Mavzu: Minerallarning fizik xossalari Reja


Download 44.36 Kb.
bet1/9
Sana16.06.2023
Hajmi44.36 Kb.
#1494375
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Minerallarning fizik xossalari


Mavzu: Minerallarning fizik xossalari


Reja:

  1. Minerallar rangi

  2. Minerallar chizig’ining rangi

  3. Minerallarning yaltirashi

  4. Minerallarning shaffofligi

  5. Minerallarning qattiqligi

  6. Minerallarning ulanish tekisligi

  7. Minerallarning solishtirma og’irligi

  8. Minerallarning magnitlik xususiyati

  9. Minerallarning mo’rtligi, qayishqoqligi va pachaqlanuvchanligi

  10. Minerallarning boshqa fizik xususiyatlari


Minerallarning fizik xususiyatlari
Minerallarning fizik xususiyatlari ularni aniqlashda juda katta ahamiyatga ega va ko’pgina minerallarning amaliy ahamiyati ularning fizik xususiyatlari asosida belgilanadi. Minerallarning hamma fizik xususiyatlari qonuniy ichki tuzilishi asosida kelib chiqib, ularning tashqi morfologik holatlarini belgilaydi.
Minerallarning fizik xususiyatlarini shartli ravishda quyidagi gruppalarga bo’lish mumkin. Optik xususiyatlar va mexanik xususiyatlar.
Optik xususiyatlarga minerallarning rangi, chizig’ining rangi, yaltirashi va shaffofligi kabi xususiyatlari kiradi.
Mexanik xusiyatlarga qattiqligi, solishtirma og’irligi, ulanish tekisligi, magnitlik xususiyati, mo’rtligi, pachaqlanuvchanligi va qayishqoqlik xususiyatlari kiradi.
Tabiatda uchraydigan ko’pgina minerallarni o’ziga xos fizik xususiyatlariga qarab, qiyinchilik bilan bajariladigan analizlarni qilmasdan juda aniq bilish mumkin. Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, ko’pgina minerallarning har biri uchun o’ziga xos bo’lgan, bir qarashdayoq bilib, so’z bilan ta’riflab bo’lmaydigan nozik xususiyatlari bor. Bularga ayniqsa, o’sha minerallar rangining turli tumanligi va uning quyuqligi, qanday sinishi, yaltirashi va boshqa xususiyatlari kiradi. Ko’z birmuncha o’rganib qolganidan so’ng ma’lum minerallarning o’ziga xos belgilarini shunchalik sezib oladiki so’ng ularni aniqlashda asosiy diagnostik belgi hisoblanib, osonlikcha ajratib oladi.
Tabiatda uchraydigan barcha minerallarni ham shunday aniqlash mumkin deb bo’lmaydi. Ko’pchilik minerallarni to’liq yanglishmasdan aniqlash uchun, ularning har xil fizik xususiyatlari va ximiyaviy tarkibi bilan bog’liq ravishda har xil mavjud bo’lgan tekshirish usullaridan foydalanib aniqlanadi.

Download 44.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling