tarkibiy qismi sifatida umumiy qonunlar asosida rivojlanadi. U avvalo, iqtisodiyot nazariyasi bilan bog’liq. Ma’lumki, iqtisodiyot nazariyasi fani insonning, jamiyatning iqtisodiy faoliyati, ya’ni moddiy va ma’naviy ne’matlarni ishlab chiqarish hamda xizmat ko’rsatish jarayonlarini, shu bilan birga, iqtisodiy qonunlar, kategoriyalar hamda ularni amal qilish mexanizmini o’rganadi. U kishilik jamiyati paydo bo’lgandan buyon rivojlanib takomillashib kelayapti.
Milliy iqtisodiyot kursi iqtisodiy rivojlanishni va takomillashishining bir, maxsus davriga, ya’ni markazdan turib boshqariladigan iqtisodiyotni bozor iqtisodiyotiga o’tish davriga to’g’ri keladi. Bu eski iqtisodiy tizimni tubdan isloh qilish va yangi ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini yaratish davrini ifodalaydi. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni takror ishlab chiqarish Milliy iqtisodiyotning predmeti bo’lib hisoblanadi.
Milliy iqtisodiyot kursi moliya va kredit, soliq va soliqqa tortish, sug’urta kabi iqtisodiy fanlarning nazariy tomonlarini ma’lum davlatning – O’zbekiston Respublikasining xususiyati va sharoitiga bog’laydi. Bo’lajak iqtisodiyot mutaxassislari e’tiborini o’z mamlakatining iqtisodini chuqur va har tamonlama o’rganishga qaratadi. Milliy iqtisodiyot fanini o’rganish makro va mikroiqtisodiyot, sotsiologiya, tarix, iqtisodiy geografiya, statistika, informatsion texnologiya va boshqa fanlarni chuqur bilishni taqozo qiladi. CHunki, iqtisodchi- mutaxassis iqtisodiy faoliyatni barcha jarayonlarini to’liq va har tomonlama o’rganish uchun iqtisodiy, huquqiy, texnika va boshqa fanlarni ham bilishi lozim bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |