Mavzu: Mintaqalarda sanoat tarmoģini rivojlantirish Reja
Yoqilg’i-energetika majmui
Download 0.77 Mb.
|
Mintaqalarda sanoat tarmoģini rivojlantirish
2.Yoqilg’i-energetika majmui.
Yoqilg’i-energetika sanoati tarmoqlaridagi o’zgarishlar turli darajada kechmoqda. 1990-2014 yillarda yoqilg’i-energetika sanoatida mahsulot ishlab chiqarish 3 martaga ordi. Ushbu tarmoqning jami sanoat ishlab chiqarishdagi ulushi 18,3 foizdan 33,9 foizga chiqdi, mamlakatning yoqilg’i-energetika mustaqilligi ta’minlandi va tarmoqning qayta ishlash salohiyati kengaydi. Ayniqsa, neft va gaz kondensatini qazib olish yillik hajmi 1990 yilga nisbatan 2014 yilda 1,8 martaga, tabiiy gaz ishlab chiqarish hajmi 1,8, yonuvchi gaz ishlab chiqarish esa mazkur davrda 15,6 barobarga o’sdi. Bu sanoat tarmog’i gaz, neft, ko’mir qazib chiqarish, neftni qayta ishlash va tayyor mahsulotlarni iste’molchilarga etkazib berishni o’z ichiga oladi. Shulardan biri elektro energetikadir.Elektroenergiya tarixi 1923 yilda Toshkent yaqinidagi Bo’zsuv kanalida GES qurilishi bilan boshlanadi. Ushbu GESning birinchi navbati 1926 yilda foydalanishga topshirilgan. 19 ta GESdan iborat Chirchiq-Bo’zsuv kaskadi muhim energiya manbaidir. Neftni qazib olish va neftni qayta ishlash sanoatining tashkil etilishi respublika energetika xavfsizligini ta’minlay boshladi. Mazkur yoqilg’i sanoati tarmog’ining asosiy korxonalari Toshkent, Farg’ona, Qashqadaryo, Buxoro va Surxondaryo viloyatlarida qurilgan. Chunki, respublikadagi 160 dan ortiq neft va gaz konlarining 115 tasi Buxoro-Xiva geologik provintsiyasida, 27 tasi Farg’ona vodiysi, 10 tasi Surxondaryo, 7 tasi Ustyurtda joylashgan. Mustaqillik yillarida energetika mustaqilligiga erishishni ta’minlash bo’yicha dasturga binoan neft va gazni qayta ishlaydigan tarmoqlarni rivojlantirish maqsadida eng zamonaviy texnologiyalarga ega bo’lgan Buxoro neftni qayta ishlash zavodi Frantsiyaning “Teknep” va Sho’rtangaz gazximiya majumasi “ABB” kabi xorij kompaniyalari bilan hamkorlikda yaratildi. Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi to’liq rekonstruktsiya qilindi (u Yaponiya firmalari bilan birgalikda 250 mln. AQSh dollariga yaqin mablag’ hisobiga qayta ta’mirlandi). Gaz ximiya tarmog’ining yaratilishi tabiiy gazni to’liq qayta ishlash va ishlab chiqarishning yangi shakllarini, tarmoqlarini yo’lga qo’yishga imkon berdi. Shuningdek, “Gazli” qo’shimcha kompressor stanttsiyasi ishga tushirildi, “Qo’ng’irot” kompressor stanttsiyasida kuniga 35 million kub metr gazni quritadigan inshoat barpo etildi. Turkmanistondan O’zbekiston hududi orqali Xitoyga o’tadigan gaz quvurini tortish ishlari yakunlandi. Gaz qazib olish va uning ist’emoli yildan-yilga ortib bormoqda. Chunonchi, 1991 yilda 41,8 mlrd metr kub gaz ishlab chiqarilgan bo’lsa, 2015 yilda bu ko’rsatkich 54,2 mlrd metr3 etdi. Respublika yoqilg’i balansida hissasi 90 foizga teng bo’lgan gaz xom ashyosi murakkab geologik qatlam, ya’ni 3500 metr va undan chuqurdan qazib olinadi. Aholini qulay yoqilg’i turi bilan ta’minlash maqsadida Andijon viloyatining Xo’jaobod shahrida yirik er osti gaz ombori qurilgan. Bu inshootni qurishga 70 mln AQSh dollari sarflangan. Respublika hududidagi Farg’ona, Oltiariq va Buxorodagi Qorovulbozor neftni qayta ishlash zavodlari, Muborak va Sho’rtandagi gazni qayta ishlash zavodlari xilma-xil neft va gaz mahsulotlari ishlab chiqarmoqda va hatto ayrim neft mahsulotlari chetga eksport ham qilinmoqda. Sho’rtang neft-gaz zavodida yiliga 125 ming tonna polietilen, 140 ming tonna suyultirilgan gaz, 130 ming tonna engil kondensat, 4 milliard kub metrdan ziyod gaz va 4 ming tonna oltingugurt olinadi. Gazni qayta ishlaydigan zamonaviy zavod qurishni o’z tarkibiga olgan Qandim guruhi konlarini, shuningdek Xauzak va Shodi konlarini o’zlashtirish, istiqbolli uglevodorod xom ashyo konlarida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish bo’yicha yirik loyihalar mavjud. Mazkur loyihalardan tashqari Surg’il koni bazasida Ustyurt gaz-kimyo majmuasini barpo etilishi, Qalmoqqir konini kengaytirish va rekonstruktsiya qilish, Navoiy issiqlik elektr stanttsiyasida bug’-gaz moslamasini qurilishi, Yangi Angren issiqlik elektr stanttsiyasinining beshta energiya blokini yil davomida ko’mir asosida ishlash tizimiga o’tkazilishi strategik jihatdan muhim ahamiyatga egadir. Yoqilg’i–energetika majmuida ko’mir sanoatining o’rni ham bor. Angren qo’ng’ir ko’mir koni va Surxondaryodagi Sharg’un, Boysun toshko’mir konlarining yoqilg’i balansida ulushi katta. Ularning umumiy zahirasi 2 milliard tonna. Angren qo’ng’ir ko’mir koni O’zbekistonda chiqariladigan jami ko’mirning 95 foizini beradi. Ushbu kondagi ko’mir qatlamlari orasida joylashgan kaolin asosida “Kaolin” qo’shma korxonasi ham ishlab turibdi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling