Mavzu: Minerallarning fizik xossalari Reja
Minerallarning qattiqligi
Download 44.36 Kb.
|
Minerallarning fizik xossalari
5. Minerallarning qattiqligi
Mineralning qattiqligi deganda ularning mexanik kuchga (tirnalish, o’yish, silliqlash) ko’rsatgan qarshiligi tushuniladi. Mineral qattiqligini aniqlashning turli xil usullari ma’lum: aniqlanayotgan mineralning qattiqligini olmosli asboblar bilan ma’lum kuch ostida bosish yo’li, qattiq abraziv matYeriallar bilan silliqlash usuli, olmosli asboblar bilan tekshirilayotgan mineralni o’yish usuli, tekshirilayotgan mineralni ma’lum kuch ostida chizish usuli va boshqalar. Mineralogiya amaliyotida mineral qattiqligini o’lchashning eng oddiy, sodda usullaridan biri, ularni etalon tariqasida olingan minerallar bilan chizish yordamida taxminiy qattiqligini aniqlashdir. Mineral qattiqligini bu usul bilan aniqlashda etalon sifatida avstriyalik mineralog Fridrix Moos (1773-1839) tuzgan quyidagi jadval olingan.
Bu jadval shunday tuzilganki, unda keyingi turgan mineral o’zidan avval turgan mineralni chiza oladi. Shuni esda tutish kerakki, bu minerallarning tartibini belgilab turgan 1 dan 10 gacha bo’lgan raqamlar nisbiy olingan kattalikdir, chunki u sonlar bir mineraldan ikkinchi mineral shuncha katta ekan degan xulosani bermaydi. Masalan: jadvalda olmosning raqami – 10, kvarsniki – 7, talkniki – 1. aniq o’lchashlar shuni ko’rsatdiki, kvars talkka nisbatan 3500 marotaba qattiq bo’lib, olmos kvarsga nisbatan esa 1150 marotaba qattiqdir. Moos shkalasi yordamida mineralning qattiqligini aniqlaganda u, bir mineralni ikkinchi mineralga chizish yordamida aniqlanadi. Ilmiy-tadqiqot maqsadlarida qattiqlikni aniq o’lchash kerak bo’lgan paytlarda M.M. Xrushev va E.S.Berkovich tomonidan yaratilgan mikrotverdometr va har xil olimlar tomonidan ishlab chiqilgan turli usuldagi sklerometrlardan foydalaniladi. Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, ayrim minerallarda qattiqlik yo’nalishning o’zgarishi bilan turlicha bo’ladi. Bunga disten mineralini misol qilib ko’rsatishimiz mumkin. Bu mineralda qattiqlik bir yo’nalishda 4,5 bo’lgan holda, ikkinchi va uchinchi yo’nalishda 6 dan 7 gacha etadi. Kristalloximiyaviy nuqtai nazardan qaraganda kristallangan jismlarning qattiqligi struktura tipi bilan atomlar (ionlar) orasidagi bog’lanish kuchining katta-kichikligi bilan bog’liqdir. Download 44.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling