Mavzu: Milliy qadriyatlar-millat iftixori
Download 346.27 Kb. Pdf ko'rish
|
3-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nikoh to’yi
- Ertalabki osh marosimi
Xatna qilish to’yi – islom tomonidan muqaddas deb e’zozlangan yana bir qadimiy o’zbek
odatidir (sunnat to’yi). Bu marosim o’g’il bolalar uchun 3, 5, 7, 9 yoshga kirganda, kamdan-kam hollarda 11-12 yoshda o’tkaziladi. Sunnat to’yining o’tkazilishi jamoatchilik tomonidan nazorat qilinadi. Nikoh to’yi- ota-onalarning ruxsati va duosi bilan, bir necha bosqich qilib o’tkaziladi. O’g’il voyaga yetganda ota-onasi unga mos keladigan qizni izlay boshlaydilar. Bu jara1yonga yaqin qarindoshlari, qo’shnilari, oshnalari ham kirishadi. Qizni topgandan keyin yigitning xolalari yoki ammalari qizning uyiga uni ko’rish, ota-onalari bilan va ehtimoliy kelinning uydagi ahvoli bilan tanishish uchun biror bahona bilan kiradilar. Shundan so’ng qo’shnilari va tanishlari tanlangan qizning oilasi haqida surishtiradi. Ertalabki osh marosimi to’y (sunnat to’yi yoki nikoh to’yi) va aza ma’rakasida (o’limidan keyin 20 kun hamda bir yildan keyin) o’tkaziladi. To’yni o’tkazuvchilar ertalabki oshning kuni va vaqtini avvaldan mahalla yoki kvartal qo’mitasining jamoatchiligi bilan kelishgan holda belgilaydilar. Shu kunga qarindoshlar. qo’shnilar va tanishlariga taklifnomalar yuboriladi. O’zbek oilasining asosiy o’ziga xos xususiyatlari mehmondo’stlik va yoshi kattalarga an’anaviy hurmat-ehtiromli muomala qilishdir. O’zbeklar odatda bir nechta avlodlardan iborat bo’lgan katta oilalar tarkibida yashaydi, shuning uchun ular ko’proq hovlisi bo’lgan katta uylarni yoqtirishadi. Maishiy hayotida mehmondo’stlikning bir qismi bo’lgan choyxo’rlik marosimi katta ahamiyatga ega bo’ladi. Bunda choy damlash va uni mehmonlarga quyib berish faqat mezbonning mutlaq huquqi bo’ladi. Tushlik yoki kechki ovqatga takliflarni doimo qabul qilish va o’z vaqtida kelish qabul qilingan. O‘zbek xalqining paydo bоlish tarixi qanchalik uzoqqa borib taqalsa, uning milliy ananalari, urf-odatlari, marosimlari h’am shunchalik teran tarixiy ildizga ega. Ular xalqning manaviy eh’tiyojlari zamirida paydo bоlib, shakllanib, sayqallanib оz mazmunida оsha xalqning orzu-armonlari, оylari, istaklari, turmush tarzi, axloq qoidalarini mujassam etadi. Shuning uchun h’am h’ar bir xalq, millat, elat ularni kоz qorachigidek asrab-avaylab, taraqqiy ettirmog’i kelgusi avlodlarga manaviy qadriyat sifatida yetkazmog’i lozim. Darhaqiqat an’analar, urf-odatlar, marosim va bayramlar xalqning, millatning manaviyati, qadriyatlarining ajralmas qismi. Prezidentimizning say-h’arakatlari tufayli jamiatni manaviy yuksaltirish, milliy qadriyatlarimizni tiklash, ularning umrboqiyligini taminlash borasida juda katta g’amxоrliklar qilinmoqda. Bu esa mamlakatimiz kelajagi bоlgan yoshlarni milliy qadriyatlarimiz ruhida manan barkamol qilib tarbiyalashga imkon beradi. Yurtboshimizning 1998-yil 28-oktyabrdagi tоy-h’ashamlar, oilaviy tantanalar, maraka va marosimlarni, marh’umlar xotirasiga bag’ishlangan Farmonlari oilaviy qadriyatlarni tiklashda, ularning mazmun va moh’iyatini yuksaklikka kоtarishda muh’im ah’amiyatga ega. Xalqimiz mustaqillik sharofati bilan оzligimizini namoyon qiladigan ananalarimiz, urf- odatlarimizni qaytadan tiklab, ularni mazmunan boyitish imkoniyatiga ega bоldi. Sharq xalqlarining muh’im qadriyati h’isoblanadigan «Navrо’z», «Mehrjon» bayrami, «Rо’za hayiti», «Qurbon hayiti» xalqqa qaytarildi. Bu istiqlol sharofati, mustaqillik tufaylidir. Urf-odat, an’ana, udum – bu hammasi millatimiz merosidir. Ularni asrab-avaylamog`imiz, kelgusi avlodlarimizga ham yetkazmog`imiz zarur. Chunki mana shu an’analar asosida xalq o’zligini, o’tmishini, ajdodlar merosini anglaydi, shu millat farzandi sifatida his qiladi. Demak, shunday ekan, ularning yo’qolishiga yo’l qo’ymaylik... Mavzu yuzasidan savollar: 1. An’ana, udum deganimizda nimani tushunasiz? 2. Dunyo xalqlarining an’ana va urf-odatlari bir xil deb o’ylaysizmi? Nima uchun? 3. Millatimizga xos qanday urf-odat va an’analarimizni bilasiz? 4. Milliy an’analarimiz orqali o’zlikni anglash mumkinmi? 5. Qaysi milliy an’analarimiz sizga ko’proq yoqadi? Nima uchun? 6. O’zbek xalqi va qoraqalpoq xalqi milliy udumlari orasida o’xshashliklar bormi? Download 346.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling