Mavzu: Minerallar va togʻ jinslari, ularning tasnifi mundarija I. Kirish


Download 193 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana16.06.2023
Hajmi193 Kb.
#1509305
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
(о)Minerallar va togʻ jinslari, ularning

 
Kurs ishining tuzilishi. Mundarija, kirish, asosiy qism, 2 ta bob 6 ta paragraf, 
xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat. 
 
 



II. Asosiy qism 
I BOB. Minerallar haqida umumiy tushunchalar 
1.1. Minerallarning turlari va xillari 

Mineral (frans. mineral — ruda) — Yer (va boshqa kosmik jismlar)ning sirti va 
ichida fizikkimyoviy jarayonlar natijasida hosil boʻlib, kimyoviy tarkibi va fizik 
xususiyatlari bir biriga oʻxshash boʻlgan tabiiy jism; asosan, togʻ 
jinslari, ruda va meteoritlarning tarkibiy qismi. 
Mineral aksariyat qattiq jismlar; kam hollarda suyuq Mineral ham (mas, tugma 
simob) uchraydi. Suvning Mineralga mansubligi baxsli, lekin muz Mineral deb 
qabul qilingan. Kristalli, amorf (metakolloidlar) va tashqi koʻrinishi kristallarga 
oʻxshash, lekin amorf, shishasimon holatdagi metamikt minerallar farq qilinadi. 
Har bir Mineral (mineral turi) muayyan tarkibli faqat oʻziga xos kristallik 
strukturaga ega boʻlgan tabiiy birikmadan iboratom massasining bir xil tarkibli 
modifikatsiyasi (mas, olmos — grafit, kalsit — aragonit), lekin turlicha kristall 
tuzilishga ega boʻlgan Mineral har xil Mineral turiga mansub; aksincha, muayyan 
chegarada tarkibi oʻzgarib, birok doimiy strukturaga ega boʻlgan Mineralning 
izomorf katorlari (mas, olivinlar, volframitlar, kolumbitlar) bitta mineral turiga 
kiradi. Kimyoviy tarkibi ayrim xossa yoki morfologik xususiyatlaridagi uncha katta 
boʻlmagan oʻzgarishlar Mineral strukturasida keskin farq qilmasa Mineralning 
xillari deyiladi (mas, kvars xillari — togʻ xrustali, ametist, sitrin, xalsedon). Bir-
biridan fizik sirti bilan ajarlib turuvchi yakka kristallar, donachalar va boshqa 
Mineral jismlar mineral individlarni, ularning oʻsimtalari Mineral agregatlarni 
tashkil qiladi. Hozirgi vaqtda tabiatda Xalqaro komissiya tomonidan rasmiy 
tasdiklangan qariyb 4000 Mineral turi mavjud va yana taxminan 1000 ta Mineral 
topilgan va oʻrganilgan, lekin hozircha tasdiklanmagan. Har yili 100 ga yaqin yangi 
mineral turi topiladi va shundan 50—60 tasi tasdiqlanadi. Oʻzbekiston hududida 
1000 dan ortik, Mineral topib oʻrganilgan. 



Koʻpchilik Minerallar ion strukturaga ega. Ionlari tartibli joylashgan ideal 
strukturadan chetlashish hollari ham teztez uchrab turadi
1

Mineral kristall panjarasinit ayrim strukturaviy elementlari (qatlam, paket, 
zanjirchalar va h.k.) shu ele-mentlar ichida strukturasi toʻliq saqlangani holda bir-
biriga nisbatan bir oz siljigan boʻlishi mumkin. Natijada Mineralning politip 
modifikatsiyalari vujudga keladi. Politiplar katlami Minerallar (mas, slyuda, grafit, 
molibdenit, gilli Minerallar)da koʻp uchraydi. Agar polimorfizm hodisasi 
temperatura va bosimning oʻzgarishi bilan bogʻliq boʻlsa, Mineral politipiyasi esa 
ehtimol kristallarning oʻsishi sharoiti bilan bogʻliq. Minerallarning strukturaviy 
nuqsonlari, politipi va boshqa chetlanishlarini ideal strukturaga nisbatan qiyosiy 
oʻrganish Minerallarning paydo boʻlishidagi termodinamik sharoitni aniqlashga 
imkon beradi. 
Minerallarning kimyoviy tarkibi, formulasi va tasnifi. Minerallar strukturasida 
kimyoviy elementlarning ahamiyati turlicha: baʼzilari yetakchi boʻlib, 
Minerallarning aosiy tarkibini belgilaydi; boshqalari xususiyatlari va atom (ion) 
tuzilishlari 
bilan 
asosiylariga 
yaqin 
boʻlib, 
Minerallarda 
izomorf 
(qarang Izomorfizm) aralashma (mas, seriy, indiy, kadmiy, galliy, selen, talliy, 
reniy, rubidiy, koʻpgina kamyob-yer elementlari) holida uchraydi. 
Mineral tarkibining murakkabligi va yetarlicha barkaror emasligi izomorfizm 
hodisasi, submikroskopik kiritmalar, shuningdek, sorbsiya hodisasiga ham bogʻliq. 
Mineralda submikroskopik kiritmalar quyidagi qollarda roʻy berishi mumkin: 
eritma, qorishma va boshqa muhitning kristallanish jarayonida dispers 
aralashmalarni ushlab qolish natijasida (mas, kvarsdagi gazsuyuqlik kiritmalari, dala 
shpatidagi gematit kiritmalari); temperatura sharoitlarining oʻzgarishi natijasida 
qattiq qorishmalarning parchalanishi (dala shpatlarida pertitlarning hosil boʻlishi, 
murakkab sulfid va murakkab oksidlarning parchalanishi)dan; metamikt 
oʻzgarishda; bir Mineral oʻrniga boshqasi joylashgan hollarda yoki ikkilamchi 
1
Anuchin V. A. Osnovi prirodopolzovania. - M.: MISL, 1978



oʻzgarishlar natijasida. Koʻpgina Minerallar (mas, magnetit) tarkibida doim turli 
qoʻshimchalar zarralari boʻladi. 
Tabiatda tarqalgan jami Minerallarning chorak qismini silikatlar sinfi, 12% ini oksid 
va gidrokiyedlar, 13% ini sulfid va uning analoglari, 18% chasini fosfatlar, arsenat 
(vanadat)lar, 32%ini boshqa kimyoviy birikmalar tashkil etadi. Yer poʻstining 92% 
silikat, oksid va gidroksidlardan tarkib topgan. Kimyoviy birikmalari tipiga koʻra, 
Mineral oddiy (tugʻma elementlar) va murakkab tarkibli (binarli va boshqalar)ga 
boʻlinadi. 
Minerallarning hozirgi qoʻllaniladigan tasnifiga kimyoviy birikmalar va kristall 
panjarasi tiplaridagi farqlar asos qilib olingan. Muayyan struktura tipiga mansub 
Mineralning tarkibi, shuningdek, uning izomorfizmdagi qonuniyatli oʻzgarishlari 
unda ishtirok etgan atomlar (ionlar) tuzilishi va kristallokimyoviy tavsifi, ularning 
radiusi, koordinatsion sonlari va kimyoviy bogʻlanish tipi bilan belgilanadi. Mineral 
konstitutsiyasi (tarkibi va struk-turasi) kristallokimyoviy formulalarda ifodalanadi.
2
Minerallarning tashqi qiyofasi ularning ichki strukturasi va vujudga kelish 
sharoitlari bilan belgilanadi. Ayrim Mineral individlarining oʻlchami 1 — 100 
nanometrdan (kolloid minerallar) 10 m gacha (mas, pegmatitlardagi spodumen 
kristallari) boʻladi. Kristall strukturasi va oʻsish sharoitlariga bogʻliq holda 
Mineralning turli qiyofadagi izometrik (masalan, galit, galenit, sfalerit, olivin), 
varaqsimon va tangasimon (molibdenit, slyudalar, talk), taxtachasimon (barit va 
boshqalar), ustunsimon va ignasimon (rutil, akti-nolit, turmalin) kristallari vujudga 
keladi. Mineralning baʼzi kristallarida oʻziga xos shtrix chiziqlar, shunin-gdek, 
oʻsish va erish shakllarini kuzatish mumkin. Mineral morfologiyasi va qirralari 
tuzilishini batafeil oʻrganib, yaʼni kristallomorfologik tadqiqotlar oʻtkazib Mineral 
individlarining paydo boʻlish tarixini tiklash mumkin. Tabiatda Mineralning ayrim 
kristallari bilan birga oʻzaro qonuniy oriyentirlangan (qoʻshaloq, parallel), 
shuningdek, oʻzaro oriyentirlanmagan (mineral agregatlari) Mineral oʻsimtalari 
boʻladi. Agregat morfologiyasiga koʻra, ayniqsa, ekzogen Minerallar uchun xos 
2
Glushkova P. G., Makar S. V. Iqtisodiyot prirodopolzovania. Uch.posobiye. - M.: Gardariki, 2005.



boʻlgan druzalar (shchyotkalar), dendritlar, donachali, zich va tuproqsimon 
massalar, oolit va sferolitlar, sekretsiya va konkretsiyalar, turli oqiqlar farq qiladi. 
Mineral agregatlarni oʻrganish bilan mineralogiyaning maxsus ontogenik analiz 
boʻlimi shugʻullanadi. Mineralning morfologik xususiyatlarini bilish ularni tezroq 
aniqlashga yordam beradi. 
Mineralning fizik xususiyatlari ularning kristall strukturasi va kimyoviy tarkibiga 
bogʻliq. Mineralning tabiiy kristallarida izomorfizm, mikro tuzilishining bir xil 
emasligi, tartibsizligi, nuqsonlarining mavjudligi va boshqa xossalariga koʻra, 
ularning xususiyatlari odatda doimiy emas. Mineral fizik xossalariga zichlik, 
mexanik, optik, lyuminessent, magnit, elektr, termik radioaktivlik va boshqa kiradi. 
Zichligiga qarab yengil (2500 kg/ m³ gacha), oʻrta (2500 dan 4000 kg/m³ gacha), 
ogir (4000 dan 8000 kg/m³) va oʻta ogʻir (8000 kg/m³ dan koʻp) Mineralga boʻlinadi. 
Mineralning zichligi kristall strukturasiga kiruvchi atom yoki ionlar massasiga va 
ularning joylanish harakteri, qoʻshimcha anionlar va suvning boʻlinishiga bogʻliq. 
Mineralning fizik xossasiga Abu Rayhon Beruniy ham katta eʼtibor bergan va oʻsha 
davrda maʼlum boʻlgan Mineral va javohirlarning solishtirma ogʻirligini aniqlab, 
shu asosda Minerallar tasnifini tuzgan. Beruniy keltirgan maʼlumotlar hozirgilaridan 
deyarli farq qilmaydi.
3
Mexanik xossalari ga qattiqlik, moʻrtlik, choʻziluvchanlik, ulanish tekisligi, sinish 
yuzasining kurinishi, egiluvchanlik, qayishqoklik kiradi. Mineral dastlab 
oʻrganilganda, odatda, uning nisbiy qattiqligi Moss shkalasiga muvofiq aniqlanadi. 
Ulanish tekisligi uta mukammal, mukammal, oʻrtacha va nomukammal boʻladi. Bu 
Mineralning muayyan yoʻnalish boʻyicha yorilish (ajrash) yuzasida namoyon 
boʻladi. 
Optik xossalari. Mineralning rangi, yaltirokligi, shaffoflik darajasi, nur sindirishi, 
nurni aks ettirishi, pleoxroizm va boshqa xossalari Mineral donachalarining ayrim 
3
Isachenko A. G. optimallashtirish prirodnoy sredi. - M.: MISL, 1980



qismlarida optik mikroskop yerdamida spektrning ultrabinafsha va infraqizil 
nurlarida oʻrganilishi mumkin (qarang Kristalloptika). 
Mineralning yaltirokligi (metall, yarim metall va nometall — olmos, shishasimon, 
yogli, mumsimon, ipaksimon, sadafeimon va h.k.) uning sirtidan qaytgan nur 
miqdori va nur sindirish koʻrsatkichiga bogʻliq. Mineralning boshqa koʻpgina fizik 
xususiyatlari (lyuminessent, magnit, elektrik, radioaktivlik va boshqalar) qattiq 
jismlar fizikasida yaxshi oʻrganilmoqda. 
Mineral dastlab dala sharoitlarida tashki belgilariga qarab oʻrganiladi. Kompas 
yerdamida ferromagnit Minerallar (magnetit, pirrotin) aniqlanadi. Karbonat tarkibli 
Minerallar xlorid kislota eritmasi tomizilganda "qaynab koʻpirishi"dan bilinadi. 
Baʼzan sifatli kimyoviy reaksiyalardan foydalaniladi. Topilgan minerallarni maʼlum 
turga mansubligini belgilaydigan maxsus aniqlagichlar ham mavjud. Koʻpgina 
minerallarni (mas, gilli Mineral) dala sharoitida aniqlash qiyin. Mineralning 
kimyoviy tarkibi lab. sharoitida kimyoviy, shuningdek, spektral kimyoviy analizlar 
metodi bilan aniqlanadi. Shaffof va nur oʻtkazuvchi Minerallar qutblangan nurli 
mikroskop yerdamida, shaffof boʻlmaganlari maxsus mikroskopda oʻrganiladi. 
Mineralning aniq tashhisi faqat rentgenogrammma yerdamida bajariladi. Juda 
mayda dispers Minerallar elektron mikroskop ostida elektronografik metod bilan 
tadqiq qilinadi. Mineral tarkibida suvning qanday shaklda mavjudligini bilishda 
termik analiz va boshqa metodlardan, qoʻshimchalarni aniqlashda esa rentgen 
mikroanalizatordan foydalaniladi. 
Tabiatda tarqalishi va hosil boʻlishi. Barcha Minerallar tarqalishiga koʻra, jins va 
ruda hosil qiluvchi [togʻ jinsi yoki ruda tarkibida qatnashuvchi, ikkinchi darajali 
yoki aksessorlar (tarkibida 1% dan kup boʻlmagan)], kam va juda kam uchraydigan, 
ahyon-ahyonda bitta uchraydigan turlarga bulinadi. Bu shartli bulinish, chunki baʼzi 
tabiiy jarayonda juda kam hosil buluvchi Mineral boshqa geologik sharoitlarda keng 
Tapkalgan buladi.
4
4
O'zbekistonda tabiatdan geografik foydalanish asoslari. - T.: Universitet, 1990



Har bir Mineral aniq geologik va fizikkimyoviy sharoitda muayyan bir tabiiy 
geokimyoviy jarayonlar natijasida vujudga kelib, oʻzining rivojlanish tarixiga ega. 
Mineral rivojlanish jarayonida vujudga kelish, oʻsish va oʻzgarish bosqichlarini 
oʻtaydi. Mineral va agregatlarining bu bosqichlari tadriji rus geologi D. P. Grigoryev 
tomonidan M . l a r ontogeniyasi nomi bilan birlashtirilgan (1961). Mineralning 
vujudga kelishi muhitning turli fazasida (eritma, qorishma, gaz) kechishi mumkin. 
Mineral oʻsish jarayonida izomorf yoki mexanik ravishda Mineral hosil qiluvchi 
muhitdagi aralashmalarni va suyuq, gazlisuyuq va gazli kiritmalarni qoʻshib oladi.
5
Fizikkimyoviy sharoitning (mas, traning pasayishi, bosimning ortishi, yangi 
aralashmalarning kelib qoʻshilishi va h.k.) oʻzgarishi quyidagi holatlarga olib keladi: 
a) deformatsiya; b) Mineralning erishi; v) polimorf oʻzgarishlar; g) qattiq 
qorishmalarning parchalanishi; d) qayta kristallanish; ye) boshqa Mineral bilan 
almashinishiga olib keladigan kimyoviy oʻzgarish jarayoni. Agar bu oʻzgarishlarda 
avval mavjud boʻlgan Mineralning tashqi shakli saqlansa, psevdomorfoz Minerallar 
vujudga keladi. Bir tarkibning polimorf modifikatsiyalarida ifodalanadigan 
birlamchi va undan hosil boʻluvchi ikkilamchi Mineral psevdomorfozlari 
paramorfozlar (mas, vyursitdan sfalerit, grafitdan olmos) deyiladi. Turli reaksiyalar 
natijasida vujudga kelgan har qanday Mineral alohida, sof holda uchramaydi, 
hamma vaqt boshqa Minerallar hamroxligida boʻladi. Bir jara-yonda cheklangan 
maydon va vaqtda hamda maʼlum fizikkimyoviy sharoitda qonuniyatli ravishda 
hosil boʻluvchi Mineral birikmalar Minerallar paragenezisi yoki paragenetik 
assotsiatsiyalar deyiladi. Mineralning bir paragenetik assotsiatsiyasi rivojlanish 
jarayonida tabiiy muxit, temperatura, bosim va komponentlar konsentratsiyasining 
oʻzgarishi natijasida krnuniyati ravishda ikkinchisi bilan almashinadi. Vujudga 
kelayotgan Minerallar assotsiatsiyasini fizikkimyoviy diagrammalar yordamida 
tadqiq qilish paragenetik analizning asosi hisoblanadi. Mineralning bir konning 
oʻzida turli paragenetik assotsiatsiyasida, yaʼni turli bosqichda namoyon boʻlishi 
uning generatsiyasi deyiladi. Tabiiy reaksiyalar mahsuli boʻlgan Mineral uni hosil 
5
Rafiqov A. A. geoekologik muammolar. - T.: O'qituvchi, 1997


10 
qilgan mu-hit, fazali holat, fizikkimyoviy parametrlar bilan uzviy bogʻliq. Bularning 
hammasi Mineral hosil boʻlish jarayonining har bir bo-sqichida Mineral tarkibi va 
xususiyatlarida uzgarib, oʻziga xos maxsus tipomorf belgilariga ega boʻladi. Mineral 
xreil boʻlgan muhit bilan bogʻliq boʻlgan kimyoviy struktura, fizik belgilarining 
majmui Mineral tipomorfizmi deyiladi. Minerallarning oʻzi yoki ularning 
parageneziyalari, shuningdek, ularning ayrim belgilari ham tipomorf boʻlishi 
mumkin. Mineralning tipomorf xususiyatlaridan foydali qazilmalarni qidiruv 
belgilari sifatida foydalanish mumkin. 
Mineral endogen, ekzogen va metamorfizm jarayonlarida vujudga keladi. Hozirgi 
zamon "Minerallar genezisi" tushunchasi bir kancha masalalar, jumladan, Mineral 
hosil boʻlish jarayoni ximizmi, Mineral hosil boʻluvchi muhitning fazali holati va 
h.k. tavsifini oʻz ichiga oladi. Mineral genezisini tavsiflovchi obyektiv 
maʼlumotlarni olish foydali qazilma konlar geologik jarayonlarini va shakllanish 
tarixini oʻrganishga, shu bilan birga ularni izlash, razvedka qilish va sanoat 
ahamiyatini’ baqolashga imkon beradi. 
Qoʻllanishi. Mineralning xususiyatlari uni texnikaning qaysi sohasida ishlatilishini 
belgilaydi. Mas, oʻta qattiq Minerallar (olmos, korund, granat va boshqalar) abraziv 
asboblar sifatida, pyezo-elektrik xususiyatli Minerallar radioelek-tronikada 
qoʻllaniladi va h.k. Mineralning har xil fizik xususiyatlari (asosan, zichligi, 
qayishqoqligi, magnitliligi, elektr oʻtkazuvchanligi, radioaktivligi va boshqalar)ga 
qarab ruda boyitish, foydali qazilmalar qidirishning geofizik usullari belgilanadi. 
Mineral ning kristallik panjarasidagi nuqsonlarni aniq maqsadga yoʻnaltirilgan 
mexanik, akustik, termik (qizdirish va keyin tez yoki sekin sovitish), kimyoviy 
(kuidirish, reagentlar bilan ishlov berish), radiatsion (rentgen va gamma nurlar bilan 
nurlantirish) usullar bilan yoʻqotish yoki tuzatish katta istikbollar ochilishiga imkon 
beradi. Hozirgacha maʼlum boʻlgan Minerallarning atigi 1/5 qismiga yaqini 
sanoatda foydalaniladi. Mineralning tarkalishi, xossalarini sinchiklab oʻrganish 
yangi Mineral turlaridan amaliyotda foydalanishga imkon yaratadi.


11 

Download 193 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling