Mavzu: Minerallar klassifikatsiyasi sulfatlar, karbonatlar
Download 165 Kb.
|
Minerallar klassifikatsiyasi sulfatlar, karbonatlar
Mavzu: Minerallar klassifikatsiyasi sulfatlar, karbonatlar Reja:
Minerallarning turlari va xillari Minerallarning klassifikatsiyasi Mineral foydali qazilmalar Minerallarning turlari va xillari. Tabiiy kimyoviy birikmalarni sistemaga (ma’lum tartibga) solishda mineral turlari asosiy klassifikatsiyalash birligi bo‘lib qoladi. Mineral turlari o‘ziga xos muayyan kimyoviy tarkibga va muayyan kristall strukturasiga ega bo‘ladi. SHu nuqtai nazardan qaraganda ma’lum bir kristallangan moddaning polimorf moddifikatsiyalari alohida-alohida mustaqil mineral turlaridan iborat (grafit va olmos, α-oltingugurt va β-oltingugurt va boshqalar). Ikki izostrukturali (bir xil strukturali) moddalar bir-biri bilan aralashib qattiq eritmalar uzluksiz qatorini (masalan, Au-Aq, MnWO4 — Fe WO4 va boshqalar) hosil qilgan hollarda fizik-kimyoviy nuqtai nazardan qaraganimizda bitta fazaga ega bo‘lamiz. SHunga qaramay, mineralogiya amaliyotida ko‘p hollarda izomorf qatorning faqat chekka a’zolarinigina emas, balki tarkibiga ko‘ra o‘rtada joylashganlarini ham alohida-alohida nomlar bilan atashga odatlanganmiz (masalan: oltin-elektrum-kumush; gyubnerit-volframit-ferberit; albit-oligoklaz-andezin-labrador-bitovnit-anortit). Mineral xillari deb aytilganda kristall tuzilishi bir xil yoki bir-birga juda ham yaqin, faqat quyidagi belgilari bilan qisman farq qiladigan birikmalar tushuniladi: 1) Kimyoviy tarkibiga qarab shu mineral tarkibni belgilaydigan kimyoviy komponentlardan biri qisman boshqa kimyoviy komponent bilan izomorf o‘rin almashgan bo‘lsa; masalan, kobalt-pirit (Fe, So)S2 — piritning bir xili bo‘lib, piritdan kimyoviy reaksiyalarsiz ajratib bo‘lmaydi; 2) Fizik belgilariga qarab tarkibi va strukturasi bir xil bo‘lsayu, lekin fizik xususiyatlari bilan farq qilsa: masalan, ametist rangsiz kvarsdan gunafsha rangi bilan farq qiladi yoki pirolyuzit (MnO2) ning qurum shaklidagi xili kristallangan individlaridan (polianitdan) disperslanish darajasi va qattiqligi oz bo‘lishi bilan farq qiladi; 3) Bir vaqtda ham tarkibiga, ham fizik xususiyatlariga qarab; masalan, sfaleritning (ZnS) tarkibida ancha temir bo‘lgan xili ko‘pincha och rangli, asosiy sfaleritdan ancha to‘q-qoramtir, deyarli qora rangli bo‘lishi va boshqa belgilari bilan farq qiladi. Mineralning muayyan kimyoviy tarkibga ega bo‘lgan har bir turi o‘ziga xos nomga egadir. SHuningdek, polimorf modifikatsiyalar ham ko‘pincha alohida-alohida nom bilan yoki old qushimchalar bo‘lib keladigan grek harflari α, β, γ ... bilan qo‘shib bitta umumiy nom bilan ataladi. Minerallar xillariga kelganda shuni aytish kerakki, ularga o‘tmishda kimyoviy tarkibida muhimroq farq bo‘lmasa ham maxsus nom berilaverar edi. Hozirgi vaqtda bu nomlarning ko‘plari yo‘qolib ketdi. Faqat qimmatbaho toshlar nomlari (zumrad, yoqut, sapfir, ametist, sitrin, morion va boshqalar) saqlanib qolgan. Minerallarning boshqacharok tarkibga ega bo‘lgan turlari o‘zining nomi bilan yuritiladi, lekin tarkibidagi ma’lum farqni ko‘rsatadigan sifat yoki old qo‘shimcha qushib aytiladi (masalan, magnomagnetit, stronsionaragonit va h. k.). Download 165 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling