Mavzu: Milliy qo`g`irchoq turlari, ishlatiladigan asbob-moslamalar, gazlama va ularning turlari Darsning ta`limiy maqsadi


Download 54 Kb.
bet2/4
Sana24.03.2023
Hajmi54 Kb.
#1293360
1   2   3   4
Bog'liq
Ochiq dars milliy oqg`irchoq

I.Tashkiliy qism:Salomlashuv ,davomatni aniqlash, darsga tayyorgarlik ko`rish.
O`qituvchi: Hamma so`zlar ichida, salom sevgan so`zimiz,
Tilimizni shu so`zga o`rgatgan ham o`zimiz,
Sizlar doimo deysiz
O`quvchilar; Assalomu aleykum!
Darsning kirish qismida yangiliklar haqida ma`lumot beriladi.
O`qituvchi: Haftada bor yetti kun, yetti kunu, yetti tun,
Qani ayting chi qizlar
Bugun qanday, qaysi kun?
O`quvchi: o`quvchi javob beradi.
O`qituvchi: Bahor faslida qanday kunlarni nishonlaymiz?
1-o`quvchi: 1-Mart Zulfiyaxonim tavallud topgan kun, 8-Mart xalqaro xotin-qizlar bayrami.
2-3-4-o`quvchi: 22-Mart Navro`zi olam, 2-aprel Xalqaro bolalar kitoblari kuni, 9-aprel A.Temur tavallud topgan kun. 9-May Xotira va Qadrlash kuni.
O`qituvchi : 2023-yil Yurtboshimiz tomonidan qanday yil nomlanishi e`lon qilindi?
O`quvchi:“2023-yil "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili” deb nomlandi.
O`qituvchi: Aziz o`quvchilar mehnat darslarida, qanday bilim ko`nikmaga ega bo`lasizlar?
O`quvchi: Bichish-tikishni, pazandachilik sirlarini, zardo`zlik, quroqchilik, kashtado`zlik, vaho kazolarni o`rgandik.
II. O`tgan mavzuni “Klaster” usuli orqali mustahkamlanadi.O`quvchilar doirachalarga tegishli so`zlarni yozishlari kerak.
Qiyqcha(belbog`)ning vazifasi nimalardan iborat?
Qiyiqchani tikish uchun qanday asbob-moslamalar kerak bo`ladi?
Qiyiqcha uchun qanday gazlama ishlatilgani ma`qul?
Qiyiqcha tikish uchun qanday kashta choki turidan foydalaniladi?
Qiyiqcha tikish bosqichlarini aytib bering.



Slayd orqali kashtachilik san`ati namoyish etib, tushunchalar beriladi.
Slayd orqali „Aql charxi“ texnologiyasi bo`yicha berilgan so`zlardan gap tuzish. 1-guruhga: gul, mato, sovg`a, dasturxon, qalam, barg.Masalan: Matodan sovg`a uchun dasturxon tayyorlab,unga qalam bilan gul bargini chizib tikdim.
2-guruhga; lola, qog`oz, kapalak, ip, ona, sariq. Masalan: Sariq qog`ozdan lola, kapalak yasab ip bilan bog`lab onamga sovg`a qildim.
Bexato va mazmunli gap tuzgan guruhni kartochk bilan rag`batjantiriladi.

Download 54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling