Mavzu: Mintaqada bandlikni tahlil qilish va prognoz qilish kurs ishi ilmiy rahbar: bajardi
Download 157.38 Kb.
|
Mintaqada bandlikni tahlil qilish va prognoz qilish
- Bu sahifa navigatsiya:
- F A R G’ O N A – 2 0 2 2 REJA: Kirish. …………………………………………………………………………3 Asosiy qism. ……………………………………………………………….…..5
- Xulosa …………………………………………………………………………..35 Foydalanilgan adabiyotlar. ……………………………………………………37 KIRISH
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI Iqtisodiyot fakultet «Mintaqaviy iqtisodiyot va buxgalteriya hisobi»kafedrasi Mavzu: Mintaqada bandlikni tahlil qilish va prognoz qilish KURS ISHI ILMIY RAHBAR: BAJARDI: “Mintaqa iqtisodiyoti” ta’lim yo’nalishi 4-kurs 19.125a- i.f.n.dots G. Xolmatjonova guruh talbasi Xamidov X. Kurs ishi kafedrada tastlabki himoyadan o’tdi ____sonli bayonnoma «___»________20__yil. F A R G’ O N A – 2 0 2 2 REJA: Kirish. …………………………………………………………………………3 Asosiy qism. ……………………………………………………………….…..5 Prognozlashning mohiyati va asosiy tushunchalari………………..……5 Aholi bandligi siyosati, usullari va yo’nalishlari……………………….12 Aholining ish bilan oqilona bandligi va unga mehnat bozorining ta’siri...22Aholining oqilona bandligini ta’minlash mezonlari va koʻrsatkichlari......31 Xulosa …………………………………………………………………………..35 Foydalanilgan adabiyotlar. ……………………………………………………37 KIRISH Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini raqamlashtirish sharoitida davlatning eng asosiy vazifalari, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning yechimini topish, mavjud davlat dasturlari ijrosini ta’minlash, kambag‘allikni kamaytirish va aholi turmush darajasini yaxshilash hisoblanadi. Mazkur ustuvor vazifalarni amalga oshirishda aholini ish bilan ta’minlashning samarali ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tatbiq etish muhim ahamiyatga ega. Bu esa ayniqsa ishsizlik, norasmiy ish bilan bandlik va kambag‘allik darajasini kamaytirishga bevosita ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev tomonidan mazkur muammolar va ularning yechimlari aniq ko‘rsatilgan: кambag‘allikni kamaytirish – bu alohida tadbirkorlik ruhini uyg‘otish, insonning ichki kuch-quvvati va salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish, yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha kompleks iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, demakdir”1. Bu esa mehnat resurslarining oqilona bandligini ta’minlashi, ishsizlikni kamaytirishni taqozo etadi. Ularni ijobiy hal qilish aholi turmush darajasini oshirishga olib keladi. Hozir mamlakat mehnat resurslarining ish bilan band boʻlmagan qismi koʻrsatkichi asta-sekin oʻsib borish an’anasiga – tendensiyasiga ega. Bunday holat sanoat mehnatining tor doirada qo‘llanilishi, yangi ish joylarini yaratishga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmining yetarli emasligi, mehnat resurslari sonining ish joylari miqdoriga nisbatan tezroq o‘sishi, ishchi kuchiga talab va taklif oʻrtasida mutanosiblikning mavjud emasligi, mahalliy kadrlar malakasi va raqobat qobiliyatining pastligi va ularning ish axtarish harakatlari sustligi bilan asoslanadi. Bundan tashqari, mehnat resurslarining oqilona bandligini ta’min-lashga yangi yerlar oʻzlashtirilishining kamayishi, intensiv texnologiya va kam mehnat talab qiladigan texnikaning yuqori unumsiz qo‘llani-lishi, xo‘jalik yuritish, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning yangi bozor usullaridan samarasiz foydalanilishi, kichik va oʻrta biznes hamda xususiy tadbirkorlik rivojlanishining past darajasi, ish bilan band bo‘lganlar moddiy manfaatdorligining pasayishi va inflatsiya jarayonlari kabi omillar salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Holbuki, sanab oʻtilgan omillar bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrining muqarrar belgilaridir. Aholining ish bilan oqilona bandligini ta’minlash va ishsizlikni kamaytirishning samarali mexanizmlaridan biri mehnat bozorini maqsadga muvofiq shakllantirish va rivojlantirish hamda uni tartibga solish hisoblanadi. Bu, ishchi kuchiga talab va taklif oʻrtasidagi uzviy aloqalar va ziddiyatlarni, ular hamkorligining samaradordik mezonlarini aniqlashga, qishloq mehnatkashlari kasb malakasini oshirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilashga hamda jonli mehnat resurslarini “ortiqcha” va ish joylari “taqchil” sharoitlarda ishchi kuchiga talab va taklifni makroiqtisodiy tartibga solishga, pirovardida ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy tadbir- larni maqsadga muvofiq ravishda ishlab chiqishga samarali imkon beradi. Download 157.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling