Mavzu: Milliy qo`g`irchoq turlari, ishlatiladigan asbob-moslamalar, gazlama va ularning turlari Darsning ta`limiy maqsadi


Download 54 Kb.
bet3/4
Sana24.03.2023
Hajmi54 Kb.
#1293360
1   2   3   4
Bog'liq
Ochiq dars milliy oqg`irchoq

III.Yangi mavzu bayoni.
Turli xil gazlamalardan hamda gazlama qoldiqlaridan yumshoq o`yinchoqlarni tikish mumkin. Bunday o`yinchoqlarni bezashda turli xil mex, charm, porolon, tasmalardan foydalaniladi.O`yinchoqning ko`zlari uchun tugmachalar va taqinchoqlar, og`zi uchun esa charm va kleyonka ishlatiladi.
Ko`p qizlar qo`g`irchoq o`ynashni va qo`liga igna ushlashi bilan qo`g`irchoqlariga ko`ylak tikishni yaxshi ko`radilar.Qo`g`irchoqning tana qismi tayyorlanadi. Tana qismi uchun zich to`qilgan ochiq rangdagi sidirg`a gazlamadan foydalanailadi. Tana qismi sintefon yoki paxta bilan to`ldiriladi.So`ngra sochlari qora jun ipdan tayyorlanib yopishtiriladi yoki tikib qo`yiladi.Qo`g`irchoqning yuz qismi kashta bilan bezatilishi mumkin. Tayyor b`lgan qo`g`irchoq uchun ko`ylakni atlas yoki gazlama bo`laklaridan foydalanib tikish mumkin. Buning uchun tayyor qo`g`irchoqning o`lchamlari olinib, ko`ylakning chizmasi chiziladi. Bunda ko`ylakning orqa bo`lagiga bel qismigacha taqilma bo`lishi kerak.Lozim ham tikilib, uning pochasiga jiyak o`rniga tasma bilan yoki kashta tikiladi.
Kavishi qora rangdagi istalgan gazlamadan tayyorlanadi. Bunda berilgan o`lchamda kavish tikilib, sintefon bilan to`ldiriladi va qo`g`irchoqning oyoq uchlariga tikib qo`yiladi.
Milliy qo`g`irchoq va “barbi”larni o`quvchilarga ko`rsatib ularning farqini, qaysi jihati ularga yoqishini va sababi so`raladi. O`quvchilarni fikrini tinlagandan so`ng milliyligimizga yot bo`lgan liboslari, yuzi va gavdasining tuzilishi, sochi, ko`zlarining rangidagi farqi haqida tushuncha beriladi. Qo`g`irchoqlar ham “Ommaviy madaniyat”ning bir turi hisoblanadi.Qizaloqlar qo`g`irchog`ini yaxshi ko`rganligi sababli ularga o`xshab kiynishi, makiyajiga havas qiladi, qolaversa sochlarini sariq yoki boshqa rangga bo`yagisi keladi.
Mavzuning fanlararo bog`lanishini slayd orqali ko`rsatiladi, kataklarni o`quvchilar bilan birgalikda to`ldiriladi



Vatan tuyg`usi

Milliy qadriyatlarimiz an`analarimiz,kiyinish odobi urf-odatlarimiz haqida bilib olamiz






Download 54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling