Mavzu: Mintaqalarda sanoat tarmoģini rivojlantirish Reja
Sanoat tarmoqlarini takomillashuviga ta’sir ko’rsatuvchi omillar
Download 0.77 Mb.
|
Mintaqalarda sanoat tarmoģini rivojlantirish
4.Sanoat tarmoqlarini takomillashuviga ta’sir ko’rsatuvchi omillar.
Sanoat ishlab chiqarishning tarmoqlari tuzilmasini o’zgartirish va takomillashtirish iqtisodiy, ilmiy-texnik va ijtimoiy siyosatning asosiy negizi bo’lib xizmat qiladi. Ishlab chiqaruvchi kuchlar hamda sanoat tarmoqlarining rivojlanishi ilmiy-texnik taraqqiyot tovarlarga bo’lgan talabning qondirilishiga, tovarlar sifatining yaxshilanishiga olib boradi. Aholini sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash uzviy ravishda sanoat ishlab chiqarish tarmoq tuzilmsining o’zgarishi hamda yangi tarmoqlarning vujudga kelishi, mavjudlarini rivojlantirish bilan bog’liqdir. Bu orqali iqtisodiy tizimda, u yoki bu tarmoqda ijobiy siljish sodir bo’ladi, hamda iqtisodiyotning rivojlanish dinamikasi o’zgaradi. Sanoat tarmoqlari tuzilmasini takomillashtirishning asosiy yo’nalishlari quyidagilardir: ishlab chiqarish vositalari va iste’mol tovarlari ishlab chiqaradigan tarmoqlar orasida mutanosiblik o’rnatish; ishlab chiqarish tuzilmasining prognoz va tendentsiyalarini ishlab chiqish; tarmoqlarning tashqi iqtisodiy faoliyatini barqarorlashtirish; ilmiy-texnik taraqqiyotni jadallashtirish, ilg’or texnologiyalarni joriy etish; shaxsiy va ijtimoiy iste’molni o’rganish hamda aholini sanoat mahsulotlari bilan to’la ta’minlash; tarmoqlarda xom ashyo va resurslardan oqilona foydalanish samaradorligini oshirib borish. Tarmoqlar tuzilmasini shakllantirishda asosiy e’tibor iqtisodiy rayonlarning barcha tarmoqlarini resurslar, kapital mablag’lar, xom ashyo va materiallar bilan ta’minlash, mehnat resurslaridan oqilona foydalanishga qaratilgan. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tarmoq tuzilmasining rivojlanish darajasi talabga javob bermaydi. Tarmoqlarning ichki qurilmasini qayta qurish, mahsulot ishlab chiqarish va aholining turmush darajasini oshirish, chet el korxonalari bilan iqtisodiy hamkorlik qilish, chet el investitsiyalari hamda ilg’or texnologiyalarini sifatli sanoat mollari tayyorlashga safarbar qilish vazifalarini xal etish lozim. Hozirgi sharoitda, ya’ni iqtisodiyot rivojlanish sur’atini jadallashtirish va xalq turmush darajasini oshirishda tarmoqlararo va sanoat ishlab chiqarishi sohalari bo’yicha resurslar, kapital mablag’lar va mehnat resurslarini taqsimlashning shunday yo’nalishini izlash lozimki, bu yo’nalish qo’yilgan ijtimoiy-iqtiosdiy maqsadga mumkin qadar samarali erishish uchun imkon bersin. Qilingan tahlil natijalari moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari samaradorligini baholash uchun etarli asos bo’lib xizmat qila olmaydi. Ulardan faqat sanoat ishlab chiqarish tarmoqlari tuzilmasining milliy daromadini shakllantirish va oshirishga ta’sirini tahlil qilish paytida foydalanish mumkin. Respublika sanoat ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda mintaqadagi tarmoqlarni har tomonlama tahlil qilish ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishda engillashtiradi. Bunday tahlil qilish nafaqat moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarini baholashga imkon beradi, balki iqtisodiyotni qayta qurish, ishlab chiqarish strukturasini rivojlantirish va strukturaviy o’zgartirishlar yo’nalishini ham belgilab beradi. Respublika iqtisodiyotida tarmoq va hududiy tuzilmani uyg’unlashtirish ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini ko’tarish talabiga javob berish kerak, ya’ni yakuniy natijalarning ijtimoiy mehnat harajatlari va qo’llaniladigan ishlab chiqarish resurslariga bog’liqligini ko’rsatadi. Sanoat ishlab chiqarishining rivojlanish samaradorligi tarmoqlar salmog’ining oshishini va sof mahsulotning o’sishini ta’minlaydi. Bu esa milliy daromadga ijobiy ta’sir qiluvchi boshqa omillarni inkor etmaydi. Milliy daromadning o’sishiga uch xil yo’l bilan erishish mumkin: bandlik tarkibining o’zgarishi; sanoat tarmoqlarida mehnat unumdorligini o’sishi, oshishi; tarmoqlardagi asosiy fondlar va investitsiya qiymatining ko’payishi. O’zbekistonda ko’p miqdorda foydalanilmagan zahiralar hamda mehnat resurslari mavjud ekan, demak ishlab chiqarish samarasini ko’paytirishda intensiv omillar bilan birga ekstensiv omillardan ham foydalanish lozim bo’ladi. Tarmoq tarkibini respublikamiz miqyosida qulaylashuvi yuqori sur’atdagi iqtisodiy rivojlanishi, aholining turmush darajasini oshirishni hamda bir birlik mahsulot ishlab chiqarishning darajasi va yakuniy mahsulotning ko’payishiga umuman ijobiy strukturaviy siljishlarga sabab bo’ladi. Demak, tarkibiy o’zgarishning o’zi ishlab chiqarish samaradorligi va mehnat unumdorligi o’sishining qo’shimcha omili bo’lib maydonga chiqadi. Shular bilan bir qatorda yuqoridagi barcha omillar o’zaro bog’liqdir. Tarmoq faliyati natijalarining strukturasi ishlab chiqarish omillari funktsiyasidan iborat: V=f (F1 Is) Bu erda F-asosiyfondlar Is-ishchilar soni yoki V=f(F(F1 F2 ... Fn), Is(I1,I2 ... In)) Bu erda Fn-fondlar tarkibi; In-ishchilarning bandlik strukturasi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling