Mavzu: Milliy va adabiy til


Qadimgi turkiy til va eski turkiy til


Download 133.02 Kb.
bet3/3
Sana25.03.2023
Hajmi133.02 Kb.
#1294589
1   2   3
Bog'liq
Ona tili 1-Mavzu Milliy va adabiy til

Qadimgi turkiy til va eski turkiy til .

  • Qadimgi turkiy tillar — turli turkiy xalqlar yozma yodgorliklarida saqlangan, lekin hozirgi kunda aloqaaralashuv vazifasini yoʻqotgan tillarni bildiruvchi shartli atama. Bu tillar amal qilgan vaqt chegarasi ancha katta davrni qamrab oladi.
  • Qadimgi turkiy tillart.ning eng qadimiysi urxunenisey (turkrunik) yodgorliklari tili boʻlib, uning adabiy varianti 7—9-asrlarga toʻgʻri keladi. Runik bitiklar Sharqda Lena daryosidan Gʻarbda Dunay daryosigacha boʻlgan ulkan hududdan topilgan. Eng yirik bitiklar Urxun va Yenisey daryolari havzalarida aniqlangan. Urxun bitiklari dastlab 1893-yilda V.Tomsen va V.V.Radlovshr tomonidan oʻqilgan (qarang Urxunenisey yezuvi). Umumiy runik tilning shakllanishiga oʻgʻuz qabilalarining tili asos boʻlgan. Adabiy til sifatida runik tildan turli qabilaurugʻlar va ijtimoiy tabaqalar foydalangani tufayli maʼlum darajada vazifaviyuslubiy va mintaqaviy variantdorlikka, muayyan ishlanganlik, meʼyoriylikka ega boʻlgan.

Eski oʻzbek tiliChigʻatoy tili yoki Sharqiy turkcha (Chagʻatoy turkchasi Türkčä til) — turkiy tillarning qarluq guruhiga mansub oʻlik tillardan biri; mahalliy turkiy lahjalar negizida oʻzidan oldingi davrlar (masalan, Qoraxoniylar — 11-12-asrlar; Oltin Oʻrda — 13-14-asrlar)ning adabiy-lisoniy anʼanalari taʼsiri ostida shakllangan va 14-asr 2-yarmidan 19-asr oxirlarigacha mavjud boʻlgan yozma kitobiy til.

  • Eski oʻzbek tiliChigʻatoy tili yoki Sharqiy turkcha (Chagʻatoy turkchasi Türkčä til) — turkiy tillarning qarluq guruhiga mansub oʻlik tillardan biri; mahalliy turkiy lahjalar negizida oʻzidan oldingi davrlar (masalan, Qoraxoniylar — 11-12-asrlar; Oltin Oʻrda — 13-14-asrlar)ning adabiy-lisoniy anʼanalari taʼsiri ostida shakllangan va 14-asr 2-yarmidan 19-asr oxirlarigacha mavjud boʻlgan yozma kitobiy til.

Eski oʻzbek tili qadimgi turkiy tilning bevosita davomi va hozirgi oʻzbek tilining asosi hisoblanadi. Ayrim ilmiy manbalarda „chigʻatoy tili“ deb ham ataladi, ammo eski oʻzbek tilining Chigʻatoyga, moʻgʻullarga hech qanday aloqasi yoʻq, buning ustiga oʻsha davr yozuvchi va shoirlari oʻz tillarini turkiy(til) deb nomlaganlar. Qarluq, oʻgʻuz, qipchoq guruhlariga mansub turkiy tillar oʻrtasidagi mintaqaviy variantlashuv (oʻzgarishlar) va jadal, samarali aloqamunosabatlar tufayli kelib chiqqan turli lahjaviy shakllarni oʻz ichiga olgan eski oʻzbek tili umumlahjaviy (barcha lahjalar uchun umumiy) xususiyatga ega boʻladi. Bu xususiyat koʻplab arabcha, forscha oʻzlashmalar, shuningdek, arab grafikasining qoʻllanishi oqibatida yanada chuqurlashadi, murakkablashadi. Buning natijasida eski oʻzbek tilidagi asarlar Bosfordan Oltoy va Hindistongacha choʻzilgan hududda yashovchi turkiyzabon xalqlar tomonidan keng oʻqiladigan boʻlgan. Shuni aytish kerakki, arabcha, forscha soʻz va iboralarning koʻplab qoʻllanishi va uslubiy vositalar sababli kitobiy til jonli tildan jiddiy farq qilgan. Yozma adabiyotning kam tarqalganligi tufayli lahja xususiyatlari saqlanib qolgan. Bunday xususiyatlar adabiy asarlarda ham maʼlum darajada oʻz aksini topgan. Fargʻona va Movarounnahrda yozilgan adabiy asarlar tili bilan Xorazmda yozilgan adabiy asarlar tili oʻrtasida maʼlum lahjaviy farqlar sezilib turgan.

  • Eski oʻzbek tili qadimgi turkiy tilning bevosita davomi va hozirgi oʻzbek tilining asosi hisoblanadi. Ayrim ilmiy manbalarda „chigʻatoy tili“ deb ham ataladi, ammo eski oʻzbek tilining Chigʻatoyga, moʻgʻullarga hech qanday aloqasi yoʻq, buning ustiga oʻsha davr yozuvchi va shoirlari oʻz tillarini turkiy(til) deb nomlaganlar. Qarluq, oʻgʻuz, qipchoq guruhlariga mansub turkiy tillar oʻrtasidagi mintaqaviy variantlashuv (oʻzgarishlar) va jadal, samarali aloqamunosabatlar tufayli kelib chiqqan turli lahjaviy shakllarni oʻz ichiga olgan eski oʻzbek tili umumlahjaviy (barcha lahjalar uchun umumiy) xususiyatga ega boʻladi. Bu xususiyat koʻplab arabcha, forscha oʻzlashmalar, shuningdek, arab grafikasining qoʻllanishi oqibatida yanada chuqurlashadi, murakkablashadi. Buning natijasida eski oʻzbek tilidagi asarlar Bosfordan Oltoy va Hindistongacha choʻzilgan hududda yashovchi turkiyzabon xalqlar tomonidan keng oʻqiladigan boʻlgan. Shuni aytish kerakki, arabcha, forscha soʻz va iboralarning koʻplab qoʻllanishi va uslubiy vositalar sababli kitobiy til jonli tildan jiddiy farq qilgan. Yozma adabiyotning kam tarqalganligi tufayli lahja xususiyatlari saqlanib qolgan. Bunday xususiyatlar adabiy asarlarda ham maʼlum darajada oʻz aksini topgan. Fargʻona va Movarounnahrda yozilgan adabiy asarlar tili bilan Xorazmda yozilgan adabiy asarlar tili oʻrtasida maʼlum lahjaviy farqlar sezilib turgan.

Download 133.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling