Mavzu: Milliy xavfsizlikni ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar. Reja


Download 18.53 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi18.53 Kb.
#1551420
Bog'liq
tarix


Mavzu: Milliy xavfsizlikni ta'minlash borasida
amalga oshirilayotgan ishlar.
Reja:
1. Milliy xavfsizlikni ta’minlash.
2. Milliy xavfsizlikni ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar.
3. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan yaqin qoshnilar bilan konstruktiv va o’zaro manfaatli munosabatlar o’rnatish

Mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash Ozbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo’nalishi sifatida belgilab berildi. Markaziy Osiyoda ishonch muhitini qaror toptirish yo’lida amalga oshirilgan say-harakatlar Toshkentga chegara hamda suvdan foydalanish singari murakkab va nozik masalalarda tub burilish yasash imkonini berdi. Bu muammolar yillar davomida yechilmasdan, mintaqadagi tanglikka sabab bo’layotgan edi. O’tgan yili O’zbekistonning qo’shni davlatlar bilan o’zaro tovar ayirboshlash hajmi 20 foiz osib, qariyb 3 milliard AQSh dollariga yetdi. Prezidentimiz Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Ostona shahrida bolib o’tgan maslahat uchrashuvida yaqin yillarda o’zaro savdo hajmini 5 milliard AQSh dollariga yetkazish mo’ljallanayotganini ta’kidladi. Ayni paytda mintaqadagi barqarorlik hamda izchil taraqqiyot bevosita qoshni Afg’onistonda tinchlik va osoyishtalik qaror topishi bilan uzviy bog’liqdir. Binobarin, ushbu mamlakat Markaziy Osiyoning ajralmas qismi bo’lgan hamda shunday bo’lib qolajak. Bizni umumiy tarix, din, madaniyat va urf-odatlar hamda xavfsizlikni taminlash, savdo-sotiqni rivojlantirish sohasidagi manfaatlar birlashtiradi. Tinch Afgoniston Markaziy Osiyo davlatlarining Hind okeani va Fors korfazi portlariga eng qisqa yo’lini taminlashi, Hindiston, Eron hamda Pokistonni Yevropa va Yaqin Sharq bozorlari bilan bog’lashi mumkin.


Shuning uchun ham Afg’onistonni mintaqaviy muammolar, tahdidlar manbai sifatida emas, balki noyob strategik imkoniyatlar mamlakati sifatida qarash o’rinli. Bu esa, oz navbatida, butun Yevroosiyo mintaqasida keng transmintaqaviy munosabatlarni rivojlantirishga turtki beradi. O’tgan davr mobaynida O’zbekiston Afg’oniston bilan ikki tomonlama munosabatlarni sezilarli darajada kengaytirdi, afgon muammosini hal qilish bo’yicha xalqaro say-harakatlarga faol qo’shildi. O’zbekiston Afg’oniston munosabatlari yuqori suratlarda rivojlanayotgani mamlakatimiz rahbari 2017 yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi, noyabr oyida Samarqandda bolib otgan Markaziy Osiyo boyicha yuqori darajadagi anjuman hamda yaqinda Ostonada bolib otgan mintaqa davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvida ilgari surgan Ozbekistonning yangi tashqi siyosat strategiyasining amaliy natijasidir. Bugun Toshkent Afgoniston bilan savdo-iqtisodiy, transport, energetika va madaniy-gumanitar aloqalarni har tomonlama rivojlantirish boyicha izchil hamda qatiy siyosat olib borayapti. Ikki mamlakat rahbarlarining muntazamlik kasb etgan ozaro muloqotlari birgalikdagi hamkorlikka katta turtki bolmoqda. Prezidentlar dostona va samarali, ozaro ishonchga asoslangan muloqotni yolga qoyishga erishdilar. Shu manoda aytganda, otgan yili dekabr oyida Afgoniston Prezidenti Ashraf oanining mamlakatimizga rasmiy tashrifi tom manoda tarixiy voqea boldi. Tashrif davomida siyosiy muloqot hamda amaliy hamkorlik aloqalari sifat jihatidan yangi bosqichga chiqdi.

Muzokaralar natijasida tomonlar xavfsizlik, energetika va transport masalalarini qamrab olgan 20 ta qoshma hujjatni, shuningdek, qoshni mamlakatga yarim milliard dollarga teng bolgan qurilish materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari, bug’doy, maishiy texnika, avtotransport vositalarini yetkazib berishga doir 40 ta tijorat shartnomasini imzoladi. Vazirlik hamda idoralar rahbarlari darajasida muloqotlar faollashdi. O’tgan bir yarim yil ichida Afgoniston Islom Respublikasidan O’zbekistonga 20 dan ortiq yuqori martabali delegatsiyalar tashrif buyurdi. Qayd etish kerakki, bu ozbek afgon munosabatlari tarixida oldin kuzatilmagan. Joriy yilning fevral oyida Toshkentda Xavfsizlik masalalari boyicha Ozbekiston Afg’oniston qo’shma komissiyasining ilk majlisi bolib otdi. Uchrashuvda terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish, qurol savdosi hamda giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanishi sohasida hamkorlikning dolzarb masalalari atroflicha muhokama qilindi. Barcha darajadagi jadal va ishonchli muloqotlar, mamlakatlar rahbarlarining siyosiy xohish-irodasi ikki tomonlama hamkorlikka yangicha shukuh bagishladi. Birinchidan, 2017 yilning ozida ozaro savdo aylanmasi 15 foiz osib, qariyb 600 million dollarni tashkil qildi. Joriy yilning boshida ushbu tendensiya davom etdi: yanvar oyida tovar aylanmasi yillik kesimda qariyb 30 foiz osdi. Va etiborlisi, bu bir yilning alohida korsatkichlari emas, balki tizimli ishlar samarasidir. Prezidentimiz topshirigiga kora, 2017 yilning boshida hamkorlikni rivojlantirishning yol xaritasi qabul qilindi. Bu hujjatning izchil amalga oshirilishi yaqin yillarda ozaro tovar ayirboshlash hajmini 1,5 milliard dollarga yetkazish imkonini beradi. Kobulda Ozbekiston savdo uyi ochildi. Unda doimiy ravishda Ozbekistonda ishlab chiqarilgan nomi ostida tovarlar korgazmasi faoliyat yuritadi yilning sentyabr oyida Mozori Sharifda UzTrade shourumi (korgazma zali) ochildi. Unda ozbekistonlik ishlab chiqaruvchilarning turli mahsulotlari orin olgan. Bugungi kunga qadar UzTrade kompaniyasi afgonistonlik sheriklari bilan 29 million dollardan ortiq bitimlar imzoladi. Bundan tashqari, yurtimiz 25 ta avtobus, 3 ta traktor va tirkama texnikani begaraz yetkazib berdi.

Davlat tuzilmasi va davlat chegaralari daxlsizligini ishonchli himoya qilish, inson huquqlari va erkinliklariga ogishmay rioya etish, jamiyatdagi millatlararo totuvlik, diniy bagrikenglik, tinchlik va osoyishtalik – demokratik huquqiy davlat qurishning hamda mamlakatni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim shartlaridan hisoblanadi. Ozbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati mamlakatning konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi, iqtisodiy va mudofaa salohiyatini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish tizimida alohida orin tutadi. Shu bilan birga, Milliy xavfsizlik xizmatining maqomi, vazifalari va vakolatlari doirasini aniq belgilab beruvchi qonun hujjati yaratilmay turib, unga milliy xavfsizlikni taminlashning barcha jihatlari yuklatilgani ushbu idoraning davlat organlari faoliyatining barcha sohalariga asossiz aralashuviga shart-sharoit yaratib berdi. Mamlakatni rivojlantirishning hozirgi bosqichidagi ustuvor yonalishlar, davlat va ijtimoiy hayotning barcha sohalarini isloh qilish borasidagi vazifalarni samarali amalga oshirish davlat xavfsizligini taminlashning sifat jihatdan yangi tizimini shakllantirishni taqozo etadi.

O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish borasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish maqsadida, shuningdek, yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasi vazifalariga muvofiq: 1. Ozbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Ozbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati sifatida qayta tashkil etilsin. Belgilansinki, Ozbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Ozbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boyicha huquqiy voris hisoblanadi. Ozbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Ozbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qiluvchi maxsus vakolatli organ etib belgilansin.



2. Ozbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati (bundan buyon Xizmat deb yuritiladi) faoliyatini tashkil etishning ustuvor yo’nalishlari etib quyidagilar belgilansin: Xizmatning maxsus vakolatli davlat xavfsizlik organi sifatidagi huquqiy maqomi, vakolatlari va faoliyat yonalishlarini aniq belgilab beruvchi mustahkam qonunchilik bazasini yaratish; bugungi kundagi xavf-xatarlar va tahdidlarga qarshi kurashishning tasirchan shakl hamda uslublarini joriy etish; yuzaga kelayotgan ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy vaziyatni inobatga olgan holda davlat xavfsizligini taminlash borasidagi vazifalarni bajarishda mavjud kuch hamda vositalardan samarali foydalanish imkonini beruvchi tashkiliy tuzilmani shakllantirish; Xizmat faoliyatini davlat xavfsizligini taminlash ishlarining shakl va uslublari, shuningdek, Xizmat harbiy xizmatchilarining idoraviy mansubligi haqidagi malumotlar oshkor bolishini istisno etuvchi konspiratsiya tamoyili asosida tashkil etish; fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga ogishmay rioya etilishini kafolatlaydigan tasirchan mexanizmlarni joriy qilish; Ozbekiston Respublikasining manfaatlarini munosib himoya qilishga qodir, har tomonlama yetuk va vatanparvar yoshlarni Xizmatga jalb etishga qaratilgan kadrlarni tanlash va tayyorlashning mutlaqo yangi tizimini yaratish; mehnatga munosib haq tolash, uy-joy va maishiy shart-sharoitlarni yaxshilash, sogliqni saqlash tizimini takomillashtirish orqali Xizmat harbiy xizmatchilarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish.
3. Xizmatning asosiy vazifalari va faoliyat yonalishlari etib quyidagilar belgilansin: O’zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilishni taminlash, mazkur sohada qonuniylik va qonun ustuvorligini mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga barham berish; Ozbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga tajovuzlarning oldini olish, ularni aniqlash hamda ularga barham berish boyicha razvedka va kontrrazvedka faoliyatini amalga oshirish; O’zbekiston Respublikasining Davlat chegaralarini qoriqlash va himoya qilish; O’zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari va mudofaa-sanoat majmuasini davlat xavfsizligiga xavf-xatarlar hamda tahdidlardan himoya qilish, mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash boyicha strategik tashabbuslarni amalga oshirishda ishtirok etish; terrorizm, ekstremizm, uyushgan jinoyatchilikka, qurol-yarog, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish; davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi milliy, irqiy va diniy adovatni targib etishga qaratilgan buzgunchilik faoliyatining oldini olish, uni aniqlash va unga barham berish; iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy va axborot sohalarida davlat xavfsizligini taminlash, Ozbekiston Respublikasi xalqining tarixiy-madaniy va boy manaviy merosini himoya qilish; davlat organlari va boshqa tashkilotlarda davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi korrupsiya holatlariga qarshi kurashish; telekommunikatsiya va transport sohasida davlat xavfsizligini taminlash, favqulodda holatlarni yuzaga keltiruvchi omillarning oldini olish, aniqlash va ularga barham berish; Xizmat tergov qilish vakolatiga kiruvchi jinoyat ishlari boyicha tergovga qadar tekshiruv va dastlabki tergov olib borish va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish; davlat organlari va boshqa tashkilotlarda davlat sirlari saqlanishi, maxsus aloqa xavfsizligining taminlanishi hamda axborotlarni kriptografik himoya qilishni tashkil etish ustidan nazoratni amalga oshirish; davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon beradigan sabab va shart- sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish; Xizmatning jangovar va safarbarlik tayyorgarligi holatini takomillashtirish va saqlab turish, kuch va vositalarni favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan hamda harbiy holat joriy qilingandagi harakatlarga tayyorlash.
Download 18.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling