Mavzu: Minerallarning fizik xossalari Reja


Minerallar chizig’ining rangi


Download 44.36 Kb.
bet3/9
Sana16.06.2023
Hajmi44.36 Kb.
#1494375
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Minerallarning fizik xossalari

2. Minerallar chizig’ining rangi
Mineral bo’lagining yuzasida kuzatadigan mineral rangidan tashqari, yana mineral chizig’ining rangi kabi xususiyati ma’lum. Mineral chizig’ining rangi tekshirilayotgan mineralni kukun holiga keltirib, biskvit deb aytiladigan chinni taxtachaga chizish yordamida aniqlanadi. Chinni taxtachadagi mineral kukuni qoldirgan iz, ya’ni rangli chiziq, mineral rangiga qaraganda ancha o’zgarmas bo’lib, birmuncha ishonchli belgi hisoblanadi.
Psevdoxromatik rangga ega bo’lgan minerallarning chizig’ining rangi odatda oq bo’ladi. Alloxromatik rangga ega bo’lgan minerallarning rangi, ularning tarkibiga qanday element aralashganligi bilan bog’liq ravishda o’zgaradi. Metallsimon yaltiraydigan minerallar chizig’ining rangi odatda turli tusdagi qoramtir yaltiraydigan ranglarda bo’ladi.
Ayrim paytlarda minerallar chizig’ining rangini aniqlash, o’sha aniqlanayotgan mineralning ximiyaviy tarkibini ham aniqlashga yordam beradi. Masalan, rux aldamchisining ZnS (temir aralashmagan, kleyofan) chizig’ining rangi ochiq sariqdan rangsizgacha bo’lib, temir aralashgan (Zn,Fe)S (marmatit) xilining rangi qoramtir-jigarrang bo’ladi. Volframitning (Mn,Fe)WO4 chizig’ining rangini aniqlaganda, uni MnWO­4 (gyubnerit) tarkibiga ega bo’lgan xilida sarg’ish-qo’ng’ir rang bo’lsa, FeWO4 (ferberit) xilida qoramtir yoki deyarli qora bo’ladi.
Tabiatda ko’pincha bir mineralning o’zi goh zich massa, goh kukunsimon bo’lib topiladi. Bu xillarining rangi ko’pincha bir-biridan keskin farq qiladi. Limonitning zich massa bo’lgani qora, kukunsimon xili esa sarg’ish-qo’ng’ir; gematitning kristallangan xili deyarli qora, kukunsimon xili esa tiniq qizil ekanligi bunga misol bo’lishi mumkin.
Lekin tabiatda ko’pgina minerallarda o’zining rangi ham chizig’ining rangi bilan bir xildir. Masalan malaxitning ikkala ko’rinishidagisi ham yashil, kinovarniki qizil, auripigmentniki sariq bo’ladi.
3. Minerallarning yaltirashi
Minerallarning yaltirashi uning eng muhim diagnostik belgilaridan biri bo’lib, ayrim minerallarda, ya’ni qimmatbaho toshlarda, ularning qadr-qiymatini ham belgilaydi.
Mineral yuzasiga tushayotgan yorug’lik nuri mineral yuzasidan, qisman qaytarilib, qisman sinadi va yutiladi. Shu mineral yuzasidan qaytgan nur yaltirash to’g’risida tushuncha beradi.
Mineral yuzasiga tushayotgan nurni qaytarish qobiliyati optik konstanta hisoblanib qaytarish ko’rsatkichi deyiladi. Minerallarning qaytarish ko’rsatkichini fotometr yordamida aniq o’lchash mumkin. Minerallarning qaytarish ko’rsatkichi mineral yuzasidan qaytgan yorug’lik nurining mineral yuzasiga tushayotgan yorug’lik nuriga nisbati bilan o’lchanadi.
Minerallarning qaytarish ko’rsatkichi Frennel formulasi yordamida hisoblanib, doimo birdan kichik miqdorda bo’ladi.

R – qaytarish ko’rsatkichi;
N – mineralning havoga nisbatan o’rtacha sindirish ko’rsatkichi.
Yuqorida ko’rsatilgan formulaga asoslanib qaytarish ko’rsatkichini sindirish ko’rsatkichiga bog’liqligini chizma orqali ko’rsatish mumkin (22-rasm).
Qaytarish ko’rsatkichini foiz miqdorida ifodalab, tushgan yorug’lik miqdorini 100 deb hisoblaymiz. Ayrim minerallarning qaytarish ko’rsatkichi jadvalda belgilangan.
Minerallar yaltirashi klassifikasiyasi (raqamlar Li va Na yorug’lik nuri uchun)



Yaltirash nomi

Sindirish ko’rsatkichi

Qaytarish ko’rsatkichi foiz miqdorida

Xarakterli minerallar

N

R

Shishasimon

1,3-1,9

4-10

Muz Flyuorit
Kvars
Korund
Granatlar

1,309
1,434
1,544
1,768
1,763-
1,895

2
3,1
4,5
7,8
7,6-9,5

Olmossimon

1,9-2,6

10-19

Sirkon
Kassiteritt
Sfalerit
Olmos Kolumbit

1,95
2,00
2,37
2,419
2,45

10,2
11,7
16,5
17,2
17,4

Yarim metallsimon

2,6-3,0

19-25

Kinovar
Gematit

2,85
3,0

23,1
25,0

Metallsimon

>3,0

>25

Antimonit
Molibdenit

4,046
4,7

36,0
42,0

Minerallarning nurni qaytarish ko’rsatkichiga, sindirish ko’rsatkichidan tashqari, mineral tomonidan nurni yutish ko’rsatkichi (K) ham ta’sir qiladi. Mineralning nurni yutish ko’rsatkichini hisobga olgan taqdirda mineralning qaytarish ko’rsatkichini aniqlash quyidagi formula orqali aniqlanadi:



Agar tabiatda uchraydigan minerallarning hammasini o’ziga xos yaltirashiga nisbatan ajratadigan bo’lsak, u holda sindirish ko’rsatkichi 1,5-1,7 qiymatga ega bo’lgan minerallarning keng tarqalganligini yaqqol ko’ramiz. Hisoblashlarning ko’rsatishicha shishadek yaltiraydigan minerallar sindirish ko’rsatkichi 1,9 dan ortiq bo’lmagan tabiiy birikmalarning 70% ga yaqinini tashkil qiladi. Bundan keyingi o’rinda amaliy ahamiyati jihatidan muhim bo’lgan ko’pgina minerallarga xos bo’lgan metalldek yaltirash turadi. Bu xususiyat ayrim minerallar uchun juda xarakterli bo’lganligi uchun ularning nomi ham, ushbu xususiyatiga qarab belgilangan. Masalan: Galenit (qo’rg’oshin yaltirog’i), pirit (23-rasm), xalkozin (mis yaltirog’i), antimonit (surma yaltirog’i), kobaltin (kobalt yaltirog’i), gematit (temir yaltirog’i) va hokazo.


Minerallarda yorug’likning qaytish ko’rsatikichiga o’z ta’sirini ko’rsatuvchi asosiy faktorlardan biri o’sha nurni qaytaruvchi yuzadir.
Biz jadvalda ko’rib turgan yaltirash tekis, silliq yuzali minerallar uchun xosdir. Ammo minerallarning singan yuzalari, o’ta silliq bo’lmay, ayrim minerallarda g’adir-budur, o’nqir-cho’nqir bo’ladi. Shu sababli shishadek, olmosdek va boshqa yaltirashlar xiraroq tus olib boshqacha yaltirashlar yuzaga keladi. Buning sababi qaytgan yorug’lik birmuncha tarqalib, o’z tartibini qisman yo’qotadi. Buning natijasida yog’liqsimon yoki yog’langandek yaltirash yuzaga keladi. Bu voqeani nam havoda tosh tuzni yangi singan joyini yaltirashini vaqt o’tishi bilan yupqa yog’ qatlami o’rab olgandek ko’rinishga ega bo’lishini ko’rib kuzatishimiz mumkin.
Agar mineral yuzasi bundan ham dag’alroq yuzaga ega bo’lsa mumdek yaltirash yuzaga keladi. Bu yashirin kristallangan massalar va och rangli gellar uchun xarakterlidir. Masalan: ko’p uchratiladigan kremenlar, galluazit gruppasiga kiradigan minerallarning kolloid massalari va boshqa minerallar shu jumladandir.
Mayin dispers massalarda, juda mayda g’ovaklar bo’lsa, u holda tushayotgan yorug’likning hammasi har tomonga tarqalib ketadi. Mikroskopik g’ovakchalar yorug’likni to’sib qoluvchi «parda» hisoblanadi. Minerallarning bunday yuzasi xira yuza deb aytiladi. Bunga bo’r, kaolin, har xil oxralar, pirolyuzit, temir gidrooksidlarining mayda g’ovakli massalari misol bo’lishi mumkin.
Tuzilish elementlari fazoda bir yoki ikki o’lchovda muayyan tartibda joylashganligi aniq ko’rinib turgan ba’zi minerallarda ularning tovlanishi deb ataladigan yaltiroqlik bilan bog’liq bo’lgan o’ziga xos hodisa kuzatiladi. Parallel tolalardan tuzilgan minerallar o’ziga xos ipaksimon yaltirashga ega bo’ladi. Masalan: xrizotil – asbest (24-rasm). Kristall strukturasi qat-qat tuzilgan va ulanish tekisligi yaqqol ko’rinib turgan minerallar sadafsimon yaltiraydi. Masalan: muskovit, gips, talk.
Minerallarning nurni sindirish ko’rsatkichi bilan bog’liq bo’lgan yuqorida ko’rsatilgan turli-tuman yaltirashlar, asosan minerallarning ximiyaviy tarkibi va kristall strukturasi bilan bog’liq ravishda kelib chiqadi.

Download 44.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling