Mavzu: milliy iqtisodiyotning shakllanishi va rivojlanishi


xo’jaligi to’g’risida», «Fermer xo’jaligi to’g’risida», «Raqobat to’g’risida»


Download 52.94 Kb.
bet8/11
Sana21.02.2023
Hajmi52.94 Kb.
#1218867
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-Mavzu

xo’jaligi to’g’risida», «Fermer xo’jaligi to’g’risida», «Raqobat to’g’risida»,


«Tadbirkorlik faoliyati erkinlagining kafolatlari to’g’risida» va hokazolar kabi 600 dan oshiq qonunlar, 12 ta kodeks qabul qilindi. Kodeks bu sohalar bo’yicha qabul qilingan qonunlarni mujassamlanishidir.
O’zbekistonda iqtisodiyotning asosini tashkil etuvchi ishlab chiqarish sohasiga alohida e’tibor berildi va berilmoqda. Ushbu sohaning eng asosiy tarmog’i sanoatning an’anaviy rivojlangan turlari – qishloq xo’jalik mashinasozligi, kimyo sanoati kabilar bilan bir qatorda mutlaqo yangi sanoat sohalarini tashkil etish zarur bo’ldi.
O’zbekiston iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biri qishloq xo’jaligi hisoblanadi. Uning asosiy bo’g’ini bo’lgan paxtachilik eng rentabelli va xaridorgirdir. SHu sababdan, kelajakda ham paxtachilikni rivojlantirish, uning tarmoq infrastrukturasida qulay, mos hajmini, salmog’ini aniqlash, shuningdek, tola sifatini tubdan yaxshilab, dunyo standarti darajasiga keltirish eng dolzarb muammodir.
Davlatimiz nisbatan katta hududga ega va uning geografik o’rni ham alohida xususiyatlarga molik. Bu holat qurilish va transportni ham jadal sur’atlar bilan rivojlantirish vazifasini qo’yadi. Yalpi ishlab chiqarish maydonlarini, uy-joy, yo’l qurilishi, madaniy-maishiy muassasalar, ta’lim va sog’liqni saqlash sohalarining mustaqil moddiy-texnik poydevorini yaratish qurilish sohasining mazmunini tashkil etadi.
Sobiq SSSR davrida respublikada transportning muhim turi bo’lgan dengiz transportiga ega emasligimiz, temir yo’lning esa past darajadaligi va faqat bir tomonga, shimolga qaratilganligi ushbu jabhalarda chuqur o’zgarishlarni amalga oshirishni nazarda tutdi. SHuning uchun bu sohani rivojlantirishga katta e’tibor berildi.
SHuni alohida ta’kidlash lozimki, havo transporti respublika xayotida muhim o’rin egallaydi. «O’zbekiston havo yo’llari» milliy aviakompaniyasi dunyoning ko’plab mamlakatlari bilan passajir va yuk tashish aloqalarini o’rnatdi.

Download 52.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling