Mavzu: Milliy tarbiyaning mazmuni va mohiyati reja milliy tarbiya tushunchasi Milliy tarbiya va uning o’ziga xos hususiyatlari Milliy tarbiya turlari “Tarbiya”-arabcha “parvarish qilish”,”ta’lim berish”,”o’rgatish”, “odob o’rgatish”,”mehribonlik


Download 106.51 Kb.
Sana07.01.2023
Hajmi106.51 Kb.
#1082642
Bog'liq
1-2-mavzu


Mavzu: Milliy tarbiyaning mazmuni va mohiyati
REJA
  • Milliy tarbiya tushunchasi
  • Milliy tarbiya va uning o’ziga xos hususiyatlari
  • Milliy tarbiya turlari

Tarbiya”-arabcha “parvarish qilish”,”ta’lim berish”,”o’rgatish”,
“odob o’rgatish”,”mehribonlik ko’rsatish”,”ko’z-quloq bo’lish”, ”himoya qilish” ma’nolarini anglatadi
Tarbiya-muayyan,aniq maqsad hamda ijtimoiy,tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o’stirish,uning ongi,xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayonidir.
Tarbiya-muayyan maqsad asosida,rejali,uzluksiz ravishda amalga oshiriladigan davomiy jarayondir
Xalqimiz azaldan sharqona tarbiya ko’rgani bois,ezgu fazilat va milliy qadriyatlar qon-qonimizga singib ketgan.Shu tariqau ma’naviy mezon-larga hos odob-ahloq,komillik sari yetaklovchi fazilatlarni uyg’otib ,ha-miyatimizni ,orimizni qo’zg’atib turadi.Bu bizning milliy tarbiyamizdir.
Milliy qadriyat
Milliy qadriyat murakkab ijtimoiy –ruhiy hodisa bo’lib , millatning tili, madaniyati, tarixi, urf-odatlari,an’anajari, jamiki moddiy va ma’naviy boyliklari, iqtisodiy, ijtimoiy- siyosiy hayotining barcha tomonlaridir.
AN’ANA
Tarixiy taraqqiyot jarayonida tabiiy va ijtimoiy ehtiyojlar asosida vujudga keladigan ,avloddan avlodga meros bo’lib o’tadigan , kishilar ma’naviy hayotiga ta’sir ko’rsatadigan madaniy hodisadir.
ODAT
Kishilarning turmushiga singib ketgan, ma’lum muddatda takrorlanib turuvchi xatti –harakat, ko’pchilik tomonidan qabul qilingan xulq-atvor, qoidalar ko’nikmasidir.
MAROSIM
Inson hayotidagi muhim sanalarni nishonlashga qaratilgan , rasmiy va ruhiy ko’tarinkilik vaziyatida o’tadigan , umum qabul qilingan tartib qoidalarga amal qilinadigan tadbir sanaladi.
An’ana, marosim,milliy urf-odatlar o’zbekning o’zligidir!
“Tarbiya biz uchun yo hayot,yo mamot,yo najot,yo halokat,yo saodat,yo falokat masalasidir”
Abdulla Avloniy
Tarbiya mazmuni
Tarbiya maqsadining aniqligi
Bolalar va kattalarning birgalikdagi faoliyati
O’z-o’zini angash
Ihtiyoriylik
Tarbiyaning shahsga yo’naltirilganligi
Jamoa yo’nalishi
Tarbiya qoidalari
  • Tarbiyaning maqsadga qaratilganlik qoidasi
  • Tarbiyada insonparvarlik va demokratiya qoidalari
  • Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi
  • Tarbiyada izchillik va tizimlilik, tarbiyaviy ta’sirning uyg’unligi

Milliy tarbiya jarayonining o’ziga xos hususiyatlari
  • Maqsadga yo’naltirilganligi
  • Ko’p qirrali jarayon ekanligi
  • Uzoq muddat davom etishi
  • Uzluksizligi

Milliy tarbiya turlari
Aqliy
Jismoniy
Nafosat
Ekologik
Axloqiy
Mehnat
Xuquqiy
Fuqarolik
Iqtisodiy
Diniy
AQLIY TARBIYA
Aqliy tarbiya- idrokni insonning bilishga oid barcha vazifalari vositasida rivojlantirishni, aqliy faoliyatning o’z –o’zini tashkil qilish mehanizmini shakllantirishni, aqliy qobiliyatlar va ijodiy salohiyatni rivojlantirishni taklif qiladi.
JISMONIY TARBIYA
Sog’liqni mustahkamlash va to’g’ri jismoniy rivojlanishga erishishga qaratilgan tarbiya
FUQAROLIK TARBIYASI
Fuqarolik ongining vujudga kelishi , o’z qarashlarida sobit qolish qobiliyatini shakllantirib, vatanparvarlik, baynalminalchilik kabi oliy fazilatlar bilan tarbiyalaydi.
AHLOQIY TARBIYA
Harakterning ahloqiy sifatlari, ko’nikmalar va xulq atvorning shakllanish jarayoni.
NAFOSAT TARBIYASI
Fikrlashda, ishlashda xatti –harakatda, tashqi ko’rinishda go’zal bo’lishga intilishdir.
MEHNAT TARBIYASI
Mehnat faoliyatiga qo’shish jarayoni, har tamonlama va uyg’un rivojlangan shaxs shakllanishining asosi.
HUQUQIY TARBIYA
Huquqiy ong va huquqiy xulq- atvorni shakllantirishdan iborat.
IQTISODIY TARBIYA
Jamiyatning iqtisodiy hayotini tushunish, bozor sharoitlarida iqtisodiy fikrlashni shakllantirish, ishbilarmonlik xislatlarini ta’minlaydi.
EKOLOGIK TARBIYA
Ekologik ong shakllanishi, ekologik madaniyat tarbiyasi jarayonidir.
Tarbiya metodlari
  • Tushuntirish (o’rgatish,odatlantirish, mashq qildirish)
  • Namuna (maslahat berish, uzr so’rash, o’rnak bo’lish,yaxshiliklar to’g’risida gapirish)
  • Nasihat berish (undash, ko’ndirish, iltimos qilish, yolvorish, tilak bldirish, ma’qullash, rahmat aytish,duo qilish, oq yo’l tilash)
  • Rag’batlantirish( maqtash, o’rnak qilib ko’rsatish, qo’llab quvvatlash, sovg’alar berish)
  • Qoralash va jazo( ta’kidlash, ta’na, gina, tanbeh, majbur qilish, koyish, urish, kaltaklash

Tarbiya vositalari
Tarbiya vositasi- kam o’rganilgan pedagogik kategoriya hisoblanadi. Biroq oxirgi yillarda ushbu muammoni o’rganish dolzarbligi kuzatilmoqda . Sababi maktab, o’qish, kitob, o’qituvchi nutqi, ota-ona so’zi bolaga ta’sir etishning , shaxs rivojlanishi va shakllanishining asosiy omili, yagona manbai bo’lmay qoldi.
Tarbiya texnologiyasi
Tarbiya jarayonida shakllar, yo’llar, usullar va vositalarning jamuljamligidir.
Tarbiyaning zamonaviy texnologiyasi
Tarbiyalanuvchilarga uchta yo’nalish bo’yicha ta’sir ko’rsatadi:
  • Ongga
  • Hissiyotga
  • Xulqqa

Tarbiya usuli
Tarbiya usuli bu- tarbiyaning ma’lum maqsadlariga yetishish yo’li
USUL- bu tarbiyalanuvchilarning ong, iroda, hissiyot, xulq- atvoriga ularda tarbiyaning ma’lum maqsadlari orqali fazilatlarni ishlab chiqish maqsadlari bilan ta’sir ko’rsatish yo’li.
Tarbiya nazariyasi
Pedagogika fanining bir qismi bo’lib, tarbiyaviy jarayonning mazmuni, usuli va tashkil etish masalalarini o’rganadi. Tarbiya nazariyasi markaziy Osiyo faylasuflarining va xalq pedagoglarining tarbiya borasida boy tajribalariga tayanadi.
O’ylab ko’ring !!!
  • Nima uchun bola maqtovni yoqtiradi ?
  • Qaysi holatlarda bolani kaltaklash mumkin ?
  • Xalq og’zaki ijodining qaysi janrlaridan foydalanib bolaga tarbiya berishimiz mumkin ?
  • Bolani ko’proq nimaga odatlantirishimiz kerak ?
  • Nima deb o’ylaysiz : bugungi kun bolalarining tarbiyasiga telefonning ta’siri ijobiymi yoki salbiy ?

Mustahkamlash uchun savollar
  • Milliy tarbiya tushunchasi nima ?
  • Milliy tarbiyaning o’ziga xos hususiyatlarini ko’rsating.
  • Tarbiya turlari va qoidalarini tushuntiring.
  • Tarbiya metodlari va vositalari nima ?

Download 106.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling